ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Tadbirkorlar va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirokida brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga o‘z brendlarini tovar belgisi sifatida ro‘yxat o‘tkazish tartibi va afzalliklari, shuningdek ularni bojxona reyestri orqali himoya qilish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga patent vakillari, ularning huquq-majburiyatlari va imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, Davlat xizmatlari markazlari xodimlariga “key-turn” talablari asosida tadbirkorlarga o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazishda birlamchi yordam berish davomida nimalarga e‘tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Sirdaryoda NNTlar bilan hamkorlikni raqamlashtirish va kuchaytirish yo‘lida

Sirdaryo viloyatida Adliya vazirligi xodimlari ishtirokida nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) faoliyatini raqamlashtirish va davlat idoralari bilan “ijtimoiy sheriklik” asosidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati tajribasini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

🔎 Xizmat safari doirasida:
▪️ NNTlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi;
▪️ “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasidagi mahsulotlar yarmarkasi final bosqichi kuzatildi;
▪️ Sardoba va Boyovut tumanlaridagi ijtimoiy buyurtmalar hamda xorijiy grantlar asosida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishildi.

🎯 Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – NNT sohasida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, NNT faoliyatiga oid funksiyalarni raqamlashtirish hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni ijrosini tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan mazkur farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan joylarda mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda.


Ushbu tadbirlarda ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazorat qilishni tashkil etish to‘g‘risida taqdimot qilinmoqda.

Hududlarda o'tkazilgan tadbir tafsilotlari bilan tanishing👇

▪️Andijon viloyati

▪️Farg'ona viloyati

▪️Jizzax viloyati

▪️Namangan viloyati

▪️Navoiy viloyati

▪️Qashqadaryo viloyati

▪️Samarqand viloyati

▪️Sirdaryo viloyati

▪️Toshkent viloyati

▪️Xorazm viloyati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Renovatsiya: eski uyni yangisiga almashtiring

Renovatsiya nima, u qaysi hollarda amalga oshiriladi? Oddiy fuqaro renovatsiyadan qanday manfaat oladi? Renovatsiyada davlat va tadbirkorning ishtiroki qanday bo‘ladi? “Sayilgoh” podkastida odamlar uchun muhim va foydali mavzu muhokama markazida bo‘ldi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/EA_nG3Ja55w

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"E-huquqshunos" elektron tizimining imkoniyatlari takomillashtirilmoqda.

🔸“E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjat loyihalarini ishlab chiqish avtomatlashtirilganligi sababli xulosa berishga sarflanadigan vaqt optimallashtirilmoqda.

🔹Xususan, respublika boʻyicha hujjat loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga sarflanadigan vaqt 48 soatdan 5 soatga qisqartirildi.

🔸Bundan tashqari, Namangan viloyati miqyosida “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali eksterritorial hujjat taqsimlash mexanizmi test rejimida ishga tushirildi.

🔹Ushbu mexanizm uchun maxsus chat-bot funksiyasi ham ishga tushirildi.

🔸Endilikda ushbu mexanizmni ommalashtirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan boshqa hududlarda ham ommalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Xususan, Toshkent shahar Shayxontohur yuridik markazida ham chat-bot funksiyasi ishlashi hamda hujjatlar taqsimlash mexanizmlari yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliyot oʻtkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Rahbar va yoshlar uchrashuvi!

🔹Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Navoiy shahar 523-son harbiy qism, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat yuridik texnikumi faollari hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etishdi.

🔹Muloqotda davlatning huquq siyosatini yuritishda adliya organlarining o'rni, amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ko'rilayotgan choralar, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etish va jinoyatchilikni oldini olish masalalari e'tibor markazida bo'ldi.

🔹 Shundan so'ng, yoshlar sud ekspertizasi, viloyat arxivi, FHDY organlari, intellektual mulk sohasi va NNT lar faoliyati haqida ular tomonidan tashkil etilgan ko'rgazma pavilionida yaqindan tanishdilar. "Ochiq eshiklar kuni" loyihasi doirasida Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida "Yoshlar-tur" o'tkazildi. Xizmat turlari va xizmat olish jarayonlari tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Tadbirkorlarga brendlarini qonuniy himoya qilish yo‘llari tushuntirildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi mas’ullari va tadbirkorlar ishtirokida brendlarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va afzalliklariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda o‘z brendlarini himoya qilish va bu orqali mahsulotlarni noqonuniy foydalanish va nusxa ko‘chirishdan himoya qilish, shuningdek, patent vakillari faoliyati, ularning huquq va majburiyatlari hamda tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, mas’ullar Guliston shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lib, “key-turn” talablari asosida tadbirkorlarga o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazishda birlamchi yordam berish davomida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuntirishlar berishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot