#Adliya_xabari
Qo'qon shahri va Rishton tumanida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
✅ Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tuman adliya bo‘limining huquqiy axborotni tarqatish yo‘nalishidagi faoliyati o‘rganilib, aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari, hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, mas’ullar O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limida elektron tizim orqali bo‘limga kelib tushayotgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali “Online-mahalla” platformasiga yuborilayotgan huquqiy targ‘ibot materiallari bilan tanishish holatini o‘rgandi.
✅ Bundan tashqari, "Mahalla yettiligi", shuningdek, "Mahalla huquqshunosi" loyihasi asosida mahalla raislarining huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularga o‘z faoliyatlariga oid normativ-hujjatlarni qo‘llash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Adliya bo‘limi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qo'qon shahri va Rishton tumanida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati
✅ Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar.
✅ Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Andijon_viloyati
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o'rinbosari xizmat safari bilan Oqoltin va Sardoba tumanlarida bo'ldi.
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlariga xizmat safari davomida mahallalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hamda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Tashrif chog‘ida “Mahalla yettiligi” a'zolari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida suhbatlar tashkil etilib, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✅ Sh.Rabiyev, shuningdek, Oqoltin tumanidagi “Indorama” va “Agro klaster” MChJlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona rahbarlari va hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, mavjud qonunchilikdagi imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolar o‘rganilib, sohaga oid taklif va fikrlar tinglandi hamda zarur tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o'rinbosari xizmat safari bilan Oqoltin va Sardoba tumanlarida bo'ldi.
Shuningdek, dastur doirasida tasdiqlangan Yo‘l xaritasining ijrosi monitoring qilinib, mavjud imkoniyatlardan foydalanib aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi orqali huquqiy yordamni kuchaytirish va “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
✅ Xususan, vazir o‘rinbosari Sirdaryo tumanidagi eng yirik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Sirdaryo Mega Luks” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda metall konstruksiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Wangda group” qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
✅ Shuningdek, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berildi.
✅ Bundan tashqari, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi hamda faoliyatda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM