ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri BMT konferensiyasi doirasida xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etdi.

🔹Turkmanistonning Avoza shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha III konferensiyasi (LLDC3) doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov qator muhim uchrashuvlarda qatnashdi.

🔸Adliya vaziri A.Tashkulov forumdagi chiqishida fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi o‘rni, mintaqaviy integratsiya va iqlim barqarorligiga erishishdagi ahamiyati, shuningdek, fuqarolik tashabbuslari orqali tizimli muammolarni hal qilish zarurligini ta’kidladi.

❗️Akbar Tashkulov: Fuqarolik jamiyati bu shunchaki hamkor emas. Bu davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik. Bu – muammolar bilan birinchi bo‘lib to‘qnash kelganlarning ovozidir. Aynan fuqarolik tashabbuslari tizimli muammolar haqida birinchi bo‘lib bong uradi, innovatsiyalarni ilgari suradi va davlatlarni inson ehtiyojlariga yaqinlashtirishga yordam beradi. O‘zbekistonda bunday tashabbuslarni amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan


Shuningdek, Turkmaniston adliya vaziri Merettagan Taganov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar 2022-yilda qabul qilingan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli yakunlanganini qayd etib, yangi dastur loyihasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar:
▪️ adliya tizimini raqamlashtirish;
▪️ sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish;
▪️ advokatura va mediatsiya rivoji;
▪️ yuridik kadrlar tayyorlash borasida tajriba almashish.

🔹Uchrashuvda, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan davlatlarning adliya organlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach

29 nafar xodimga ishsizlik nafaqalari to‘lab berildi


Xovos tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Xovos tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi holati o‘rganildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Kitob_ulash
#Ziyo_ulash

Kitob bering, kitob oling — ziyo ulashing

Butun respublika boʻylab Adliya vazirligining “Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda. Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering.

Ushbu loyiha doirasida Namangan tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazida ham tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlar hamda ushbu tashkilotlarga kelgan aholi tomonidan markazlarga ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etilmoqda.

O’zbek futboli afsonasi Odil Ahmedov Namangan tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi tashrif buyurib ziyo ulash loyihasi doirasida markaz kutubxonasi uchun huquqiy, ma'naviy hamda sport sirlariga oid kitoblarni sovg'a qildi.

Adliya vazirligi tashabbusini qo’llab-quvvatlab, yoshlarni kitob o’qishga chaqirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "EVRIKA", "TASTELLA", "SUSHi MOTO" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligi vakillari Bo'stonliqda o‘rganish ishlari olib bormoqda

🔸Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Bo'stonliq tumanida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🔹O‘rganishlar chog‘ida Ugam va Chirchiq daryolari bo‘yida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganilib, tahlil qilindi.

🔸Natijada Bo'stonliq tumani hokimining maxsus farmoyishi qabul qilinib, bir nechta ishchi guruhlar tashkil etildi.

🔹O‘rganishlar davomida 10 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyekti rahbariga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi.

🔸Hududda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.

🔹O‘rganishlar davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Professional mediator bo‘lishni xohlaysizmi?

📚 Mediatorlarni tayyorlash kurslari:
O‘zbek va rus tillarida
Nazariy bilim + amaliy ko‘nikma
Xalqaro tajriba asosida
An'anaviy va masofaviy shaklda

👨‍🏫 Darslar kimlar tomonidan olib boriladi?

🔹 Maripova Sevarxon — O‘zbekistonda professional mediatorlarni tayyorlash kurslari asoschisi, trener-mediator
🔹 Shakurov Rafik — Institut dotsenti, nizolarni hal qilish metodikasini chuqur o‘rgatadi
🔹 Zafar Raxmonov — Institut dotsenti, huquqni qo‘llash amaliyotida mediatorlik tamoyillarini o‘rgatadi
🔹 Xodjimuxamedova Dilbar — Institut katta o‘qituvchisi, psixolog. Mediatsiyada stressga chidamlilik, hissiy intellekt va kommunikatsion ko‘nikmalar bo‘yicha mutaxassis
🔹 Medetbaeva Aqsungul — Institut o‘qituvchisi, amaliy mediatorlik darslari olib boradi


🌍 Institut o‘qituvchilari Lee Jay Berman (AQSh) va Liliya Vlasova (Belarus) kabi xalqaro ekspertlardan tahsil olgan.

📊 1000+ professional mediatorlar bizning tayyorgarlik dasturimizdan o‘tgan!

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram