ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi

🤔Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

🤔Ularga taʼlim muassasalarida 2025/2026-o'quv yilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori boʻlganligini tasdiqlovchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur stipendiya “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universitetining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.


Taqdirlangan talabalar ro'yxati:

🟢Akmaldinov Yahyobek Xasanboy o‘g‘li (2-kurs)
🟢Bozorov Behruz Ilhomjon o‘g‘li (2-kurs)
🟢Nietbaev Dauletyar Omirbay uli (2-kurs)
🟢Akbarova Mubina Anvarovna (2-kurs)
🟢Xaqberdiyeva Gulira’no Xalimovna (3-kurs)
🟢Ibrohimova Sitora Ilhomjon qizi (3-kurs)
🟢Muxtarov Muslimbek Murodjon o‘g‘li (3-kurs)
🔵Turabbayev Ulug‘bek Elmurod o‘g‘li (3-kurs)

🤔Ushbu stipendiya talabalarga mukammal bilim olish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatni oshirish, Adliya organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda kelajakda munosib kasbiy va ilmiy faoliyatini tanlashlarida turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Buxoroda yana 138 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi


Joriy yilning 8-sentyabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 138 nafar fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni uchun ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etildi.

Qonun ijrosi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olingan bo'lib, kelgusida yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlar bo'yicha huquqlarni e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔈 Kontrafakt mahsulotlarni xatlash va ko‘zdan kechirish amaliyotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 8-sentabr kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutaxassislari ishtirokida adliya organlarining intellektual mulk sohasidagi mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

📌 Seminar davomida mutaxassislar tomonidan:
🔢 Kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish tartibi – nazorat mexanizmlari va amaliy yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.
🔢 Xatlash jarayoni – kontrafakt mahsulotlarni belgilangan tartibda xatlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ulashildi.
🔢 Hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish – dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni qonunchilik talablari asosida yuritish va ashyolarni ko'zdan kechirish va xatlash bo'yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish bo'yicha tushuntirishlar berildi.

🚫 Ma’lumot uchun: Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Olis qishloqda Farovonlik markazi ish boshladi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Farg'onada tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi


Sayyor qabulda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va boshqarma xodimlari mutaxassislari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Qabul davomida 30 dan ortiq tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ulardan 10 ga yaqin tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari (milliy brendlar), sanoat namunalari davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnomalar qabul qilib olindi.

Qabul qilib olingan hujjatlar birlamchi tekshirilib, guvohnoma berish ehtimoli yuqori bo‘lgan intellektual mulk obyektlari Markaz mutaxassislari tomonidan talabnoma topshirish orqali ko'maklashildi.

Shuningdek tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Iste’mol qilayotgan qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaringiz hayotingiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Sheris Rent Group” MChJ ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “TIM” jamlama tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “A.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “A.B.” MChJ tomonidan “TIM” jamlama tovar belgisiga tasviriy jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash belgilardan foydalanilganligi hamda saqlovda 3 o‘ram (600 metr) mahsulot qadog‘i uchun etiketkalar mavjud ekanligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “A.B.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tayyorlangan 3 o‘ram (600 metr) etiketkalarni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

❗️Yoshlar bandligini taʼminlashda amaliy qadamlar

Quva tumani adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumandagi "Turk" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlardan biriga daromad manbaini yaratish maqsadida homiylik hisobiga motokultivator topshirildi. Bu orqali yoshning tomorqadagi faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, oilasi iqtisodiy holatini yaxshilashi va kelgusida tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratildi.

Batafsil videorolikda 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyachi

"Adliyachi" loyihasining yangi sonida sizni navbatdagi ilhom baxsh etuvchi hikoya kutmoqda!

“Adliyachi” — bu nafaqat huquqshunoslar, balki ko‘p qirrali, faol va hayotga zavq bilan qaraydigan insonlar haqida hikoya qiluvchi loyiha. Bu safar ham biz sizni rasmiy kabinetlar ortidagi insoniy hayot bilan tanishtiramiz.

Yangi sonimiz qahramoni — Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Marasulov Saidbek Maxamatmurod o'g'li o‘zining kasbiy tajribasi, hayotiy yo‘li, shaxsiy qiziqishlari va ish faoliyatidan tashqaridagi yutuqlari haqida so’zlab berdi.

Yangi sonni tomosha qiling!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1