ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Xususiy bogʻcha uchun toʻlangan toʻlovlardan daromad soligʻini qaytarib olish mumkinligi haqida bilarmidingiz?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish, ulardagi muammolarni aniqlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda joylardagi davlat xizmatlari markazlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Adliya vaziri oʻrinbosari SH.Rabiyev hamda vazirlik masʼullari ishtirokida Andijon viloyat adliya boshqarmasida 22 nafar tadbirkorlarning takliflari va muammolari oʻrganildi.

Tadbirkorlik faoliyatidagi soliq qonunchiligiga oid masalalar, jumladan yangi joriy etilgan soliq imtiyozlarini amaliyotda qoʻllanilishi, soliq hisobotlarini topshirishdagi muammolar, tadbirkorlik faoliyatni tugatish yoki vaqtincha faoliyatini toʻxtatib turishdagi muammoli masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 22-yanvar kuni Adliya vazirligida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatilishida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda 90 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish masalalariga bag'ishlangan seminarlar tashkil etildi

Adliya vazirligi “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini joylarda ijro etish va belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha saʼy-harakatlarini kuchaytirdi. Ushbu tashabbus doirasida vazirlik xodimlaridan iborat ishchi guruhlar barcha hududlarda qonun ijrosini oʻrgandi.

Asosiy eʼtibor qonunni amalga oshirishga masʼul davlat tuzilmalarini oʻqitishga qaratildi. Xizmat safarlari davomida mahalliy hokimiyat organlari va tashkilotlar xodimlari uchun maxsus seminarlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar qonunni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini tushuntirish, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlab borish, shu jumladan xatlov davomida toʻplangan maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, oʻrganish davomida hududlardagi xatlov jarayonlari bilan tanishildi. Xatlov jarayonlari tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshirish hamda qonunda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilish lozimligi yuzasidan tushuntirish berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2025-yil 22-yanvardagi 29-son qarori bilan qonunchilik hujjatlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda, qonunosti hujjatlari zaruratga ko‘ra ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ekspertiza tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalarining reyestrini yuritadi.

Ilmiy ekspertizada loyihaning nazariy va ilmiy asoslarga muvofiqligi, sohada mamlakatni rivojlantirish konsepsiya va strategiyalari, zamonaviy yondashuvlarga mosligi o‘rganiladi hamda loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha loyiha ilmiy asoslanganligi, yetarli darajada ilmiy asoslanmaganligi yoki ilmiy asoslanmaganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.

Ushbu xulosa loyihani Adliya vazirligi va qabul qiluvchi organlarga kiritishda ilova qilinishi shart.

Shuningdek, aholini oldindan xabardor qilish va jamoatchilik fikrini olish uchun vazirlik va idoralar o‘z ishlab chiqayotgan yoki ishlab chiqishni rejalashtirayotgan loyiha to‘g‘risida rasmiy veb-saytiga ma'lumot joylashtirib borishi shart. Ushbu ma'lumotda loyihaning mazmuni, taklif yuborish muddati va aloqa manzillari ko‘rsatiladi hamda kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalarini ham saytga yuklaydi.

Shu bilan birga, zarur hollarda bevosita manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar tashkil qilingan holda ko‘rib chiqiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Koʻp qavatli uyda turaman, tepamdagi qoʻshnilar doim shovqin qilishadi. Shovqin qilmanglar desam menga quloq solishmadi. Bu holatda kimga murojaat qilsam boʻladi? Ularga qanday javobgarlik bor?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM