ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflik_huquqi

Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

🤔Аdliya vazirligi tomonidan farg'onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.


🤔Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Dilmax", "ProFood", "Glory kids" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yilning 1-choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari ko'rsatish, murojaatlar bilan ishlash, huquqiy axborotni tarqatish va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi. Xususan, tizimda faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlarining (KPI) joriy qilinganligi natijasida:

408 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, qonun hujjati loyihasining huquqiy ekspertiza muddati 10 kundan 7 kunga, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ekspertizasi esa 30 kundan 15 kunga qisqardi;

– davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlar soni 28 taga ko'payib, ularning jami soni 437 taga yetkazildi, 122 ta xizmat tartib-taomillari, 30 ta xizmat “3 qadam” va “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyili asosida soddalashtirildi;

– ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyekti soni 14 mingtadan 21 mingtaga, advokat soni 5 314 nafardan 6 450 nafarga (advokatlik litsenziyasi soni esa 84 foizga) hamda onlayn notarial harakat soni 113 tadan 74,7 mingtaga oshdi.

“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 635 mingdan ortiq huquqiy muammolari qabul qilinib, shundan 320 mingdan yoki 50 foizdan ortig‘i hal etildi;

166 ming nafar fuqaroga birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi, shuningdek joylarda 355 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yig'ilish yakunida adliya organlari va muassasalari oldiga qo'yilgan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach

Sport maktabi tibbiyot xodimlariga ustama haqlari to'lab beriladigan bo'ldi


Sardoba tumanidagi sport maktabida hamshira bo‘lib ishlab kelayotgan I.A sport maktabi tomonidan ustama pullari to‘lab berilmaganligi yuzasidan Sardoba tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat Adliya bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqildi.

O‘rganish natijasida, haqiqatdan ham, Sport maktabi tomonidan fuqaro I. A. ga 2025-yilning yanvar, fevral va mart oylarida toʻlanishi kerak boʻlgan ustama pullari Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 211-son qaroriga zid ravishda to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.


Shunga koʻra, Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro I.Aning manfaatida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudiga kiritilgan ariza qanoatlantirilib, Sardoba tuman sport maktabi zimmasiga I.Aga jami 5 014 075 so‘m miqdoridagi ustama pullarini toʻlab berish majburiyati yuklatildi.

Xuddi shuningdek, Adliya boʻlimi tomonidan mazkur muassasa tomonidan tibbiyot xodimlari F.U, Sh.Y va S.Dlarga ham yanvar, fevral va mart oylari uchun ustama haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, sudga kiritilgan ariza qanoatlantirildi va F.Uga 16 547 341 soʻm, Sh.Yga 10 028 150 so‘m, S.Dga 14 680 874 so‘m miqdorida ustama haqlari va kompensatsiya to‘lab berilishi yuzasidan sud buyrug'i chiqarildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

🎹Madaniyat - 128 ta.
📜Yer va ko'chmas mulk - 73 ta.
📲Aloqa va axborot - 270 ta.
🧩Standartlashtirish - 127 ta.


🧾Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9- noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.

🏛Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 35 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢Shundan, 21 mingdan ortiq majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ma’lumki, Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan maqsad:

▪️mahallada qonun ustuvorligini ta’minlash;
▪️fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash hal etish;
▪️aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish;
▪️“Mahalla yettiligi” faoliyatini metodik jihatdan ta’minlash;
▪️Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash;
▪️huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilik darajasini kamaytirish va shu kabilar hisoblanadi.


Qashqadaryo viloyatida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yuqoridagi videoda tanishishingiz mumkin.👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugungi kunda, siz, quyidagi elektron tizimlar (sahifalar) orqali o'z huquqiy bilimlaringizni boyitib borishingiz va huquqiy yordam olishingiz mumkin.


https://lex.uz - o'zingizga kerakli bo'lgan qonunchilik ma'lumotlari, huquqiy tushuntirishlar va qo'llanmalar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin.

https://t.me/huquqiyaxborot - qonunchilikdagi yangiliklardan oson, sodda va xalqchil tilda tanishib borishingiz mumkin.

https://huquqiyportal.uz - o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob va bepul huquqiy maslahatlar olishingiz mumkin.

https://test.adliya.uz - huquqiy bilimingizni sinovdan o'tkazib borishingiz mumkin.

https://kurslar.huquqiyportal.uz - mavzulashtirilgan kurslar orqali huquqiy bilimingizni bepul oshirib borishingiz mumkin.

https://advice.uz - kundalik hayotingizdagi huquqiy muammolarga amaliy misollar orqali yechim topishingiz mumkin.

https://b-advice.uz - o'z biznesingizni boshlamoqchimisiz, unda ushbu platforma sizga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi.

https://yurxizmat.uz - o'zingizga kerakli bo'lgan hujjat loyihalarini (ariza, da'vo ariza, buyruq, shartnoma va h.k) mustaqil tayyorlashingiz mumkin.

https://e-notarius.uz - o'zingiz istagan notariusni izlab topishingiz, shuningdek notarial harakatlar uchun qancha to'lov qilishingizni mustaqil bilib olishingiz mumkin.

https://e-advokat.uz - respublikaning istalgan hududidan o'zingizga kerakli bo'lgan advokatni topishingiz mumkin.

https://bolahuquqlari.uz - farzandingizning huquqiy savodxonligini bolalikdan boshlab oshirib borishingiz mumkin. Bolalar tilida huquqiy ma'lumotlar bazasi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Maʼlumki, joriy yil 18-aprelda Tadbirkorlik faoliyatini samarali qoʻllab-quvvatlash, ular uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ichki bozorda adolatli raqobat muhitini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-67–son Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonga muvofiq, jahon iqtisodiyotidagi keskin oʻzgarishlar, tashqi xatarlar va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni samarali qoʻllab-quvvatlash, ichki bozorda adolatli raqobat muhitini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan.


🔹Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Bojxona qoʻmitasida tadbirkorlar ishtirokida tovarlarga nisbatan talab etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlarini olish bilan bogʻliq jarayonlarda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.

🔹Yigʻilishda Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N.Musamuxamedov, qator mutasaddi tashkilotlar vakillari va hududiy bojxona boshqarmalari masʼullari ishtirok etishdi.

🔹Uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitilib, tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir yakunida tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan intellektual mulk sohasiga oid 2 ta qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.


Birinchi loyiha, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi bilan 4 ta Kodeksga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

mualliflik huquqi va turdosh huquqlarn buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirilmoqda;
seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda;
patentga oid (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug‘i) huquqbuzarliklar sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish ma’muriy jazo chorasi sifatida kiritilmoqda;
adliya organlarining kontrafakt tovarlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari kiritilmoqda;
muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilib, buzilishi javobgarlikka sabab bo‘ladigan intellektual mulk obyektlari doirasi kengaytirilmoqda;
intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini (tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunasi va boshqalarga doir huquqlar) buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;
tovar belgisi bo‘yicha ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar huquqbuzar hisobidan muomaladan olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishinazarda tutilmoqda.


Mazkur Qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni JSTning TRIPS bitimi asosiy talablariga uyg‘unlashtirish ishlarini samarali va tez fursatlarda to‘liq yakunlash, intellektual mulk sohasidagi javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali kontrafakt mahsulotlarning aylanmasiga chek qo‘yish va aholining, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk obyektlarini qonuniy foydalanish bo‘yicha mas’uliyatini va davlatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi loyiha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi bilan intellektual mulk sohasiga oid 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida quyidagi masalalar ko‘zda tutilgan:

intellektual mulk obyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat bojini to‘lash uchun belgilangan 3 oylik muddat o‘tkazib yuborilganda, ushbu muddatni qo‘shimcha to‘lov evaziga (patent bojining 50 foizi) 6 oygacha uzaytirish;
seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talab etiladigan ayrim hujjatlarni (seleksiya yutug‘idan foydalanmaganligi to‘g‘risida deklaratsiya, sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati) bekor qilish;
sanoat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida talab qilinadigan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni bekor qilish;
EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish muddatini 10 kun etib belgilash;
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarini yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda avtomatik tarzda berish;
tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddatini 7 oydan 1 oyga qisqartirish;
intellektual mulk sohasiga oid ayrim qonun hujjatlaridagi ayrim tahririy jihatdan o‘zgartirishlar kiritish.


Mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va innovatsion yuksalishiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi intellektual mulk ekosistemasi shakllanishiga hamda intellektual faoliyat natijalari egalari va tadbirkorlik subyektlariga o‘z intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishda qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholiga davlat xizmatlaridan samarali va qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida mavjud muammolar yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda qonun buzilishi holatlarini oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot