ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

📣 Fuqarolarning ish haqi va ustama haqlari undirib berildi!

Davlatobod tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro R.A.ning Milliy gvardiya Namangan viloyati Chavandozlar maktabida ishlashi, amaldagi qonunchilik bo'yicha belgilangandan kam haq to'langanidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Natijada, Milliy gvardiya Namangan viloyati Chavandozlar maktabiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro R.A.ga kam to'langan 11 226 600 so’m miqdoridagi ish haqini toʻliq toʻlab berilishi ta'minlandi.

Yana bir holatda maktabning xodimi T.M.ga ustama pullari to'lab berilmaganligi aniqlanib, kiritilgan taqdimnoma natijasida 2 303 496 soʻm to’lanmay qolgan ustama pullari to'lab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Murodjon ota: 29 yilda fuqarolik pasportiga ega boʻldim


Margʻilon shahar adliya boʻlimi tomonidan mahallalardagi oʻrganishlar davomida, "Charogʻon" MFYda istiqomat qiluvchi Murod Ismoilov murojaat qilib, fuqarolik pasporti rasmiylashtirib berilishida amaliy yordam soʻradi.

Maʼlum boʻlishicha, Ismoilovlar oilasining 4 nafar aʼzosiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud emasligi sababli fuqarolik berilmagan.

Adliya boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Sudning hal qiluv qarorlari bilan Adliya bo‘limi arizasi qanoatlantirilib, yashaganlik faktlari belgilandi.

Ushbu qarorlar asosida Ismoilovlar oilasining 4 nafar aʼzosiga Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshga doir pensiya “proaktiv shaklda” fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Biz mahalladamiz”.


Bugungi manzil: Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani, “Kujron” mahallasi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mahsulot xaridida kontrafaktdan ehtiyot bo‘ling!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda milliy brendlarning nufuzini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar va qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, Vazirlik tomonidan “Fatih Kral Mob” MChJning barchamizga tanish bo‘lgan “ХАНСКИЙ” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “R. B.” XK tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “R. B.” XK tomonidan “ХАНСКИЙ” tovar belgisiga o‘xshash “ХАҚОНИЙ” ko‘rinishida foydalanilgan holda pishloq (сыр) mahsulotlari ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha Vazirlik tomonidan “R. B.” xususiy korxonasiga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida (41 mln. so‘m) jarima tayinlandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

📌Yana bir ijobiy natija: 255 nafar fuqaroning uy-joyiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi!

⚖️Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 255 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

Hududlar kesimida:

🔹Kasbi tumani — 33 nafar
🔹Qamashi tumani — 35 nafar
🔹Dehqonobod tumani — 10 nafar
🔹Qarshi tumani — 18 nafar
🔹Nishon tumani — 3 nafar
🔹Gʻuzor tumani — 50 nafar
🔹Ko‘kdala tumani — 9 nafar
🔹Shahrisabz shahar — 3 nafar
🔹Koson tumani — 13 nafar
🔹Chiroqchi tumani — 22 nafar
🔹Mirishkor tumani — 11 nafar
🔹Shahrisabz tumani — 8 nafar
🔹Yakkabog' tumani — 17 nafar
🔹Kitob tumani — 11 nafar

🔶Ma'lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 517 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

🏥 Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibidan xabardormisiz?

Arizalar bevosita davlat tibbiyot muassasalari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organlar: Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari — tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar.

💰 Xizmat bepul korsatiladi.

🧾
Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.

🌟 Jismoniy shaxs doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganda, uning xohishiga ko'ra kompozit tarzda davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 573-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Navbatdagi tovar belgisi davlat ro’yxatidan o’tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

🔹 Adliya vazirligi tomonidan "Imkoniyati chelangan yoshlar va bolalar markazi" NNTga tegishli tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazildi.
🔹 R
o'yxatdan o'tkazilgan tovar belgisidan egasining ruxsatisiz foydalanish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.
🔹 Siz ham o’z brendingizni ro'yxatdan o'tkazing. Unutmang, tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
🔹 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi
qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#intellektual_mulk

Tizza bo‘g‘imlari osteoartritini davolashning yangi usuli davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan tomonidan “Tizza bo‘g’imlari osteoartritini davolash usuli” nomli foydali model davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va unga FAP 2725-sonli patent berildi.

🩺 Ushbu innovatsion usul travmatologiya va ortopediya sohasida qo‘llanilib, kasallikning 1–2-bosqichlarida samarali natija beradi. Davolash jarayonida trombotsitlar bilan boyitilgan plazma (PRP), suyak ko‘migi aspirati konsentrati (BMAC) va teri osti yog’idan olingan mezenximal o‘zak hujayralari (SVF) aralashmasi qo‘llanadi.

🔬 Mazkur yondashuv og‘riqni kamaytirish bilan birga shikastlangan tog‘ayning regenerativ jarayonlarini tiklashga yordam beradi hamda mavjud davo usullaridagi jiddiy nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Andijonda yana 138
nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Joriy yilning 14-avgust kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining o'n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada jami 138 nafar, Asaka va Baliqchi tumanlaridan 32 nafardan, Ulugʻnor tumanidan 22 nafar, Izboskan tumanidan 19 nafar, Shahrixon tumanidan 10 nafar, Marhamat tumanidan 8 nafar, Buloqboshi tumanidan 7 nafar, Bo'ston tumanidan 4 nafar, Qo'rg'ontepa tumanidan 3 nafar, Andijon shahridan 1 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 420 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Qonun ijrosi Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAv_biz_haqimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Ellikqal’a tumanida “Yoshlar sayli” tadbiri o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Patent vakillari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda amaldagi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirmagan patent vakillarini Patent vakillari davlat reyestridan chiqarish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma'lumot uchun: Patent vakillari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta, keyinchalik attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Appelyatsiya komissiyasining qarori bilan 60 nafar patent vakiliga reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari yuborildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuridik xizmat sohasi boʻyicha faoliyat yurituvchi hududiy adliya organlari mas’ul xodimlari bilan bilan muloqot shaklidagi tadbir tashkil etildi.

🔸Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha onlayn muloqot tashkil etildi.

🔹Mazkur muloqotda hududiy adliya boshqarmalarining Markazlar faoliyatiga mas’ul oʻrinbosarlari hamda sohani muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilar ishtirok edi.

🔸Muloqot davomida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining “Chortoq tajribasi” asosida ishga tushirilgan funksiyalarini ommalashtirish, shuningdek test rejimida Namangan viloyatidagi Markazlar uchun ishga tushirilgan eksterritorial taqsimot funksiyasini barcha hududlarga bosqichma-bosqich ishga tushirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

🔹Shuningdek, hududiy adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimidagi muammolar hamda xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlardagi kamchiliklar mavjudligi bildirildi, Vazirlik xodimlari ushbu holatlar oʻz fikrlarini bildirishdi va tegishli koʻrsatmalar berishdi.

🔸Bu kabi muloqotlar sohada uchrayotgan kamchiliklar hamda muammolarni operativ ravishda bartaraf etish hamda tizimli ravishda ishlarni tashkil etish uchun xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Jizzax viloyatidagi xizmat safari davomida tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Zafarobod, Do’stlik, Arnasoy, Sharof Rashidov tumanlarida bo'lib, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyatini o'rgandi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.

🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

🔹 Shuningdek, jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot