#Sud_ekspertizasi
❗️Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
📆 2025-yil 27-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, sohada olib borilayotgan islohotlar, o‘tgan davrdagi natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
🗣 Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Kengash raisi J. Nuritdinov sud ekspertizasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.
📌 Yig‘ilishda quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi:
– Sud ekspertizasiga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha tahliliy ma’lumot;
– “Raqamli sud ekspertiza va raqamli kriminalistika” uslubiy tavsiyasi;
– “12.00.09” ixtisosligi bo‘yicha PhD mavzular ro‘yxati;
– Qalbaki hujjatlar va pul belgilari bo‘yicha himoya elementlarini imitatsiya qilish usullari.
✅ Tadbir so‘ngida fikr almashinuvi, savol-javoblar va muhim takliflar bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Intellektual_mulk
❗️BIMT Bosh direktori Daren Tang TDYUda talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
📍 Toshkent davlat yuridik universitetida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktori Daren Tang yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda BIMTning “Ayollar uchun intellektual mulk” loyihasi doirasidagi mahalliy ishtirokchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🧠 Uchrashuv davomida intellektual mulk sohasidagi dolzarb yo‘nalishlar, ayniqsa ayollar faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.
👩🔬 Tadbir ayollarni ilm-fan, innovatsiya va ijodkorlik sohalarida rag‘batlantirish, shuningdek, yoshlarning intellektual mulk sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.

#Xalqaro_hamkorlik
🤝 Adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov OECD vakili T. Teplova bilan uchrashdi
📅 2025-yil 27-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov OECD Davlat boshqaruvi direksiyasi bo‘lim boshlig‘i va katta maslahatchisi Tatyana Teplovani qabul qildi.
📌 Uchrashuvda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “aqlli tartibga solish” (TSTB) tizimi, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” chatbot, bepul yuridik yordam va notarial harakatlarni masofadan amalga oshirish kabi innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
🧠 T. Teplova qonunchilikni baholash instituti tashkil etilganini yuqori baholab, “inson manfaatlariga yo‘naltirilgan adliya” tamoyillari muhimligini ta’kidladi va OECD bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi.
✈️ Shuningdek, O‘zbekiston vakillarini Ispaniyada o‘tadigan xalqaro forumga taklif qildi.

🇺🇿 Jizzaxda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi tashabbus
📽 So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni jinoyatchilikdan himoya qilish, shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy tarbiyani mustahkamlashga qaratilgan “Soyalar” nomli hujjatli film yaratildi.
🎬 Bugun ushbu filmning premyerasi “Kiber arena” sport majmuasida 1000 dan ortiq yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
✅ Bunday tashabbuslar yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda va ularni jamiyatda faol pozitsiyaga ega bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Filmni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin👉🏻https://youtu.be/VfInfgzgu0A