ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3600, 2025-yil 17-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur Nizomda alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilangan.

Alohida dori vositalarining klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat olib boruvchi Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, ushbu hujjatga asosan quyidagi dori vositalari klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ–411-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda klinik tadqiqotlar va ishlab chiqarish sharoitlari “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” talablariga muvofiqligi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilmaydigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari;

b) mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan xavfsizligi va samaradorligi referens preparatdan qolishmasligi klinik oldi tadqiqotlarida isbotlangan tegishli jenerik dori vositalari va galen preparatlari;

d) bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqilgan, tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalari;

e) bioekvivalentligi biofarmasevtik klassifikatsion sistemaga asoslangan “bioveyver” usuli yordamida referens preparat bilan qiyoslangan holda isbotlangan bir taʼsir etuvchi moddaga ega boʻlgan, qattiq dori shakliga ega peroral qoʻllaniladigan jenerik dori preparatlari;

f) xavfsizligi va samaradorligi 20 yil va undan ortiq muddat davomida mahalliy va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqi talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan bir taʼsir etuvchi (monopreparat) moddaga ega boʻlgan hamda peroral va parenteral usullarda qoʻllaniladigan jenerik dori vositalari (insulin va uning analoglari hamda biosimilyarlar bundan mustasno).

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sugʻurtalovchilar reytingi yuritiladi

Adliya vazirligi tomonidan Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3601, 2025 yil 20-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizom bilan sugʻurtalovchi yoki qayta sugʻurtalovchilarning sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishi sifati boʻyicha reytingini aniqlash va yuritish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, sugʻurtalovchilar reytingi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi va rasmiy veb-saytida har oyning 10 sanasida yangilangan holda eʼlon qilib boriladi.

Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash uchun ularning faoliyati quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha baholanadi:
umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan sugʻurta daʼvolari soni;
sugʻurta tovonini (toʻlovini) toʻlash tan olingan sugʻurta daʼvolari umumiy soniga nisbatan oʻz vaqtida toʻlangan sugʻurta tovonlari (toʻlovlari) soni;
umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sugʻurta daʼvolarining nisbati;
sugʻurta turlari boʻyicha yigʻilgan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlarining nisbati (birlashtirilgan koeffitsiyent);
sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik normativi;
investitsiya faoliyati natijadorligi;
sugʻurta zaxiralari shakllantirilganligi;
sugʻurtalovchining filial (sotuv markaz)lari soni.

Baholash koʻrsatkichlari va unga berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sugʻurtalovchining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.

Reyting maʼlumotlari boʻyicha sugʻurtalovchining eʼtirozlari mavjud boʻlganda, oʻz shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organiga murojaat qiladi va uning murojaati besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Piyodalar va velosiped yoʻlkalari loyihalashga oid talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 327, 17.01.2025-y) hisobga olindi.

Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalarida shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda mintaqalarini (piyodalar va velosiped yoʻlkalari) loyihalashga oid talablar belgilangan.

Xususan, piyoda yoʻlkalarini loyihalashda quyidagi koʻrsatkichlarni inobatga olish kerak:
piyodalar harakati uchun qulaylik;
toʻsiqsiz harakatni taʼminlash;
yoʻlkaning tozaligi va xavfsizligi;
kommunal toʻsiqlar boʻlmasligi.

Shahar koʻcha-yoʻllarida piyodalar oʻtish joylarini loyihalashda piyodalar, nogironligi boʻlgan shaxslarning harakat xavfsizligi, harakat qulayligi, transport tizimini istiqbolli rivojlanishi hisobga olinishi lozim.

Bundan tashqari, velosiped yoʻlkalarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
velosiped yoʻlkasining rejasiga muvofiq boʻlishi;
rampalarning maksimal qiyaligi 80% dan oshmasligi;
maxsus yoʻl belgilariga muvofiq boʻlishi.

Shuningdek, velosiped yoʻlkasini tartibga solishda velosipedchilarni avtomobildan ajratish va velosipedda harakatlanish xavfsizligi hamda qulayligini oshirish hisobga olinishi zarur.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Talabaman, birinchi semestrda jami 50 soat dars qoldirib oʻqishga bormabman. Oʻqishimda kredit-modul tizimi joriy etilgan. Oʻquv boʻlimidagilarning menga aytishicha meni oʻqishdan chetlashtirishmoqchi ekan? Shu toʻgʻrimi? Talaba necha soat dars qoldirilsa oʻqishdan chetlashtiriladi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi

❗️Davlat dasturi loyihasidagi eng muhim choralarni oʻzida aks ettirgan infografik toʻplam taqdim qilindi

▫️Bu sizga tezkor tarzda kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini beradi. Infografik maʼlumotlar beshta ustuvor yoʻnalish kesimida 👉tayyorlangan.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni 📎uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda 📎regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

Fursat oz qoldi, tanishib, oʻz takliflaringizni qoldiring!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

⚡️ Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar hamda huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida);
🔹 @pravoinf (rus tilida);
🔹 @leginf (ingliz tilida);
🔹 @huqiqiymalimleme (qoraqalpoq tilida).

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

Ushbu savollarga tadbirkorlar, MFaktor loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar javob berdi. Batafsil 👉 videoda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyani_bilasizmi

Adliya vazirligida 30 taga yaqin boshqarmalar mavjud. Ular norma ijodkorligidan tortib huquqiy targʻibotgacha turli yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.

Bugungi videoda siz Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasining faoliyati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Videoni ko‘rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=mKkGerLWlLc

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligi Turkiya patent idorasi bilan hamkorlikda “Geografik koʻrsatkichlar tizimini rivojlantirishda Turkiya tajribasi” mavzusidagi uch kunlik seminarga start berdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Baliqchi tumani “Chinobod” MFY binosida  sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabullar davomida 60 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 30 tasi joyida hal etilgan holda huquqiy tushuntirish berildi. O‘rganib chiqish muddat talab etadigan 30 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM