ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Bekobod shahrida bahor mavsumiga tayyorgarlik, mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha harakatlar va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari ishchi guruh bilan birgalikda Bekobod shahridagi mahallalarda bo’lib, fuqarolar, mahalla yettiligi va tadbirkorlik faoliyatini endi  boshlagan yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, sohaga oid qonunchilik haqida tegishli tushuntirishlar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Muslim shirinliklari", "Adiba", "Ofiyat Med" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Fargʻona viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida bir qator tadbirkorlar bilan uchrashdi.


Xususan, Qoʻqon shahridagi “Mikotaj Mursalin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada 40 turdagi chaqaloqlar kiyimlari ishlab chiqariladi va unda 100 nafardan ortiq ayollarning bandligi taʼminlangan.

Shuningdek, Muzraf Ikramov 2016-yilda tashkil etilgan “Shaffof metan sanoat” MCHJ Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda temir choksiz balonlarini ishlab chiqarish va gaz balon qurilmalariga ehtiyot qismlarini ishlab chiqariladi.

Adliya vaziri oʻrinbosari ushbu korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish jarayonida korxona masʼullariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirish berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka koʻra, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar oʻzlariga yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi da'vo ariza bilan sudga murojaat qilganda, davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz...? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

Ushbu savollarga jurnalist, prodyuser, “Sevimli” xususiy telekanali va “Qizil pomada” loyihalari asoschisi Amira Rashidova javob berdi.

Batafsil 👉 videoda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot 👉infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Seriyali obligatsiyalarni chiqarish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-11, 2025-yil 11-mart) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu hujjat bilan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, korporativ obligatsiyalar emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi oʻz kapitali miqdori doirasida chiqarilishi mumkinligi haqidagi talab ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

Shuningdek, korporativ obligatsiyalar oʻz kapitali miqdori doirasidan yuqori boʻlgan taqdirda, emitent ortiqcha boʻlgan summaga garov xati hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining banklarga nisbatan talab qilish huquqini taʼminot sifatida taqdim etishi mumkinligi belgilandi.

Bundan tashqari, emitent tomonidan seriyali obligatsiya dasturi asosida seriyali obligatsiyalarni chiqarish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi.

Bunda, obligatsiya dasturida:
emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi boʻyicha qabul qilingan qaror;
obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
obligatsiya dasturining amal qilish muddati (ikki yildan oshmasligi lozim);
obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Tadbirkorlar va fuqarolar haq-huquqlari adliya himoyasida

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalqaro ekspert ishtirokida kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida bugun, 12-mart kuni Adliya vazirligida Schmitt & Orlov intellektual mulkni himoya qilish tashkiloti xalqaro eksperti P. Medvedov tomonidan kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Tadbirda Intellektual mulk departamenti, onlayn tarzda bojxona, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda hududiy adliya organlari xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida P. Medvedov tomonidan alkogol mahsulotlari, ASICS, Gucci, Adidas, Calvin Klein, Hugo Boss, Swaroski kabi bir qator tovar belgilarining kontrafaktlarini aniqlash, asl mahsulotni kontrafakt mahsulotdan farqlab olishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar hamda huquq egalari bilan oʻzaro maʼlumot almashish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM