ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Xalqaro ekspert ishtirokida kontrafaktga qarshi kurashish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

☑️Samarqand shahrida viloyat adliya boshqarmasi hamda Qozog‘iston Respublikasining “Schmitt & Orlov Intellectual Property” xalqaro yuridik kompaniyasi tomonidan “Taniqli brendlarning kontrafakt mahsulotlarini aniqlash amaliy tajribasi” mavzusida trening tashkil etildi.

📌 Tadbirda adliya, prokuratura, bojxona organlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔈 Seminar davomida R. Imangaliyeva tomonidan "Hugo Boss" brendi misolida kontrafakt mahsulotlarni aniqlash, asl mahsulotni kontrafakt mahsulotdan farqlab olishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda huquq egalari bilan o‘zaro ma’lumot almashish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari
#Toshkent_viloyati

Joriy yilning 4-iyun sanasida, Toshkent viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, sud hamda advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida viloyatda faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda advokatlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilib, kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlash to‘g‘risida kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida adliya organlari  faoliyati o‘rganildi.

Dastlab, viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan Davlat rahbarining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni va 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi.

Shuningdek, o‘rganishda asosiy e'tibor adliya bo’limlari, FHDY organlari, YXKM hamda DXMlarga tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, huquqiy mahalla doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa holatlar yuzasidan muloqot qilindi.

Xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularni rozi qilish masalalari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, mas'ullar tomonidan hududda huquqni qo'llash amaliyotidagi muammolar o'rganilib, kelgusida mazkur holatlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Samarqandda ochiq muloqot va hamkorlik

🏛 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazovning Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga tashrifi davomida tizim xodimlari bilan ochiq va samimiy muloqotlarga boy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Jumladan, tashrif Samarqand shahar va tuman adliya bo‘limlari, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Xodimlarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan masofaviy o‘quv kurslari, shuningdek, uzmarkaz.uz platformasining amaliyotda qo‘llanilishi yuzasidan fikr va mulohazalar o‘rganildi.

🔹 Shundan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, nazariya va amaliyotni o‘zaro uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

🔍 Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tashrif Institut bilan adliya organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistondagi NNTlarga xorijga chiqish haqida Adliyaga xabar berish majburiyati yuklandi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Adliya vazirligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

Avvalo, mazkur qoida yangidan joriy etilmagan, aksincha, amaldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida belgilangan.

Unga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkiloti uning vakillarining chet mamlakatlarga tashkilot faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilishi shart.

Adliya vazirligining buyrug‘i bilan ushbu xabardor qilish tartibi aniqlashtirilmoqda.

Ya'ni, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 26-maydagi 16-mh-son buyrug‘iga asosan NNT vakillarining xorijiy davlatlarga NNT faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi rejalashtirilganda, ushbu tashkilot tegishli adliya organi elektron platforma orqali xabardor qilishi kerakligi belgilanmoqda va bu hech qanaqa qo‘shimcha majburiyat yuklamaydi.

Bu borada yagona tartibni joriy etilishi joylarda huquqni qo‘llash amaliyotini to‘g‘ri va bir xilda yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratadi.

Bundan tashqari, mazkur xabardor qilish jarayonlari Nodavlat notijorat tashkilotlarining e-ngo.uz elektron tizimida to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, tizim orqali nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida hamda vakillarining xorijiy davlatlarga ularning faoliyati bilan bog‘liq tashriflari yuzasidan xabardor qilish funksiyasi joriy etilgan.

Mazkur jarayonlar takomillashtirilishining eng asosiy jihati shundaki, xabarnomalar adliya organlari tomonidan faqatgina ma'lumot, umumlashtirish, statistik hisobini yuritish uchun qabul qilinadi.

Shu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlarining adliya organlariga kelib tushgan xorijiy davlatlarga ularning faoliyati bilan bog‘liq tashriflari yuzasidan xabarnomalar rad etilmaydi va tashkilot vakillarining xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga chiqishini cheklashga asos bo‘lmaydi.

Vazirlik ommaviy axborot vositalaridan bunday holatlarning noto‘g‘ri talqin qilinmasligini so‘rab qoladi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Xalqaro ekspert ishtirokida kontrafaktga qarshi kurashish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

☑️Joriy yilning 5-iyun kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda Qozog‘iston Respublikasining “Schmitt & Orlov” xalqaro yuridik kompaniyasi tomonidan “Taniqli brendlarning kontrafakt mahsulotlarini aniqlash amaliy tajribasi” mavzusida trening tashkil etildi.

📌 Tadbirda adliya, prokuratura, bojxona organlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔈 Seminar davomida “Schmitt & Orlov” xalqaro yuridik kompaniyasi vakili R. Imangaliyeva tomonidan kontrafakt mahsulotlarni aniqlash, asl mahsulotni kontrafakt mahsulotdan farqlab olishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda huquq egalari bilan o‘zaro ma’lumot almashish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM