ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mutaxassis_sharhi

Haqorat va kamsitish: huquqiy javobgarlik va ijtimoiy oqibatlar

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-51-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov so‘zga chiqib, mazkur qonun loyihasining dolzarbligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shadigan hissasini, ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar, tadbirkorlik subyektlari va ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim rolini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, adliya vaziri o‘rinbosari yurtimizda tadbirkorlik faoliyatining kengayishi bilan birga intellektual mulk huquqlarini buzish holatlarining soni ortib borayotganligiga hamda amaldagi intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari Jahon savdo tashkilotining TRIPS bitimi talablariga uyg‘unlashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanligiga alohida urg‘u berdi.

Tadbirda deputatlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Madaniyat vazirligi, Raqobat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish agentligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari mazkur qonun loyihasi qabul qilinishining muhimligi va dolzarbligiga to‘xtalib, loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalari bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun loyihasi bilan intellektual mulk egalarining huquqlarini (tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunasi va boshqa huquqlar) buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda, intellektual mulk egalariga kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilishni talab etish huquqi berilmoqda, shuningdek, amaldagi ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy IV Respublika fotokoʻrgazmasi tashkil etildi.

Bugun 6-mart kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida "SPORT TARIXIDA MATONATLI AYOL SIYMOSI!" nomli IV Respublika fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

📍Fotoko‘rgazma 10-martgacha davom etadi.

Batafsil bu yerda👉 https://gov.uz/oz/archive/news/view/39176

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Yuridik_klinika

12 ballik tizim: haydovchilarni jilovlashmi yoki jazolash?

Jarima ballari aholi xavfsizligi uchun nima beradi? Radarlar asosida qo‘llaniladigan jarimalar ham o‘z kuchida qoladimi? Yo‘l bezoriligi o‘zi nima va unga nisbatan qanday javobgarlik bor? Yangi o‘zgarishlar korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarmaydimi?

Shu kabi dolzarb savolllarga IIV Yo‘l harakati xavfsizligi axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev “Yuridik klinika plyus”da javob berdi.

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/BswAx99pi5k

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida tadbirkorlik va infratuzilma masalalarini joylarga chiqqan holda o‘rgandi.

Xususan, Qarshi shahri “Otchopar” mahallasidagi yakka tartibdagi tadbirkor Dilshod Kichkinayevning issiqxonasida bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha mavjud muammo va masalalarini tinglab, qonuniy yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Alisher Karimov Qarshi tumanidagi “Taraqqiyot” MChJga qarashli issiqxonasidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Xizmat safari doirasida adliya vaziri o‘rinbosari Qarshi shahridagi “Kamandi” va “Otchopar” hamda Qarshi tumanidagi “Xilol” mahallalarida “yettilik” a’zolari hamda aholi bilan uchrashib, mavjud muammolar va ularning yechimi haqida suhbatlashdi.

Misol uchun, “Otchopar” mahallasida 1 883 ta xonadonlar bo‘lib, ishsizlar soni 71 nafarni tashkil qiladi. Mahallada 131 ta YTT mavjud, aholining asosiy daromad manbai tadbirkorlikdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Mazkur holatlar yuzasidan ishsizlikni bartaraf etish yuzasidan hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oilaviy zoʻravonlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosining monitoringi natijalari taqdimot qilindi

👉
Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Yaponiyada


Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekov rahbarligidagi vazirlik delegatsiyasi Tokio shahrida bo‘lib, Yaponiya Adliya vazirligi bilan norma ijodkorligi, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va oila reyestrini shakllantirish borasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Yaponiya adliya vaziri Suzuki Keysuki, vazir kotibiyati boshlig‘i Susumi Yoshiuki va departament rahbari Takeshi Masumoto hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasidagi “O‘zbekiston — Yaponiya strategik muloqoti” formatidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM