ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi

Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.adliya.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.

Davlat dasturi loyihasi aholi tanishib chiqishi uchun qulay va ixcham shaklda tayyorlangan boʻlib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.

Bunda, loyihada atrof-muhitni muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar ham nazarda tutilgan.

🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz:
👉https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
👉https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarini aniqlash

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Ulugʻnor tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganilib, ijobiy hal qilinmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida loyiha kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Adliya vazirligida “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi ishtirokida loyiha kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish loyihaning 2024-yildagi asosiy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni muhokama qilish, loyiha tomonidan tashkillashtirilgan Ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha posterlar, fotosuratlar va qisqa video lavhalar tanlovining natijalarini eʼlon qilish hamda taqdirlash marosimini oʻtkazish, shuningdek, 2025-yil uchun ish rejani muhokama qilish va tasdiqlash maqsadida oʻtkazildi.

Tadbirni adliya vazirining oʻrinbosari, loyihaning milliy koordinatori Muzraf Ikramov ochib berib, 2024-yil davomida «Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash loyihasi doirasida koʻplab ishlar amalga oshirilganligi va ushbu ishlar bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishida, ushbu sohasida faoliyat olib boradigan NNTlar faoliyatiga koʻmaklashish orqali aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirdi.

Tadbirda BMT TD Oʻzbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi Ilkka Rayzanen kirish soʻzlari bilan ishtirok etib, BMT TD va Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashda ijobiy natija berayotganligi va kelgusida ushbu hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Tadbirda loyiha rahbari Azamat Salayev soʻzga chiqib, loyiha doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Loyihaning 2025-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, tanlov natijalari eʼlon qilinib, taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi vakillari Buxoro davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv "Vazir va yoshlar" uchrashuvi doirasida bo'lib o'tdi.

Ochiq muloqot formatida oʻtgan tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev, xususan, huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar, bu borada kelgusi rejalar bilan oʻrtoqlashib, yoshlarning kasbiy oʻsishi va ularning mamlakatimiz va adliya tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Vazir oʻrinbosari yoshlarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga va tashabbuslar bilan chiqishdan choʻchimaslikka undadi.

Talabalar kasbiy istiqbollari, amaliyot oʻtash va jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida savollar berishdi.

Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati bilan kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilinib, vazifa va rejalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

55 yoshli talabadan, Top-1000 talikkacha

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi

Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida, Adliya vazirligi 2025-yilda mazkur yoʻnalishda oʻz oldiga bir qancha maqsadlarni qoʻygan.

Xususan, Davlat dasturi loyihasida Qonunchilik harakatlari rejasi asosida eng muhim qonunlarni qabul qilishni jadallashtirish, shu jumladan, “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Texnik tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Mahsulot xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Veterinariya toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida, “Antidemping choralari toʻgʻrisida”, “Muhofaza choralari toʻgʻrisida” va “Kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida” kabi qonunlarni hamda texnik tartibga solish sohasini tubdan qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilmoqda.

Bu haqida batafsil 👉 mutaxassis sharhida


🗓 Eslatib oʻtamiz, Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi 2025-yil 22-yanvarga qadar davom etadi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz:
👉https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
👉https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Adliyada kimlar ishlaydi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi

13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilinadi


“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida, xususan, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda:

oʻz ahamiyatini yoʻqotgan yoki kam ahamiyatli 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish;
litsenziya va ruxsatnomalarni berishda talabgor talab va shartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlarini sunʼiy intellekt yordamida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar va inshootlarning loyihalarini kelishishni faqat elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali amalga oshirish;
davlat organlarining ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish vakolatini tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish va davlat organlarining shu sohadagi vakolatlarini bekor qilish.

Masalan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslashdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish kabi davlat xizmatlari.


🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichida gʻolib boʻldi

Joriy yilning 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlov Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi.

Uning asosiy maqsadi har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilgʻor tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etildi. Tanlov komissiyasi 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni aniqladi.

“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur”
nominatsiyasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Yuridik klinika” koʻrsatuvi gʻolib deb topildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

"Huquq taʼlimi" kanali huquqshunoslik fanlari oʻqituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni oʻzlashtirishga qiziquvchilar uchun platformadir.

Kanaldagi turli oʻquv materiallaridan
oʻqituvchilar darslarda foydalanishi;
oʻquvchilar oʻz bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.

Kanaldan nimalarni topasiz?

Video darslar: Tez va oson oʻzlashtirish uchun.
Taqdimotlar: Eng dolzarb va kerakli mavzularda.
Testlar: Oʻz bilimingizni tekshirib koʻrish uchun.
Infografikalar: Murakkab mavzularni osonlashtirib taqdim etamiz.

📎Kanaldan foydalanish orqali huquq taʼlimiga oid eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishingiz mumkin!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Sardoba tumanidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun adliya boʻlimida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

🖥 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Pastdargʻom tumani “Samarqand” mahallasida, Bulungʻur tumani “Kildon” mahallasida “Xizmatlar koʻrsatish kuni” tashkil etildi.

🖥 Xorazm viloyatida FHDY organlari xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.

🖥 Yangihayot tumanidagi “Yangi Darxon” mahallasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul oʻtkazildi.

🖥 Sergeli tumanidagi “Sultonobod” mahallasida hamda Bektemir tumanidagi “Oltintopgan” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabul oʻtkazildi.

🖥 Rishton tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Minor ” MFYda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi.

🖥 Qiziltepa tumani adliya boʻlimi hamda “Madad” NNT xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

🖥 Dangʻara tumani “Qora Mulla” MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

🖥 Zomin tumani “Navoiy”, “Qoʻshtol”, “Yoshlik” va “Peshagʻor” mahallalari aholisi uchun viloyat adliya boshqarmasi va tuman Xalq qabulxonasi bilan birgalikda ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3599, 17.01.2025 y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi belgilangan. Xususan, Reyestrni shakllantirish asoslari va murojaat qilish, reyestrni yuritish hamda insofsiz ijrochini reyestrdan chiqarish tartibiga oid qoidalar belgilanmoqda.

Davlat xaridlari sohasidagi ishtirokchi yoki ijrochini Reyestrga kiritish yuzasidan yozma yoki elektron shaklda davlat buyurtmachisi va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishadi.

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat boʻlib, unga:

xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi;

majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;

davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi;

sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

Maʼlumot uchun: “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 48-moddasiga muvofiq, insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ijrochining ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin emas, bu muddat tugaganidan keyin ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM