ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_yangiliklari

🟢 MChJ to‘g‘risidagi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

2025-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.

📌 Mazkur hujjat Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy, bozorbop korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga xizmat qiladi.

Quyidagi asosiy o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda:

▪️ MChJlar endilikda litsenziyadan tashqari ruxsat etuvchi hujjatlar yoki xabardor qilish tartibida faoliyat yuritishi mumkin
▪️ Ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi
▪️ Filial, vakolatxona, sho‘ba va qaram xo‘jaliklar tashkil etish huquqi belgilanadi
▪️ Kuzatuv kengashi faoliyati va qarorlarni sirtdan ovoz berish orqali qabul qilish tartibi joriy etiladi
▪️ Fiduziar majburiyatlar, minortiar va majortiar ishtirokchilar huquqlari aniqlashtiriladi
▪️ Ichki va tashqi audit tartiblari takomillashtiriladi
▪️ Moliya hisobotlarini jamoatchilikka e’lon qilish bo‘yicha yangi qoidalar joriy qilinadi

📈 Qonunning qabul qilinishi ishtirokchilar huquqlarini himoyalash, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini keng joriy qilish va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Advokatlarga “Odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarda ishtirok etishda advokatlarning o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Adliya vazirligi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar uchun UNODC mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, Advokatlar palatasi va Oliy sud vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbir odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarda advokatlarning ishtirokini kuchaytirish, ularning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish orqali jinoyat ishlarida samarali huquqiy himoyani ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

🔹Seminar-treningda ma’ruzachilar “Odam savdosi – so‘nggi tendensiya va muammolar”, “Korrupsiya va odam savdosi – global sharh”, “O‘zbekistonda odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarni ko‘rib chiqishda advokatlarning himoyachi sifatidagi vazifalari”, “Odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarni ko‘rib chiqishda odil sudlovni ta’minlashda sudyalar va advokatlarniтп o‘rni” mavzularida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

🔹Shuningdek, seminar davomida bu sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, amaliyotdagi muammolar haqida qizg‘in savol-javoblar orqali fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har 5 yil uchun qancha muddat qo'shimcha mehnat ta'tili berilishi lozim?
Anonymous Quiz
66%
2 kalendar kun
11%
4 kalendar kun
15%
5 kalendar kun
8%
8 kalendar kun
📍 Farg‘onada yangi saylangan mahalla raislari uchun o‘quv seminari boshlandi

🏛 Bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi hamkorligida Farg‘ona viloyatida yangi saylangan mahalla raislari uchun malaka oshirish o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.

Mazkur o‘quv seminari yangi saylangan mahalla raislarining o‘z faoliyatini samarali tashkil etish, “Mahalla yettiligi” instituti doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, aholi muammolarini o‘z vaqtida va tizimli hal etish borasidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishni maqsad qilgan.


🗒 Seminar davomida mahalla raislariga ularning vakolat va mas’uliyatlari, huquqiy asoslar, jamoatchilik bilan samarali ishlash usullari, profilaktika va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilishi ko‘zda tutilgan.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Bilasizmi

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — Lex.uz orqali siz nafaqat oʻzingizga kerakli boʻlgan qonunchilik hujjatlari bilan, balki malakali huquqshunoslar tomonidan tayyorlangan huquqiy tushuntirishlar bilan tanishib, kundalik hayotingizdagi huquqiy muammolarga yechim topishingiz mumkin.

‼️Misol uchun 👇

👉Sog‘liqqa shikast yetkazilishi natijasida yo‘qotilgan ish haqini yoxud daromadni aniqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?

👉Meros tarkibiga nimalar kiradi va merosxo‘rlar orasidan ayrimlarini merosdan chetlatish mumkinmi?

👉 Boquvchisi vafot etganligi sababli ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash tartibi qanday?

👉Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan beriladigan nafaqa miqdori qanday tartibda hisoblanadi?

👉Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslar qanday tartibda va qancha muddatga beriladi?

👉Iste’molchining mol-mulkiga yoki hayotiga yetkazilgan zararni kim qoplaydi?

👉Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar

👉Elektron onlayn-auksion va tanlovlarlarda ishtirok etish uchun zakalat miqdori qancha?

👉Ish haqidan qanday hollarda qancha miqdorda ushlab qolish mumkin?

👉Bog‘cha tarbiyachilari ham qo‘shimcha rag‘batlantiriladimi?

👉Maktab hududida o‘quvchilar uchun qanday talablar mavjud?

👉Daraxtlarni ekish va ko‘chirish qoidalari

👉Qanday turdagi sotib olingan nooziq-ovqat tovarlar qaytarib olinmaydi?

👉Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish

❗️Shu va shu kabi huquqiy tushuntirishlar bilan Lex.uz saytining Huquqiy tushuntirishlar bo'limi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach
#Qashqadaryo

Yosh shifokorlarning ustama pullari undirib berildi.

Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan uch nafar salohiyatli yosh shifokor adolat izlab, Dehqonobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi. Ular o‘z murojaatlarida, qonun bilan belgilangan maxsus ustamalar – yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar – ularga berilmayotganini ma’lum qilishdi.

Adliya bo‘limi bu murojaatni befarq qoldirmadi. Mavjud huquqiy asoslar sinchkovlik bilan o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasining bunday harakati noo‘rin va qonunga zid ekani aniqlandi. Natijada, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi. Biroq, birinchi instansiya sudi yosh shifokorlarning haqiqatga to‘la da’vosini rad etdi.

Shunga qaramay, adolat yo‘lida kurash to‘xtamadi. Dehqonobod tuman adliya bo‘limi ushbu masalada kassatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Va nihoyat, 2025-yil 28-may kuni Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan adolat qaror topdi – birinchi instansiya sudining asossiz qarori bekor qilinib, uch nafar salohiyatli yosh shifokorning foydasiga jami 22 million so‘m miqdoridagi maxsus ustama mablag‘larini undirish haqida qaror chiqarildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda

Farg'ona tumanidagi "Yangiyo'l" MFY binosida turli idoralar mutasaddilaridan iborat Ishchi guruhi a’zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

Tumanning turli MFYlarida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida adliya organi xodimlari tomonidan 15 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 10 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu tadbirda 35 nafardan ortiq fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM