ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida NNT vakillari bilan uchrashdi

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda NNT vakillarining faoliyati, muammolari va ularning yechimlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga jamoat birlashmalarining oʻrni, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, aholining birlamchi huquq va erkinliklariga rioya etilishi, nikoh, oila va taraflarning majburiyatlari aytib oʻtildi.

Shu bilan birga aholiga sifatli yuridik va davlat xizmatlari koʻrsatilishi, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

💡Davlat xizmatlarini baholash uchun yangi imkoniyat

Fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasi va ularning qoʻshimcha fikr va eʼtirozlarini olishning yana bir muqobil vositasi ishga tushirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov vazirlikka otaliqqa biriktirilgan yoshlar, shuningdek, huquqshunoslik sohasida taʼlim olayotgan va kelajakda adliya sohasida ishlashga ishtiyoqi bor boʻlgan 150 nafardan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir davomida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkillashtirilib, adliya faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Azart oqibati” nomli film namoyish qilindi.

Tadbir soʻngida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻlladilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Chortoq tumanida “mahalla yettiligi” uchun mediatsiya boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar tashkil etildi

Chortoq tumani hokimligida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mediatsiyaning mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari” mavzusida mahalla raislari uchun seminar tashkil etildi.

Shuningdek, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida MFYlar ish faoliyatidagi hujjatlarni yuritish tartibi, murojaatlar bilan ishlash yuzasidan master-klass oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_savol

Sunʼiy intellekt kun sayin inson hayot tarzining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bu ketishda sunʼiy idrok yuristlarni ham oʻrnini egallashi mumkinmi?

Aynan shu savolga biz huquq sohasi vakillari: Adliya vazirligi xodimlari va TDYU talaba va pedagoglaridan javob oldik.

💡Adliya vazirligining navbatdagi loyihasi ertaga taqdimot qilinadi. Bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

💡Infokioskalardan foydalanish uchun videoqoʻllanma

Interaktiv infokioskalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish yanada tez, oson va qulay.

Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, viloyat hokimi Murodjon Azimov, hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, yoshlar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bino Adliya vazirligi mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida toʻliq kapital rekonstruksiya qilindi.

Mehmonlar oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, oʻquv xonalari, kutubxona, ovqatlanish hamda axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur oʻquv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda oʻz aksini topgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov hududiy adliya organlari faoliyatini oʻrganmoqda

Xususan, Toshkent viloyatidagi adliya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan aholining kundalik hayotida eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bu borada Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib sohadagi ustuvor vazifalar, xodimlarning xalqchil adliya tizimini yanada takomillashtirish borasidagi taklif va mulohazalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmat turlari va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari A.Karimov tuman FHDY boʻlimi arxiv faoliyati bilan ham tanishdi. Boʻlim tomonidan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv boʻlimining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holatini koʻzdan kechirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM