ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov kunning ikkinchi yarmida Qarshi tumanida fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini o'rgandi.

Adliya vaziri Qarshi tumanida adliya bo'limi faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy mahalla konsepsiyasi doirasida aholi yashashi uchun birlamchi minimal standartlarga rioya etilishi holati bilan tanishdi.

Xususan Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan 5 500 ta xonadonlar muammosi o'rganilib, 5498 ta huquqiy muammolar aniqlandi. Shundan, 5411 nafar fuqarolarning muammosi adliya ko'magida hal etildi.

Shundan so'ng , YXKM faoliyati bilan ham tanishilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va sohani takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📍 Toshkent viloyatida ijtimoiy soha bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda

Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi vakillari tomonidan Toshkent viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.

👥 O‘rganishlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar vakillarining muammolarini aniqlash va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Xususan, Bo‘stonliq tumanining Kichiksoy, Birlik, G'azalkent, Xo'jakent kabi chekka mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🚰 Aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi ham o‘rganilib, mavjud ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Koson tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘ldi

Adliya vaziri Koson tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Tizim xodimlarining ish sharoitlari, jarayondagi muammolar va xizmatlar sifatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini o‘rgandi.

Tizim mas'ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, tavsiyalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Koson davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga jami 39 989 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 15 427 tasi onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlardir.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_reportaj

📹Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida tadbirkorlar billan uchrashuv o'tkazdi. Guruh tarkibida Adliya vaziri o'rinbosari tomonidan huquqiy masalalar ko'rib chiqildi.

Batafsil👆reportajda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot