ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A. Tashkulovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan hukumat soatidagi axborotidan:


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukini kamida 30 foizga qisqartirish maqsad qilingan.

Bu yo‘nalishda, 2023 – 2024 yillarda qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish hisobiga 2 981 ta qonunchilik hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Natijada, qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidagi yaxlit hujjatlar 17 foizga qisqartirildi.


Vazirlik tomonidan norma ijodkorligi jarayonlari raqamlashtirilib, sun’iy intellekt texnologiyalari faol integratsiya qilib kelinmoqda.

Xususan, ushbu sohadagi eng muhim qadamlardan biri LexAI sun’iy intellektga asoslangan huquqiy yordamchining ishga tushirilgani bo‘ldi. Ushbu SI-yordamchining boshqa raqobatchilardan farqli jihati shundan iboratki, u bevosita Lex.uz bazasiga ulangan bo‘lib, barcha normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirilgan.

LexAI qonunchilikka kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida o‘zini-o‘zi doimiy yangilab boradi. Bugungi kunda, SI vazirlik tomonidan berilgan 10 mingga yaqin huquqiy ekspertiza xulosalariga o‘qitilmoqda.

Buning natijasida, loyihalarni mustaqil dastlabki ravishda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy ziddiyat va kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_etirof

Navoiyda yana 101 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Joriy yilning 14-avgust kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi o'n beshinchi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada jami 101 nafar, shundan, Qiziltepa tumanidan 25 nafar, Karmana va Nurota tumanlaridan 19 nafardan,   G'ozg'on shahrida 14 nafar, Navbahor tumanidan 12 nafar, Xatirchi tumanidan 10 nafar, Konimex tumanidan va Zarafshon shahridan 1 nafardan fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 166 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Endilikda Samarqand viloyatidagi barcha tuman va shahar adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolarga xizmatlardan foydalanish asnosida bepul birlamchi huquqiy maslahat olishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi.


Navbatingiz kelgancha bo‘sh vaqtingizdan foydalanib, mutaxassisdan o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy muammolar va qonunchilik bo‘yicha huquqiy yordam oling.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

📌Yana bir ijobiy natija: 255 nafar fuqaroning uy-joyiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi!

⚖️Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 255 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

Hududlar kesimida:

🔹Kasbi tumani — 33 nafar
🔹Qamashi tumani — 35 nafar
🔹Dehqonobod tumani — 10 nafar
🔹Qarshi tumani — 18 nafar
🔹Nishon tumani — 3 nafar
🔹Gʻuzor tumani — 50 nafar
🔹Ko‘kdala tumani — 9 nafar
🔹Shahrisabz shahar — 3 nafar
🔹Koson tumani — 13 nafar
🔹Chiroqchi tumani — 22 nafar
🔹Mirishkor tumani — 11 nafar
🔹Shahrisabz tumani — 8 nafar
🔹Yakkabog' tumani — 17 nafar
🔹Kitob tumani — 11 nafar

🔶Ma'lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 517 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Jizzax viloyatidagi xizmat safari davomida Baxmal va G'allaorol tumanlarida ham bo'lishdi.

🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi.

🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

🔹 Jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari ta'kidlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Farg'onada “Turn-key” tamoyili mexanizmi amaliyotga joriy qilindi

🔸Kunning ikkinchi yarmida Adliya vaziri. A.Tashkulov Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazida tashkil qilingan “Turn-key” tamoyili mexanizmi bilan tanishdi.

🔹E’tiborli jihati shundaki, Qo’qon shahar davlat xizmatlari markazida tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazishda “Turn-key” tamoyili mexanizmi ilk bor joriy qilinmoqda. Bunda, DXM binosida “Intellektual mulk stendi” tashkil etilgan hamda binoda brend dizayneri hamda patent vakiliga joy ajratilgan.

🔸Bu yerda shartnoma asosida qabul qilingan tajribali xodimlar Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subyektlarini ro‘xatdan o‘tkazish jarayonida, tovar belgisining afzalliklari, ro‘yxatdan o‘tkazmaslikning huquqiy oqibatlari, kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganlik va sotganlik uchun javobgarlik, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda talabnoma topshirish tartibi bo‘yicha birlamchi huquqiy tushuntirishlar beradi.

🔹Taqdimot davomida adliya vaziri “Farg‘ona tajribasi” sifatida joriy qilinayotgan ushbu “Turn-key” tamoyili mexanizmini barcha hududlarda joriy qilish va intellektual mulk qonunchiligini takomillashtirish va bu sohaga yangi mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_mulkhuquqi

📌 SAMARQAND VILOYATIDA YANA 250 NAFAR FUQARONING UY-JOYIGA BO‘LGAN HUQUQLARI E’TIROF ETILDI.

📆 2025-yil 15-avgust kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda yana e’tirof etildi.

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 250 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

📍Hududlar kesimida:

🔹Bulung‘ur tumani – 15 nafar
🔹Kattaqo‘rg‘on tumani – 16 nafar
🔹Oqdaryo tumani – 23 nafar
🔹Jomboy tumani – 37 nafar
🔹Payariq tumani – 28 nafar
🔹Qo‘shrabot tumani – 3 nafar
🔹Pastdarg‘om tumani – 57 nafar
🔹Narpay tumani – 18 nafar
🔹Paxtachi tumani – 6 nafar
🔹Nurobod tumani – 16 nafar
🔹Urgut tumani – 4 nafar
🔹Toyloq tumani – 4 nafar
🔹Samarqand tumani – 22 nafar
🔹Kattaqo‘rg‘on shahri – 1 nafar

Ma'lumot uchun:: Bugungi kungacha viloyatda jami 708 nafar fuqaroning huquqlari e’tirof etilishi ta’minlandi va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Toshkent viloyatida yana 218 nafar fuqaroning uy-joyiga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

📆 2025-yil 15-avgust kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM