ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎼 "Azizim" qo‘shig‘i muallifi Ali Niyazimbetov mualliflik huquqini tiklab berishni so'rab Adliyaga murojaat qildi....

🎙 Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda xalqimiz orasida "Azizim" qo‘shig‘i bilan tanilgan Ali Niyazimbetov o‘zi muallifligidagi “Azizim” nomli musiqiy asar uning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkor Manzura va Murodjon Yo'ldoshev ijrosidagi “Azizim” nomli musiqiy asar muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzar Murodjon Yo'ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida – 375 000 (uch yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida uch avlod uchrashuvi

2025-yil 8-may kuni Adliya vazirligida "9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Faxriylar - doim e'zozda" nomli uch avlod uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvda adliya tizimida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan faxriylar, bugungi kunda samarali xizmat qilayotgan mutaxassislar hamda sohaga endigina qadam qo'ygan yosh huquqshunoslar ishtirok etdi.

Tadbir davomida faxriylar vazirlikda ishlagan davrlaridan boy xotiralarni yodga olishdi, o'zlarining hayotiy tajribalarini hikoya qilishdi.

Ustoz faxriylar "Adliya kutubxonasi", "Adolat ayvoni" hamda "Adliya tarixiy muzeyi" bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbir yakunida faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar avlodlar o'rtasidagi uzviylikni ta'minlab, kasbga bo'lgan muhabbat va sadoqatni mustahkamlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Paxtaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qituvchilar va yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Farg'ona shahar FHDY bo'limining amaliy yordami bilan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida 1-guruh nogironligi bo'lgan 2016-yilda tug'ilgan E.A 9 yil deganda tug'ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo'ldi.

🖥 Jizzax viloyati: Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning “Saritepa” mahallasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.

🖥 Xorazm viloyati: “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 9 ta sayyor qabullar tashkil etilib, 357 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko'rsatildi.

🖥 Namangan viloyati: Yangi Namangan tumani FHDY bo'limi tomonidan bir oilaning bir necha yillardan buyon hujjatsiz yashab kelayotgan 5 nafar a’zosiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

🖥 Navoiy viloyati: Zarafshon shahar adliya bo’limi tomonidan Zarafshon shahar 21-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkilot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Yakkabog' tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Do'stlik" mahallasida "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.

🖥 Samarqand viloyati: Paxtachi tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Hayit Elbegi" mahallasida mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Gender tengligi va ayollarning saylovlardagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🖥 Toshkent shahri: Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Oltinko‘l", "Qorasuv" va "Sariko‘l" mahallalari yoshlari o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Tadbirkorlik subyektlariga o'z brendiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi
.

🔘Аdliya vazirligi va Qashqadaryo adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan qarshi kurashish va oʼz brendini yaratish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

🔘Xususan, Qashqadaryo viloyati Koʼkdala tumanidagi “Yettitom” kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi “Fazliddin Botirovich” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvida ishlatilayotgan “7 tom suvi” logotipini va Chiroqchi tumanida faoliyat koʼrsatuvchi “Chiroqchi buyursin tekstil” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak mahsulotlarida qoʼllanilayotgan logotipni tovar belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkazishning huquqiy asoslari batafsil tushuntirilib, talabnoma topshirishda amaliy yordam koʼrsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_tabrigi

❗️9-may — Xotira va Qadrlash kuni


Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o'zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko'taradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from Huquqiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️2025 йил учун хусусийлаштириш дастури белгиланди


Манба: ПФ-70-сон, 21.04.2025 йил.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarning muammolari ijobiy yechim topmoqda.

Xususan, adliya organlarining amaliy yordami bilan namanganlik onaxonning 57 yillik muammosi ijobiy yechim topdi.

Batafsil videoda👆👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Mualliflik_huquqi

Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

🤔Аdliya vazirligi tomonidan farg'onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.


🤔Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Dilmax", "ProFood", "Glory kids" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yilning 1-choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari ko'rsatish, murojaatlar bilan ishlash, huquqiy axborotni tarqatish va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi. Xususan, tizimda faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlarining (KPI) joriy qilinganligi natijasida:

408 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, qonun hujjati loyihasining huquqiy ekspertiza muddati 10 kundan 7 kunga, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ekspertizasi esa 30 kundan 15 kunga qisqardi;

– davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlar soni 28 taga ko'payib, ularning jami soni 437 taga yetkazildi, 122 ta xizmat tartib-taomillari, 30 ta xizmat “3 qadam” va “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyili asosida soddalashtirildi;

– ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyekti soni 14 mingtadan 21 mingtaga, advokat soni 5 314 nafardan 6 450 nafarga (advokatlik litsenziyasi soni esa 84 foizga) hamda onlayn notarial harakat soni 113 tadan 74,7 mingtaga oshdi.

“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 635 mingdan ortiq huquqiy muammolari qabul qilinib, shundan 320 mingdan yoki 50 foizdan ortig‘i hal etildi;

166 ming nafar fuqaroga birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi, shuningdek joylarda 355 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yig'ilish yakunida adliya organlari va muassasalari oldiga qo'yilgan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot