ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“Даладан-дастурхонгача” тамойили асосида санитария, ветеринария ва карантин органларининг озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги бўйича назорат-лаборатория функциялари ягона тизимга бирлаштирилиб, тўлиқ рақамлашади.

Эндиликда тадбиркорлар идорама-идора сарсон бўлмасдан, барча ҳужжатларни “ягона дарча” принципи асосида бир жойдан оладиган бўлади.

Бу ички бозорни сифатли маҳсулотлар билан тўлдириш ва маҳаллий корхоналарнинг жаҳон бозорларига чиқиш имкониятларини оширади.

Президент тадбиркорларимизда давлат харидлари ва биржа савдоларида иштирок этиш бўйича ҳам кўплаб саволлар тўпланиб қолганини таъкидлаб, яқин орада бу масалага пухта тайёргарлик кўрилиб, барча муаммоларга ечимлар берилишини қайд этди.

Давлат органлари ва табиий монополия субъектлари билан шартнома тузишда тадбиркорлар ҳуқуқларини тенг ҳимоя қилишнинг янги механизми жорий этилади.

Бунда, барча намунавий шартномалар лойиҳалари Бизнес-омбудсман, Адлия вазирлиги ва Рақобат қўмитаси томонидан мажбурий экспертизадан ўтказилади.

Facebook|Instagram|X
Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida

🔹Joriy yilning 19-avgust – 1-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay shahrida “O‘zbekiston va Xitoy o’rtasida fuqarolik-huquqiy yordam amaliyoti” mavzusidagi seminar mashg‘uloti bo'lib o'tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat delegatsiya vakillari ishtirok etmoqda.

🔸Shanxay shahrida o’quv seminarining ochilish marosimi o‘tkazildi. Mazkur marosimda Shanxay biznes maktabi rahbariyati so’zga chiqib, o‘z nutqi davomida maktab faoliyati haqida ma’lumot berib, tadbirning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🔹Shuningdek, seminar mashg‘ulotining birinchi kunida Xitoy Xalq Respublikasining geografiyasi, siyosiy tizimi, iqtisodiy rivojlanishi masalalari yuzasidan ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Joriy yilning 20-avgust kuni Adliya vazirligida ACTED xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari bilan birgalikda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda davlat idoralari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📌 ACTED tashkiloti 1999-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib, barqaror ijobiy o‘zgarishlarga ko‘maklashib kelmoqda. Hozirda tashkilot Yevropa Ittifoqi va Shveytsariya Taraqqiyot Agentligi bilan hamkorlikda EQUALITY dasturini amalga oshirmoqda. Ushbu dastur xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, gender zo‘ravonlikka qarshi kurashish va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.


⚖️ Adliya vazirligi o‘z tizimida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatini oshirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. “Gender-madad” elektron platformasi, “Adliya ayoli” tanlovi, bepul huquqiy maslahat aksiyalari va boshqa tashabbuslar bunga yaqqol misoldir.

👉 Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida ACTED tomonidan amalga oshirilayotgan Equality loyihasi doirasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹Navoiy viloyatida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida fuqarolarning tug‘ilganlik, o‘lim va dalolatnoma yozuvlarini o‘zgartirish holatlari bo‘yicha 23 675 mingdan ortiq murojaatlar ijobiy yechimini topdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Farzandingizni ismini o'zgartirmoqchimisiz Buni qonuniy yo'lini bilasizmi

💡Batafsil.....👆👆👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔵Joriy yilning 20-avgust kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda Finlyandiyaning Huquq ustuvorligi markazi ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔵Mazkur uchrashuvda Finlyandiya tajribasi asosida normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash amaliyoti muhokama qilindi. Shuningdek, Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma loyihasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qo‘llanmada atrof-muhitga ta’sirni baholashning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi, ta’sirni aniqlash va baholash usullari, muqobil yondashuvlar hamda monitoring jarayonlari yoritilgan. Xususan, tabiiy resurslar, havo va suv sifati, tuproq holati, bioxilma-xillik va ekotizimlar, iqlim o‘zgarishi, issiqxona gazlari chiqindilari, chiqindilarni boshqarish, inson salomatligi va hayot sifatini baholash masalalari qo‘llanmada alohida o‘rin olgan.


🔵Shuningdek, uchrashuvda Adliya vazirligi, Institut va Huquq ustuvorligi markazi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tartibga solish hamda atrof-muhitga ta’sirni baholash sohasida qo‘shma uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish orqali o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri A.Tashkulov Buxoro viloyatida

🔹Adliya vaziri dastlab, yangi qurilgan Buxoro viloyati adliya boshqarmasi binosining qurilish ishlari sifati, loyiha talablariga rioya qilinganligi holatlari, binolardan oqilona foydalanish, nogironlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, energiya resurslaridan foydalanishdagi samaradorlik, qog’oz sarfi va boshqalar xususida taqdimot bilan tanishib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

🔸Shundan so'ng, A.Tashkulov Buxoro tumanidagi “So‘fikorgar” mahallasida boʻlib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qildi.

❗️So‘fikorgar mahallasida 1 315 ta xonadon mavjud bo'lib, 6 465 nafar aholi istiqomat qiladi. Huquqiy mahalla loyihasi doirasida ushbu mahallada 972 ta huquqiy muammolar aniqlandi.


🔹Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqiy targʻibotni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

🔸Shuningdek, Buxoro tuman adliya boʻlim boshligʻi 7 oy davomida 7 ta mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniqlangan muammolar, “Onlayn mahalla”, “Huquqiy mahalla”, “Adliya mahalla” platformalariga kiritilib hal etilgan murojaatlar haqida taqdimot oʻtkazdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Renovatsiya: eski uyni yangisiga almashtiring

“Sayilgoh” podkastida odamlar uchun muhim va foydali mavzu muhokama markazida bo‘ldi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/EA_nG3Ja55w

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔵“Quyosh panellarining sirtini avtomatik tozalash qurilmasi” nomli ixtiro IAP 8065-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

Kontinental o‘zgaruvchan iqlim sharoitlarida fotoelektr qurilmalarning sirtini turli xil ifloslanishlardan ishonchli tozalash imkoniga ega tozalash qurilmasi chang miqdorini avtomatik aniqlash tizimiga ega bo‘lib, quyosh fotopanellar sirtini changdan inson ishtirokisiz tozalash imkonini beradi.


🔵Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir.

🔵U ixtiroingizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtiroingizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

🔵Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sirdaryoda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganildi


Adliya vazirligi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatining Boyovut, Guliston, Xovos tumanlari hamda Yangiyer va Shirin shahar Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi jihatlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tizim xodimlari va fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etilib, xizmatlar ko‘rsatishda qulayliklar yaratish borasida ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot