ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Sirdaryo_viloyati

Mavsumiy ishchilarning mehnat huquqlari tiklandi

Xovos tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalarda mehnat qonunchiligiga rioya etilishi holatlari o‘rganildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan
#Navoiy_viloyati

📹 Mehnat shartlariga amal qilmaslik, ish samaradorligini pasayishiga, xodim va ish beruvchi o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shu nuqtada huquqlar himoyasi uchun tegishli organlar ko‘magiga ehtiyoj seziladi. Uchquduqlik Malika Xudoyberdiyeva tashkiloti tomonidan ish haqqiga ustama to'lanmaganligi vaj bilan adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 40 nafar xodimning buzilgan huquqlari tiklandi


Mingbuloq tumani adliya bo‘limiga 2025-yil 5-martda О'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 288-sonli buyrug`iga asosan umumtа'lim muassasalarining ba`zi boshqaruv va texnik xodimlari qisqartirilgan xodimlari tomonidan О'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan ishdan bo`shatish nafaqasi to‘lanmayotganligi yuzasidan bir nechta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarga asosan Mingbuloq tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 51 ta maktabda o`rganish olib borildi.

Batafsil shu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_viloyati

Axborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yoshga doir pensiya bilan bogʻliq 6 muhim savolga javob

Erkaklar 60 yoshga toʻlganda hamda ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladilar. Ayollar esa, 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda yoshga doir pensiya olishlari mumkin.


Batafsil 👉 shu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Xalqimiz orasida "Ismigul" qo'shig'i bilan tanilgan ijodkor O'ktam Hakimov mualliflik huquqlarini tiklab berishni so'rab Adliyaga murojaat qildi..

Аdliya vazirligi tomonidan ijodkor O'ktam Hakimovga tegishli "Ismigul" nomli musiqiy asar ijtimoiy tarmoqlarda "Nadyr" taxallusi bilan bilan tanilgan ijodkor Nodirbek Igamberdiyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.


⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Transport vositalari qiymatini baholashga oid yangi standart tasdiqlandi

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug'i (ro‘yxat raqami 3487-2, 2025-yil 5-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📄 Hujjat bilan 15-son “Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti va unga oid metodika tasdiqlandi.

🔹 Ushbu standart asosida transport vositalarining qiymatini baholash va ularga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashga doir talablar belgilandi.

🔹Shuning, quyidagilar baholanadi:
• yengil avtomobillar,
• yuk avtomobillari,
• avtobuslar,
• tirkamalar va yarim tirkamalar,
• maxsus texnikalar,
• qishloq xo‘jaligi va yo‘l-qurilish texnikalari,
• mototexnika (moped, skuter va boshqalar),
• velosipedlar.

📊 Baholash uslublari:
▪️ Qiyosiy yondashuv – o‘xshash transport vositalari qiymati bilan solishtirish orqali;
▪️ Daromad yondashuvi – tijorat maqsadlarida foydalanilayotgan vositalar bo‘yicha kelajakdagi daromadlar asosida;
▪️ Xarajat yondashuvi – tiklash yoki almashtirish xarajatlari asosida, eskirish darajasini inobatga olgan holda.

🚗 Shuningdek, ushbu standartda shikastlangan transport vositalari qiymatini aniqlash va zarar miqdorini hisoblash tartibi ham belgilab berilgan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

✔️Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo'lgan yolg'iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to'lgunigacha maktabgacha ta'lim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan BHMning bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam beriladi.

📢 Bunda agar bolalar egizak bo'lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach

Mehnat haqi kechikdi, lekin adolat kechikmadi

Sayxunobod tuman adliya bo‘limiga fuqaro I. B. murojaat qilib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng hisob-kitob to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmayotganidan shikoyat qildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"E-huquqshunos" elektron tizimini yanada takomillashtirish masalasi ko'rib chiqildi.

Adliya vazirligi tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimiga innovatsiyalar joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda, Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "Unicon-soft" kompaniyasi mas'ul xodimlari ishtirokida "E-huququshunos" elektron tizimiga innovatsiyalarni joriy etish, vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyani kengaytirish strategiyasi ishchi tartibda ko'rib chiqildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "E-huquqshunos" elektron tizimi hamda "xarid.uzex.uz" portali o'rtasida hujjat aylanishning biznes-protsessi ishlab chiqilib, Maktabgacha va maktab bo'limlari tomonidan autsorsing shartnomalarini tuzish bilan bog'liq barcha jarayonlarni yaxlit konsepsiya asosida tashkil etishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali hujjat loyihalarini paket usulida ishlab chiqish hamda konstruktor funksiyasini joriy etish mexanizmi hamda muddatlari ishchi tartibda belgilab olindi.

Sohani takomillashtirish bo'yicha ishlar davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🟢 Mediatsiya institutini takomillashtirishga doir qonun loyihasi qabul qilindi

Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qabul qilindi.

🔹Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, Oila kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni, Soliq kodeksi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

▪️mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilmoqda;
▪️mediatorga doir talablarni qayta ko‘rib chiqilib, mediatorlarning noprofessional turi chiqarib tashlanmoqda va mediatorlarga oliy ma’lumotli bo‘lish talabi qo‘yilmoqda;
▪️notariuslarga “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan barcha turdagi sohalar bo‘yicha mediator vazifasini amalga oshirish vakolati berilmoqda;
▪️mediatorlarning malakasini oshirish talabi belgilanmoqda;
▪️mediatorlarning malaka komissiyalari tashkil etilishi nazarda tutilmoqda;
▪️mediativ kelishuvni majburiy ijro etishga oid qoidalar kiritilib, mediativ kelishuvlar sud tomonidan ijro varaqasi berilgandan so‘ng majburiy ijro etilishi lozimligi belgilanmoqda.


Mazkur qonun loyihasining qabul qilinish nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining amaliyotda samarali ishlashini ta’minlashga, jismoniy va yuridik shaxslarning nizolarini sudga qadar oson va tezkor hal etilishini ta’minlashga, sudlarda ish yuklamasini kamaytirishga va O‘zbekistoning biznes yuritish va investitsion imijini xalqaro darajada ko‘tarilishiga erishishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Yuridik kasbga ilk qadam!

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga imtihon (suhbat) jarayonlari boshlandi.

🗣 Suhbat davomida talabgorlardan:
🔹 Yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi
🔹 Huquqiy bilimlar
🔹 Tahliliy fikrlash qobiliyati baholanmoqda.


📊 Baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Kamida 56 foiz natija to‘plagan nomzodlar o‘qishga tavsiya etiladi.

📈 Qabul jarayonida masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari uchun jami 820 nafar talabgor (shundan 783 nafari o‘zbek, 37 nafari rus guruhiga) hujjat topshirdi.

📍 Suhbatlar institut binosida o‘tkazilmoqda, natijalar institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_xabari

🔷Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi


Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda byudjet intizomini kuchaytirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Mazkur qonun loyihasi bilan endilikda doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlari nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tashkil etilishi, hakamlik sudyasi sifatida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus tayyorlov dasturi asosida o‘qitilgan shaxslar faoliyat yuritishi, shu jumladan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘tashi belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlarini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirishga, manfaatlar to‘qnashuvi va hakamlik sudlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishining oldini olishga hamda davlat budjeti mablag‘larining asossiz sarf qilinishiga barham berishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yilning 10-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida” va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
texnik reglamentlar hamda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan standartlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida 70 foizini o‘rnatilgan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslarni tegishli moliyaviy sanksiyalardan ozod qilish;

muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda muvofiqlikni baholash organi tovarning (ishning, xizmatning) sotuvchisi, tayyorlovchisi (ijrochisi) bilan bir qatorda yetkazilgan zararni qoplashda solidar javobgar bo‘lishini belgilash;

muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun muvofiqlikni baholash organiga nisbatan tegishli jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashda oqibat kelib chiqqanlik talabini chiqarib tashlash.


Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi iste’molchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish, tegishli talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan yuridik shaxslarni tegishli moliyaviy sanksiyalardan ozod qilish orqali sifatsiz va xavfli mahsulotlar realizatsiyasi va iste’molini cheklashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ortga qaytmas islohotlar | Samarqand viloyati Samarqand shahri

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_yangiliklari

🟢 MChJ to‘g‘risidagi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

2025-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.

📌 Mazkur hujjat Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy, bozorbop korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga xizmat qiladi.

Quyidagi asosiy o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda:

▪️ MChJlar endilikda litsenziyadan tashqari ruxsat etuvchi hujjatlar yoki xabardor qilish tartibida faoliyat yuritishi mumkin
▪️ Ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi
▪️ Filial, vakolatxona, sho‘ba va qaram xo‘jaliklar tashkil etish huquqi belgilanadi
▪️ Kuzatuv kengashi faoliyati va qarorlarni sirtdan ovoz berish orqali qabul qilish tartibi joriy etiladi
▪️ Fiduziar majburiyatlar, minortiar va majortiar ishtirokchilar huquqlari aniqlashtiriladi
▪️ Ichki va tashqi audit tartiblari takomillashtiriladi
▪️ Moliya hisobotlarini jamoatchilikka e’lon qilish bo‘yicha yangi qoidalar joriy qilinadi

📈 Qonunning qabul qilinishi ishtirokchilar huquqlarini himoyalash, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini keng joriy qilish va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot