ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
15-sentabrdan an’anaviy guruh tinglovchisi boʻlish imkoniyati

📚 Mediatorlarni tayyorlash kurslari rus guruhi uchun qabul davom etmoqda

O‘zbek va rus tillarida
Nazariy bilim + amaliy ko‘nikma
Xalqaro tajriba asosida
An'anaviy va masofaviy shaklda

👨‍🏫 Darslar kimlar tomonidan olib boriladi?

🔹 Shakurov Rafik — Institut dotsenti, nizolarni hal qilish metodikasini chuqur o‘rgatadi
🔹 Zafar Raxmonov — Institut dotsenti, huquqni qo‘llash amaliyotida mediatorlik tamoyillarini o‘rgatadi
🔹 Xodjimuxamedova Dilbar — Institut katta o‘qituvchisi, psixolog. Mediatsiyada stressga chidamlilik, hissiy intellekt va kommunikatsion ko‘nikmalar bo‘yicha mutaxassis
🔹 Medetbaeva Aqsungul — Institut o‘qituvchisi, amaliy mediatorlik darslari olib boradi


📊 1000+ professional mediatorlar bizning tayyorgarlik dasturimizdan o‘tgan!

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84
📌 Продолжается прием на курсы подготовки медиаторов для русской группы

На узбекском и русском языках
Теоретические знания + практические навыки
Основано на международном опыте
Традиционно и удаленно

📌 📌 Кем проводятся занятия?

🔹 Шакуров Рафик - доцент Института, углубленно обучает методике разрешения споров
🔹 Зафар Рахмонов - доцент Института, преподает принципы медиации в правоприменительной практике
🔹 Ходжимухамедова Дилбар - Старший преподаватель института, психолог. Специалист по стрессоустойчивости, эмоциональному интеллекту и коммуникативным навыкам в медиации
🔹 Медетбаева Аксунгуль - Преподаватель института, ведет практические медиаторские занятия


✓ Более 1000 профессиональных медиаторов прошли нашу программу подготовки!


📌 Регистрация и информация:

+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident qaroriga sharh: Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Namangan_viloyati
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 13 million so'm ustama haqi undirib berildi.

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari toʻla taʼminlanmoqda. Mingbuloq tumani adliya boʻlimi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrnida koʻrib chiqilishi esa aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Sud-ekspertlik faoliyati yanada takomillashtirilmoqda

🔸Joriy yilning 10-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarorida belgilangan asosiy yangiliklar, ularning ahamiyati hamda sohaning mavjud imkoniyatlari yuzasidan matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

❗️Mazkur qaror mamlakatda sud-ekspertlik tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Xususan, Sud-tergov organlari hamda sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvi “E-ekspertiza” platformasi orqali bosqichma-bosqich elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yilishi natijasida tadqiqotlar o‘tkazish muddati 8-15 kunga qisqaradi hamda yiliga 9-10 mlrd so‘m mablag‘ tejaladi. Shuningdek, advokatlarga ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni yuritishda shartnomaga muvofiq advokat so‘rovi asosida ekspertiza o‘tkazish huquqi berildi. Bundan tashqari, Qaror bilan hududlarda o‘tkaziladigan ekspertizalar turlarini ko‘paytirish orqali nomarkazlashtirish masalasi hal etildi.


🔹Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining vakillari, soha mutaxassislari va olimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

🔸Tadbirning ikkinchi qismida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yaqindan tanishtirish maqsadida Press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, markazda tashkil etilgan muzey hamda barcha laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, laboratoriya va bo‘limlar faoliyati taqdimot qilindi.

🔹Bu kabi tadbirlar kelgusida sud-ekspertiza sohasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Bugun Toshkentda "Deklaratsiyalar muloqoti" II xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

✔️Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, IHT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Aldobey, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, LYNC vakili Kris Saypl, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik tadbir turli millat va din vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, bag‘rikenglik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

🇺🇿🤝🇺🇸SMTI va Amerikaning "Love Your Neighbor Community" NNT o‘rtasida Memorandum imzolandi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"Endilikda diniy tashkilotlar faoliyatiga noqonuniy aralashgan davlat organlari mansabdor shaxslari javobgarlikka tortiladi".


🔻Bu haqda “Deklaratsiyalar muloqoti” II xalqaro forumida Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i Zikirilla Maxmudov ma’lum qildi.

🔸Qonunchilikka ko‘ra, diniy tashkilotlar ham nodavlat notijorat tashkilotlar singari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari, jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlashlari mumkin.

🔹Shuningdek, huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda adliya organlarining mansabdor shaxslari tegishli davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar.

✔️Ushbu o‘zgarishlar kelgusida diniy tashkilotlarni erkin faoliyat yuritishlari uchun kafolat sifatida xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1