#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3608, 19.02.2025 y.).
Ushbu qoidalarda fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi belgilangan.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) veb-saytidagi “Davlat tanish belgilar, milliy gerblar va umumiy havo kemalar belgilari” roʻyxatida davlat tanish belgisi nazarda tutiladi.
Roʻyxat belgisining va davlat tanish belgisining oʻlchamlari
Har bir roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi guruhidagi harflar va raqamlar bir xil balandlikka ega boʻlishi kerak.
Havodan yengil havo kemalaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining qanotlaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisini qayd etish uchun qoʻllaniladigan harflar lotin alifbosining bosh harflaridan, raqamlar esa, arab raqamlaridan tashkil topadi. Harf va raqamlar bir xil oʻlchamda, naqshlarsiz boʻlishi lozim.
Fuqaro havo kemasining tashqi konstruksiyasi elementlariga boshqa belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qayd etiladi.
Bunda, ushbu belgilar fuqaro havo kemasining tashqi yuzasiga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi koʻrinishini yomonlashtirmaydigan tarzda qayd etiladi.
📌 Kanalga ulanish

Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, roʻyxat belgisi besh arab raqamlaridan (masalan, UK 32001) tashkil topadi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) veb-saytidagi “Davlat tanish belgilar, milliy gerblar va umumiy havo kemalar belgilari” roʻyxatida davlat tanish belgisi nazarda tutiladi.
Roʻyxat belgisining va davlat tanish belgisining oʻlchamlari
Har bir roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi guruhidagi harflar va raqamlar bir xil balandlikka ega boʻlishi kerak.
Havodan yengil havo kemalaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining qanotlaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisini qayd etish uchun qoʻllaniladigan harflar lotin alifbosining bosh harflaridan, raqamlar esa, arab raqamlaridan tashkil topadi. Harf va raqamlar bir xil oʻlchamda, naqshlarsiz boʻlishi lozim.
Fuqaro havo kemasining tashqi konstruksiyasi elementlariga boshqa belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qayd etiladi.
Bunda, ushbu belgilar fuqaro havo kemasining tashqi yuzasiga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi koʻrinishini yomonlashtirmaydigan tarzda qayd etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya
Adliya organlari va muassasalariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?
Ushbu savollarga tadbirkor, “Millat Umidi” universiteti, Edu-Action markazi, Kimyo.uz va Aroma AIR kabi loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov javob berdi.
Batafsil 👉 videoda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Shohruh Sirojov (Dj King Macarella):
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
📌 Kanalga ulanish
Shohruh Sirojov (Dj King Macarella):
“Ilhom, ragʻbat, bilim — bularning barchasini kitoblardan topish mumkin. “Ziyo ulash” esa bu boylikni boshqalar bilan baham koʻrish imkoniyati!”
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
Rahimjon Oxunjonovning yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilib, savdo obyektlari “snos”ga tushgan edi. Biroq fuqaro qonuniy toʻlanishi kerak boʻlgan kompensatsiyani ololmagan.
Ushbu muammo yuzasidan adliya organlariga murojaat qilgach, vaziyat sudga yoʻnaltirildi. Natija Rahimjon Ohunjonov foydasiga 218 mln soʻmdan ziyod pul mablagʻlari toʻlanishi belgilandi.

#Adliya_xabari
Sunʼiy intellektga asoslangan “Odil” chat-boti ishga tushirildi
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari boʻyicha “Odil” chat-boti yaratildi. Telegram messenjeriga integratsiyalashgan va sunʼiy intellektga asoslangan chat-bot fuqarolarga davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanishni osonlashtirish uchun yaratilgan.
Uning ishga tushirilishi “1148” ishonch telefoni operatorlari yukini sezilarli darajada kamaytirish va foydalanuvchilarning soʻrovlariga real vaqt rejimida tezkor javob berish imkonini yaratadi.
Chat-botning qanday imkoniyatlari bor?
▫️Davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar va jarayonlar haqida batafsil maʼlumotni taqdim etadi.
▫️Kerakli hujjatlar va arizalarni topishga yordamlashadi.
▫️Qaysi masala boʻyicha qayerga murojaat qilishni tushuntiradi.
Kelajakda chat-botning funksional imkoniyatlari va faoliyat doirasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Chat-botning afzalliklari
✔️ Oson va qulay — hujjatlarni varaqlab chiqish shart emas, barcha zarur maʼlumotlar bir joyda.
✔️ Tezkor va samarali — bot sizga kerakli maslahat va javoblarni bir zumda taqdim etadi.
✔️ Doimiy takomillashish — sunʼiy intellekt foydalanuvchilar taklif va fikrlari asosida rivojlanib boradi.
💡 Sizning fikringiz muhim!
Chat-botning yanada samarali ishlashi uchun sizning fikr va takliflaringiz juda muhim. Agar xato yoki kamchiliklarni uchratsangiz, ularni bartaraf etishda yordam bering!
Hoziroq sinab koʻring📎 @Odil_chat_bot
Maʼlumot uchun, ushbu chat-bot Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida yaratildi.
📌 Kanalga ulanish
Sunʼiy intellektga asoslangan “Odil” chat-boti ishga tushirildi
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari boʻyicha “Odil” chat-boti yaratildi. Telegram messenjeriga integratsiyalashgan va sunʼiy intellektga asoslangan chat-bot fuqarolarga davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanishni osonlashtirish uchun yaratilgan.
Uning ishga tushirilishi “1148” ishonch telefoni operatorlari yukini sezilarli darajada kamaytirish va foydalanuvchilarning soʻrovlariga real vaqt rejimida tezkor javob berish imkonini yaratadi.
❗️ Maʼlumot uchun, “1148” ishonch telefoni orqali 2024-yilda fuqarolarning 135 mingga yaqin qoʻngʻirogʻi qabul qilingan. Shundan qariyb 128 mingta murojaat yoki 95%i yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berilgan.
Chat-botning qanday imkoniyatlari bor?
▫️Davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar va jarayonlar haqida batafsil maʼlumotni taqdim etadi.
▫️Kerakli hujjatlar va arizalarni topishga yordamlashadi.
▫️Qaysi masala boʻyicha qayerga murojaat qilishni tushuntiradi.
Kelajakda chat-botning funksional imkoniyatlari va faoliyat doirasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Chat-botning afzalliklari
Chat-botning yanada samarali ishlashi uchun sizning fikr va takliflaringiz juda muhim. Agar xato yoki kamchiliklarni uchratsangiz, ularni bartaraf etishda yordam bering!
Hoziroq sinab koʻring
Maʼlumot uchun, ushbu chat-bot Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida yaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yuridik_klinika
Mehnat taʼtiliga chiqqan xodimlarga yakshanba uchun haq toʻlanmaydimi?
Ushbu savolga video orqali javob oling 👉 https://youtu.be/M5M1QUYt0gg

YouTube
Mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga yakshanba uchun haq to‘lanmaydimi?
Ushbu savolga video orqali javob oling!
Ушбу саволга видео орқали жавоб олинг!
Ушбу саволга видео орқали жавоб олинг!
#Adliya_xabari
“Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar oʻtkazildi
Qashqadaryo viloyatida Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev rahbarligidagi respublika ishchi guruhi va viloyat hokimi oʻrinbosari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari, ijro intizomiga masʼul xodimlari ishtirokida video-konferens-aloqa tarzda seminar tashkil etildi.
Seminarda oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni hal etish boʻyicha choralar muhokama qilinib, qabul qilinayotgan hujjatlar va topshiriqlar bajarilishining taʼsirchan tizimini yaratishda “Ijro.gov.uz” elektron tizimining ahamiyatini yanada oshirish masalalari va u bilan bogʻliq yangilik hamda oʻzgarishlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasi, Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi aʼzolari, Adliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti: qonunchilikni uygʻunlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbati davomida Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni va milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov tomonidan milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Xususan, 2024-yilda tovarlar va xizmatlar savdosi hamda intellektual mulk sohalaridagi barcha muhim yoʻnalishlarda qonunchilik hujjatlari qayta koʻrib chiqilganligi taʼkidlandi.
Soʻnggi ikki yil ichida JST qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida 40 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi orqali 100 dan ortiq hujjatlar uygʻunlashtirildi. Shuningdek, vazirlik tomonidan 2023 yil ikkinchi yarim yilligidan bugungi kunga qadar 1700 dan ortiq qonunchilik hujjatlari loyihalari JST bitimlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazildi va ularning 207 tasida aniqlangan nomuvofiqliklar boʻyicha xulosalar berildi.
Shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari va tamoyillariga muvofiqlashtirish doirasida 2025-yil uchun ustuvor vazifalar sifatida bir qator eng muhim qonunlarni, jumladan, “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Texnik tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Veterinariya toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”, shuningdek, antidemping, kompensatsiya, muhofaza choralari boʻyicha alohida qonunlarni qabul qilishni jadallashtirish belgilanganligi qayd etib oʻtildi.

Amaliy yordam davom etmoqda
Bugun vazirlik ishchi guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy tumanlari boʻlgan Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tuman adliya boʻlimlari hamda ularning tarkibiy tuzilmalari funksional faoliyati tahlil qilinib, xodimlar bilan muloqot oʻtkazildi.
Har bir xodim tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishishda muhim yoʻnalishlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Adliya vazirligi vakillari xalqaro mediatsiyani rivojlantirish sohasidagi konferensiyada ishtirok etdi
Adliya vazirligi vakillari 2025-yil 18-19-fevral kunlari Tokio shahrida oʻtkazilgan “Nizolarni muqobil hal etish: Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro mediatsiyani rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar. Tadbirda dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuridik mutaxassislar, mediatorlar, arbitrlar va davlat vakillari ishtirok etib, mediatsiya va arbitraj sohasidagi soʻnggi tendensiyalar, global amaliy yondashuvlar va muammolarni muhokama qildilar.
Maʼlumot uchun: Konferensiya Osiyo taraqqiyot banki (OTB), OTB instituti, BMTning Xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.
Konferensiyada ishtirokchilar nizolarni hal etishning muqobil usullari hisoblangan mediatsiya va arbitrajning samaradorligi haqida atroflicha fikr almashdilar. Xususan, Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi, BMTning Xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasining (UNCITRAL) Xalqaro tijorat mediatsiya toʻgʻrisidagi namunaviy qonuni hamda turli xil davlat vakillari oʻz tizimlarida mediatsiyaning tashkiliy-huquqiy tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Adliya vazirligi vakillari Oʻzbekistonda mediatsiya va arbitraj sohasida amalga oshirilgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot berib, Oʻzbekistonning ushbu sohada hamkorlikni mustahkamlash borasidagi intilishlarini taʼkidlab oʻtdilar.
Konferensiya tashkilotchilari va ishtirokchilar tomonidan kelgusida bunday tadbirlarning davom ettirilishi va bu sohada global hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.