ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan — “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

🔸Mazkur qonun loyihasi bilan shaharsozlik renovatsiyasi asoslari va maqsadlari, majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.

🔹Qonun loyihasida hech kim renovatsiyada ishtirok etishga majburlanmasligi hamda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi mustahkamlanmoqda, ya'ni shaharsozlik renovatsiyasi loyihasini boshlash uchun barcha huquq egalari bilan notarial tartibda kelishuv bitimi imzolanishi belgilanmoqda.


🔸Loyihada turar va noturar joy mulkdorlariga adolatli kompensatsiya berish tizimi nazarda tutilmoqda. Ya’ni, kompensatsiya shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy obyektini mulk qilib berish, boshqa joydan turar va noturar joy obyektini mulk qilib berish, turar va noturar joy obyektlarining bozor qiymatida pul mablag‘lari yoki kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllarda berilishi belgilanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan davlatning xalqchilligini mustahkamlash yo‘nalishida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomani boshlash uchun
"so‘rovnoma" so‘zini bosing! 👆🏼

So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
#Adliya_xabari

Shaharsozlik renovatsiyasi tashabbusdan to kalit topshirishgacha

“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida qanday tartib-taomillar nazarda tutilmoqda?

📌Batafsil👈🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Brend oʻgʻrisi”dan tovon puli undirilishi belgilandi

Tadbirkor oʻz brendini roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng uni reklama qilishga, ishlab chiqarayotgan mahsuloti yoki koʻrsatayotgan xizmati sifatini oshirishga anchagina mablagʻ sarflaydi, mijozlar ishonchini oqlashga harakat qiladi.

Ayrim noinsof tadbirkorlar esa foyda ilinjida xaridorlar orasidagi mashhur “brendlarni oʻgʻirlash” bilan shugʻullanib, noqonuniy faoliyat yuritadi.

Jumladan, “F.T.” MCHJ “brend oʻgʻirligi” bilan shugʻullangan. Ushbu tadbirkorlik subyekti “Uzum tezkor” MCHJga tegishli boʻlgan “uzum tezkor” va “uzum food” tovar belgisiga oʻxshash “Uzum” koʻrinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlanib, unga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan edi.

“Uzum tezkor” MCHJ huquqbuzardan tovon puli undirishni soʻrab sudga murojaat qildi va sudning 28.07.2025-yildagi qarori bilan “brend oʻgʻrisi” “F.T.” MCHJdan 75 mln. soʻm tovon puli, davlat bojlari va boshqa xarajatlarni hisoblaganda jami 94 mln. soʻm undirilishi belgilandi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Adliya vazirligi xodimi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindi.

Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi katta maslahatchisi O‘tki̇rbek Rivojiddinov AQShning Garvard, Kolumbiya va Nyu-York universitetlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Kembridj hamda Oksford universitetlari tomonidan huquq magistratura (LL.M.) dasturlariga o’qishga qabul qilindi.

O‘tki̇rbek Rivojiddinov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab, universitet bitiruvchilari orasida eng yuqori natijalar ko‘rsatgan besh nafar talabadan biri bo‘lgan. Talabalik davrida u xalqaro huquq sohasida AQSh, Germaniya, Fransiya va Shvetsiyada O‘zbekiston nomidan turli xalqaro tanlov va anjumanlarda ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishgan.

U “TDYU stipendiyasi”, “Adliya vazirligi stipendiyasi”, “Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” va “JACAFA” xalqaro stipendiyasi kabi bir qator nufuzli stipendiyalar sohibi hamda 3-darajali yurist hisoblanadi.


Adliya vazirligidagi mehnat faoliyati davomida O‘tki̇rbek xalqaro huquqiy tashkilotlar, yetakchi xorijiy yuridik firmalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida samarali hissa qo‘shdi.

O‘tki̇rbek QS World University Rankings huquq (Law & Legal Studies) yo’nalishi bo’yicha dunyoda 1-bo’lgan Garvard universitetidan 100 foizlik grant yutib o’z akademik yo‘lini aynan shu nufuzli dargohda davom ettirishga qaror qilgan.


Adliya vazirligi jamoasi O‘tki̇rbekka kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Adliya_xabari

"Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasida 1811 nafar xodimning huquqi tiklanib, 2 milliardga yaqin pul mablagʻi undirildi.


Adliya vazirligi tomonidan shu yilning 10-iyunidan – 31-iyul kuniga qadar "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiya oʻtkazildi. Ushbu aksiya aholining mehnat huquqlari borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, ish beruvchi va xodimlar oʻrtasida qonuniy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, noqonuniy mehnat munosabatlariga barham berishga qaratilgan.

👉 Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Farg'ona viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi


Sayyor qabul shaklida tashkillangan ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi - tadbirkorlarni qiynayotgan huquqiy masalalarni o‘rganish, ularning faoliyatida duch kelayotgan to‘siq va muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Marg'ilon shahridagi "Hunarmandlar markazi"da bo'lib o'tgan muloqot davomida tadbirkorlar bir qator masalalarning ijobiy yechimiga doir takliflarni bildirdilar.

Muloqot davomida 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, mas'ullar tomonidan 40 dan ortiq tadbirkorlarning murojaati qabul qilindi, shundan 16 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, o'rganish talab etilgan 9 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Batafsil lavhada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha amaliy yordam berilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “Bonu Shirinliklari” MCHJga tegishli bo‘lgan “Capitan Miller” brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, korxonaga tegishli “Deya” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ma'lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, “Basalt Wool” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qadog‘ida qo‘llanilayotgan logotiplarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, “Arnasoy baliqlari”ni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam berish uchun Arnasoy tuman hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi va “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” DUK rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KITOB TAJRIBASI

Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar kundan-kunga kengaymoqda.

Kitob tumanidagi markazda esa bir qator yangi imkoniyatlar joriy etilib, bu tajriba boshqa hududlar uchun ham o‘rnak bo‘lishi mumkin.

Batafsil rolikda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🧠 Parkinson kasalligini davolashga qaratilgan yangi ixtiro patentlandi!

📌 “Akademik S. Yu. Yunusov” nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan yaratilgan “Parkinson kasalligini davolash uchun vosita” nomli ixtiro IAP 8162-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🌿 Ushbu vosita tarkibida tikanakli kavar (Capparis spinosa L.) kurtaklari va pishmagan mevalaridan olingan ekstrakt mavjud bo‘lib, uning asosiy komponentlari:
✔️ Polisaxaridlar (30–35%)
✔️ Flavonoidlar (5–10%)
✔️ Suvda eruvchan oqsillar (20–25%)

🔬 Vosita Parkinson kasalligini oldini olish va davolashda qo‘llaniladi hamda kam nojo‘ya ta’sirga ega.

ℹ️ Parkinson kasalligi — markaziy asab tizimining surunkali xastaligi bo‘lib, titroq, qotib qolish, harakat cheklanishi kabi belgilar bilan kechadi.

📄 Esingizda bo‘lsin: har qanday yangi, sanoatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnik yechim ixtiro sifatida huquqiy muhofazaga ega bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot