ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni ijrosi yuzasidan mas'ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan mazkur farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan joylarda mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda.

Ushbu tadbirlarda ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazorat qilishni tashkil etish to‘g‘risida taqdimot qilinmoqda.

Hududlarda o'tkazilgan tadbir tafsilotlari bilan tanishing👇

▪️Qoraqalpog'iston Respublikasi

▪️Toshkent shahar

▪️Surxondaryo viloyati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mualliflik huquqini buzgan “Ovoz” loyihasi Adliya vazirligi tomonidan OGOHLANTIRILDI.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining marhum Sherali Jo‘rayev muallifligidagi “Qora ko‘zli sanamjon” asari huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxslarning ruxsatisiz “TALENT SHOW” MChJning “Ovoz” loyihasida barchaning e’tiboriga yuborilganligi holati yuzasidan qonuniy chora ko'rish to'g'risidagi murojaat ko'rib chiqildi.

🔹Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra Sherali Jo‘rayevning muallifligidagi “Qora ko‘zli sanamjon” asari “TALENT SHOW” MСhJ tomonidan huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxslarning ruxsatisiz Youtube ijtimoiy tarmog‘ining “The voice of Uzbekistan” nomli kanali orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat tekshiruv o‘tkazilgunga qadar bartaraf etilganligi sababli huquqbuzar kelgusida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishi bo‘yicha ogohlantirildi.

🔹Shu o‘rinda asarlardan foydalanuvchilardan, jumladan teleradiokanallardan mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.


⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✈️ Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

👫Ariza beruvchilar toifasi: jismoniy va yuridik shaxslar.

🏛 Vakolatli organ:
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Guvohnomaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

💰Arizani ko'rib chiqish va guvonoma berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan olib borayotgan ishari xususida.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan o'quv - amaliy seminar bo'lib o'tdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Turli shakldagi sertifikatlar, toifalar nega kerak, agar ulardan moddiy manfaatdorlik bo'lmasa. Nurota tumaning 30 -son umumta'lim maktabi o'zbek tili fani o'qituvchisi Nodira Qilicheva ana shu vaj bilan tuman adliya bo'limiga murojaat qildi. Soha vakili Nurotaning olis hududi - "Temurqovuq" qishlog'ida dars beradi.

O'qituvchi oliy malaka toifa sertifikatiga ega bo'lsa-da, unga besh oy mobaynida toifa uchun belgilangan mablag'lar to'lab berilmagan. Mazkur murojaatga Nurota tumani adliya bo'limi tomonidan ijobiy yechim topildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangiliklar

Renovatsiya haqida bilishingiz kerak bo’lgan ma’lumotlar


To‘liq video 👉 https://youtu.be/EA_nG3Ja55w

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
⚡️Qoraqalpog‘istonda "Yaxshilik qadamlari" loyihasi doirasida "Qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda nogironligi bo‘lgan ayollar va yoshlar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi, bolajonlar uchun turli tanlovlar va huquqiy viktorina o‘yinlari, ko‘ngilochar konsert dasturlari, shuningdek “Huquqiy maslahat” burchagi tashkillashtirilib, ishtirokchilarga Konstitutsiya kitobi, "Ayollarga huquqiy madad" nomli ayollar uchun dolzarb bo‘lgan huquqiy masalalarga oid amaliy qo‘llanmalar va boshqa targ‘ibot materiallari tarqatildi.

🔸Bunday tadbirlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan insonlarning muammolarini o‘rganish va joyida hal etishga, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchining ortishiga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Biolan” vositasining kontrafakt nusxalari sotuviga chek qo‘yildi!

Kontrafakt mahsulotlar nafaqat haqiqiy ishlab chiqaruvchi, balki butun jamiyatga ham zarar yetkazishi mumkin.

Biroq, oramizda moddiy manfaati uchun insonlar hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishga tayyor shaxslar ham yo‘q emas.

Jumladan, “Nefis Kosmetiks” AJ va Boguslavskaya Karina Irekovnalar (Rossiya Federatsiyasi) Adliya vazirligiga murojaat qilib, unda “Biolan” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan “Y.M.” MChJga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘rganishlar davomida “Y. M.” MChJ tomonidan “Biolan” tovar belgisidan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, shuningdek hozirda bir qator onlayn savdo platformalarida sotuvga taklif etilayotganligi aniqlandi.

Natijada aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilib, 276 ta kontrafakt mahsulotning sotuvdan olib tashlanilishi ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz, tovar belgilari sohasidagi qonunbuzarliklar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima;
BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT, E'LON❗️

📢 Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMT TD) “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tuman Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhi eksperti lavozimiga suhbat o‘tkaziladi.


NOMZODLAR UCHUN TALABLAR:

Yoshi: 25-55 yosh oralig‘idagi xotin-qizlar;
Ma’lumoti: nomzodlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli (oliy ma’lumot nomzodga ustunlik beradi) ega bo‘lishlari talab etiladi. Axborot texnologiyalari va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha alohida ko‘nikmalarga (kamida 1 yillik ish tajribaga yoki o‘quv kurslarida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish) ega bo‘lish ustunlik beradi.

Ish haqi BMT TD bilan shartnoma asosida belgilanadi.

Tanlov o'tkaziladigan hududlar
Arizada ko'rsatiladigan ma'lumotlar
Xotin-qizlar maslahat guruhi ekspertining asosiy vazifalari
Taxminiy savollar


⚠️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi hamda hududiy adliya boshqarmalariga, shu bilan birga elektron pochta yoki tuman adliya bo‘limlari orqali 2025-yil 10-sentabrgacha murojaat qilishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot