ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

🤔Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi tomonidan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalarga adliya qadriyatlari, vazirlik tizimi, adliya organlariga ishga qabul qilish tartiblari, mehnat shartnomasini tuzishgacha bo‘lgan jarayonlar va yangi xodimlar uchun adaptatsiya bosqichi haqida batafsil ma’lumot berildi.


🤔Shuningdek, talabalar vazirlik tizimidagi islohotlar va zamonaviy kadrlar siyosati haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Sohaga oid qiziqarli statistik ma’lumotlar esa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🤔Eng faol qatnashchilar vazirlikning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🤔Uchrashuv samimiy, mazmunli va interaktiv ruhda o‘tdi. Bunday muloqotlar yosh huquqshunoslar uchun kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Bugun, 23-may kuni AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda “Shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berildi.

👉Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining o‘rni” mavzusida o'quv seminar tashkil etildi.

Tadbirda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishdagi normalar, xususan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartiblarni qo‘llashga doir tavsiyalarga qaratildi. “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestri” haqida ma'lumotlar berildi.

Mazkur reyestrga kiritilgan huquq egasi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turishda choralar ko‘rilishi bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. Bojxona nazoratida huquq egasi tomonidan kontrafakt deb ko‘rsatilgan tovarlar aniqlansa, bunday tovarlarning chiqarilishi to‘xtatiladi.


Shuningdek, seminarda bojxona xodimlariga kontrafakt mahsulotlar tushunchasi, kontrafakt va asl mahsulotni farqlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, ularning realizatsiyasini oldini olish va shu kabi mavzularda tushunchalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilarning malakasi oshirildi.


🤔Hududiy adliya organlarining yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilari uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetdi.

🤔Shu munosabati bilan tinglovchilarga sertifikat topshirish tadbirida Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.

🤔Tadbirda so'z olganlar malaka oshirish kurslari sohadagi zamonaviy tendensiyalar hamda muammoni hal qilish (problem-solving) metodi asosida ishlab chiqilganligi, bunda tinglovchilarning kasbiy kompetensiyani rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanganligini ta'kidladi.

🤔Tadbir so'nggida tinglovchilarga malaka oshirganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinmoqda.

"55 yildan buyon O'zbekiston Respublikasida yashayman. Biroq shu kunga qadar birorta shaxsimni tasdiqlovchi hujjatim yo'q edi. Adliya vakillari menga yordam berishdi, endi meni o'z hujjatlarim bor, ularga rahmat!" — fuqaro.


Batafsil yuqoridagi 👆ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.


Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23-may kuni Marg'ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning notariat, davlat xizmatlari, kadastr, aliment, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik va boshqa shu kabi masalalar bilan bogʻliq murojaatlari qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM