ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Kogon va G'ijduvon tuman adliya bo‘limlari binosida bo'ldi


🔵Adliya vaziri Kogon va G'ijduvon tuman adliya bo‘limlariga tashrif buyurdi va adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

🔵Shundan so‘ng Vazir Kogon shahridagi zamonaviy ko'rinishga ega bo‘lgan davlat arxivida bo'lib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni o'rgandi.

🔵Arxiv xodimlari bilan suhbatda, sohani yanada takomillashtirish, hujjatlarni saqlash va raqamlashtirish jarayonlarni jadallashtirish kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning maʼmuriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️To‘yga to‘yona! Bayram arafasida Farg‘ona viloyatida 472 nafar fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 21-avgust kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 472 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 727 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Bundan tashqari Sessiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida qarori qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "KOXINUR", "ICYKOKO", "COLORITTO" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Navoiy viloyatida "Adliya huquq sinflari" faoliyati bilan tanishmoqda.

🔹Aytib o'tish kerak, bugungi kunda Navoiy viloyatida 13 ta "Adliya huquq sinfi" tashkil etilgan. Navoiy shahridagi 23-umumta'lim maktabida ana shunday sinflardan yana birining faoliyati yo'lga qo'yildi.

🔹Bu yerda Adliya vaziriga umumta'lim maktablarida huquqiy ta'lim sohasida joriy etilayotgan innovatsion yondashuvlar, yangicha uslub va ta'lim mexanizmi taqdimoti o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM