ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Samarqandda yana 164 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi

🔹Joriy yil 20-iyun kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

🔹Jumladan, viloyatdagi 164 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo‘ldi. Bulung‘urlik 35 nafar, kattaqo‘rg‘onlik 22 nafar, oqdaryolik 8 nafar, jomboylik 28 nafar, payariqlik 4 nafar, narpaylik 31 nafar, paxtachilik 17 nafar, urgutlik 3 nafar, toyloqlik 2 nafar, Samarqand tumanidan 12 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahridan 2 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryoda 108 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Bandixon tumanidan 6 nafar, Jarqo‘rg‘on tumanidan 14 nafar, Muzrabot tumanidan 6 nafar, Oltinsoy tumanidan 51 nafar, Qiziriq tumanidan 3 nafar, Sho‘rchi tumanidan 4 nafar, termiz tumanidan 16 nafar, Uzun tumanidan 8 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Navoiy viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirish choralari ko‘rilmoqda

🔹Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 16-20-iyun kunlari Navoiy viloyatida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida, Navbahor tuman hokimligi, Navoiy shahar va Konimex tuman qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligida Qonun ijrosi yuzasidan yo‘l qo‘yilgan 350 ga yaqin muddat buzilish holatlari bartaraf etilib, mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🔹Shuningdek, adliya boshqarmasi tomonidan 17 ta ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijobiy xulosalar berilib, huquqlarni e’tirof etish masalasini tasdiqlash uchun xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish choralari ko'rildi.

🔹Shu bilan birga, Qonun bilan vakolatli tashkilotlarga  yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, kelgusi vazifalar, shuningdek, Qonun ijrosini ta’minlashda e’tibor qaratiladigan muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo’ldi.

🔹Adliya vaziri Qashqadaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan Davlat rahbarining 2024 - yil 24 - maydagi PF-80-son Farmoni va 2025- yil 3 - yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimoti bilan hamda situatsion markaz faoliyati bilan ham tanishdi.

🔹Shuningdek, Qarshi shahar , Kitob, Yakkabog’, Qarshi tuman hamda Koson tumanida bo'lgan uchrashuvlarda tuman adliya bo’limi tomonidan yettilik bilan hamkorlikda aholining huquqiy muammolari bilan ishlash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Noqonuniy qurilgan uylar masalasi yaqin o‘tmishgacha kishilar taqdiriga ta’sir etib kelgani sir emas. Uyining hujjatlari to‘g‘ri bo‘lmagani uchun idorama-idora sarson bo‘lganlar qancha.

🔹O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi qonunning kuchga kirishi bilan ko‘pchilikning ko‘ksiga shamol tegdi. Xatirchilik Nigora Nazarovaning 6 yillik ovoragarchiligiga ham nihoyat yakun yasaldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yilning eng qaynoq va unutilmas voqealariga boy bo‘lgan Yoshlar oyligi davom etmoqda.

Joriy yilning 23-iyun kuni adliya vaziri Akbar Tashkulovning yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi rejalashtirilmoqda.

Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar hamda jamiyatning faol va tashabbuskor yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishlari, shuningdek, o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirishlari mumkin.

Mazkur uchrashuv maqsad — yoshlarga yanada yaqinlashish, ularni tinglash hamda fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir!

❗️Uchrashuv Toshkent davlat yuridik universitetining 3-binosi, katta majlislar zalida, soat 10:00 da boshlanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

"ADLIYA SAYILI" Uchko'prikda katta sayilga aylanib ketdi

Uchko'prik tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Qumariq" MFYda joylashgan mahalla guzarida "Adliya sayili" huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Navoiy viloyatida adliya organlarining aralashuvi bilan fuqarolarning huquqiy himoyasi ta'minlanmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_viloyati

Xorazm viloyat adliya boshqarmasining tabiiy resurslardan foydalanishdagi ijobiy tajribasi haqida videolavha👆👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_aralashgach

Adolat qaror topdi
!

Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida yashovchi fuqaro K. Pendjiev o‘zining haqiqatga asoslangan, ammo og‘riqli voqeani adliya organlariga murojaat qilish orqali yengib o‘tdi.

Uning aytishicha, Nishon tuman 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R. J tomonidan bosim ostida qolib, o‘z xohishiga qarshi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozishga majbur qilingan. Natijada, u yillar davomida mehnat qilgan, bilim bergan o‘quv maskanidan ajralib qolgan.

Nishon tuman adliya bo‘limi bu masalaga befarq bo‘lmadi. Murojaat o‘rganilgach, aniqlanishicha, K. Pendjiev 2023 - 2025- yillar oralig'ida informatika fani o‘qituvchisi lavozimida halol mehnat qilib kelgan.

Biroq, joriy yilning 28-mart kuni tegishli - sonli buyruq asosida unga nisbatan Mehnat kodeksining 160-moddasi 4-qismiga tayanib, go‘yoki o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Adolatni tiklash maqsadida, adliya bo‘limi sudga murojaat qildi. Natijada, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 11-iyundagi hal qiluv qarori bilan K. Pendjiev o‘zining avvalgi ish joyiga – 28-maktabdagi informatika o‘qituvchisi lavozimiga tiklandi.

Sud, shuningdek, K. Pendjievning huquqlarini tiklash doirasida:

🔹 4 million so‘m ma’naviy zarar uchun,
🔹 8 023 710 so‘m majburiy progul
(ishdan majburan chetlatilgan davr) uchun ish haqi undirishni belgiladi.

📌 Ushbu holat bir bor yana shuni ko‘rsatdiki, inson huquqlari ustuvorligi va adolatni tiklash borasida adliya organlari tinimsiz xizmat qilmoqda. Har bir fuqaroning haqi himoyada, adolat esa, muqaddas!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot