ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan birgalikda Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini masʼullarga yetkazish boʻyicha seminarlar oʻtkazildi.

Barcha tuman (shahar) hokimliklarida oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlarda hokim oʻrinbosarlari, tegishli davlat idoralari va tashkilotlarining masʼul rahbarlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Prezidentning farmonlari, qarorlari va topshiriqlariga oid huquqiy yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Oʻquv seminari yakunida oʻtkazilgan test sinovlari orqali tinglovchilarning huquqiy bilimlari baholandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida ta'lim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir marotaba toʻlov-kontrakti toʻlab beriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot 👉 infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibi takomillashtirilmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Vatanimiz sharafini dunyo arenalarida munosib tarzda himoya qilib kelayotgan 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindori, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibasi Svetlana Osipova hamda sportchilar Jasur Jaysunov va Ozoda Sobirjonova “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.


💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 12-martdagi 3-sonli majlis bayonnomasiga asosan notarius S.Ro‘ziyevga (litsenziya HZ-0008, 21.04.2020-yil) berilgan litsenziyaning amal qilishi 2025-yil 15-martdan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi, “Shuhrat” medali sohibi Ochilbek Matchanov “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshildi.

Ochilbek Matchanov Urganch shahar davlat xizmatlari markaziga koʻzida nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun chop etilgan kitoblarni topshirdi.

Butun respublika boʻylab Adliya vazirligining “Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda. Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. “Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.


Bu ijtimoiy loyiha, kitoblardan foydalanish bepul. Kitoblar soni ortib ketsa, kam taʼminlangan oilalarga ham sovgʻa qilamiz. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

💡 Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🚫Qonunchilikka ko‘ra, ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Farzandli boʻldim, farzandimga davlat qandaydir pul yoki nafaqa beradimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

📣 Adliya vazirligi daraxt ekish aksiyasiga taklif etadi!


Ertaga, 15-mart kuni Adliya vazirligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Nodavlat notijorat tashkilotlari bogʻi”ni barpo etish boʻyicha ekologik aksiya oʻtkazadi! Ushbu loyiha “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilmoqda.

Biz barcha faol fuqarolarni, NNT va OAV vakillarini, blogerlarni, yoshlarni mamlakatimizni koʻkalamzorlashtirish ishiga oʻz hissalarini qoʻshishga va bu ulkan ijtimoiy harakatning ishtirokchisi boʻlishga chorlaymiz! Bu — kunni foydali oʻtkazish, hamfikrlar davrasida boʻlib, ona yurtimiz obodonchiligiga hissa qoʻshish uchun ajoyib imkoniyatdir.

📍Qayerda? Toshkent viloyati, Ohangaron tumani (Moʻljal: “Shodmalik Ota” ziyoratgohi).

❗️Ishtirokchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar tashkil etiladi va ishtirokchilar daraxt ekish joyiga yetkazib qoʻyiladi.


Avtobuslar 15-mart kuni, 10:00 da “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi avtoturargohidan joʻnab ketadi.

🌿 Loyihaga qo‘shiling, birgalikda fuqarolik jamiyati va davlat hamkorligining ramzi boʻladigan yangi bogʻni barpo etamiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya koʻmagida tadbirkor foydasiga 440 mln soʻm undirib berildi


Uchtepa tumani adliya boʻlimiga “A” MCHJ tumanda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligidan norozi boʻlib, ushbu qarzdorliklarni undirib berishda amaliy yordam berishni soʻragan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 “Qonunlarga rioya qilaman!” eko-chellenjiga qoʻshiling!


Hurmatli yurtdoshlar!
Oʻzingizni qanchalik ekomadaniyatli sanaysiz?
Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlaysizmi yoki aksincha?
Bu borada huquq-majburiyatlaringizni qanchalik bilasiz?
Qonunlarga-chi, amal qilasizmi?

Unda albatta eko-chellenjda ishtirok eting!

Bu chellenj orqali biz:
✔️ Aholining qonunlarga amal qilishini qoʻllab-quvvatlaymiz;
✔️ Jamoat joylarida tozalikka rioya qilish madaniyatini targʻib qilamiz;
✔️ Ekologik ongni oshiramiz.

💡 Chellenjda ishtirok etish juda oddiy!
1️⃣Chiqindilarni belgilangan qutilarga tashlash yoki ortiqcha chiqindi chiqarmaslikka oid harakatlarni videoga yoki suratga oling;
2️⃣Uni ijtimoiy tarmoqlarga #OzodaYurt heshtegi bilan joylashtiring;
3️⃣ Xohlovchilar chellenjni davom ettirish uchun kamida 3 doʻstini belgilashi mumkin.

🗓 Eko-chellenj 2025-yil 15-martdan boshlanadi.

🎁 Eng kreativ va ommalashgan post egalari Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi!

📎Keling, birgalikda toza va ozoda muhit yaratamiz!

“Qonunlarga rioya qilaman!” – obod kelajak sari qadam!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston va Rossiya adliya vazirliklari oʻrtasida inson resurslarini boshqarish sohasida tajriba almashish boʻyicha muhim onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda ikki mamlakatning vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, samarali inson resurslari boshqarish usullarini oʻrganish va ilgʻor tajribalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot natijasida professional imkoniyatlarni oshirish va mutaxassislar bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqildi.

Bu kabi tashabbuslar, avvalo, davlat xizmatchilarining ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM