ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Vijdoningiz narxi qancha?


❗️9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlatyuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

⚠️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▪️avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▪️roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng profilingizdagi “Doʻstlarni taklif qilish” boʻlimida alohida maxsus kod va referalhavola taqdim etiladi.
▪️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▪️kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▪️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▪️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

🏆Gʻoliblarni aniqlash

26-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolibaniqlanadi.

Sovrinlar
▫️2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
▫️tanlov joriy yilning 25-dekabrigacha davom etadi.

Taqdirlash marosimi
▫️Gʻoliblar 30-dekabrgacha taqdirlanadi.

ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqtda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishdaqatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchiyoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 10-dekabr (1992-yil)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_xabari

Xabar berganimizdek, Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Oʻzbekiston” radiokanali bilan hamkorlikda huquqiy viktorina oʻtkazildi. Bugun ushbu viktorinada gʻolib boʻlganlar taqdirlandi.

1-oʻrinni Ibrohim Usmonov egalladi. Unga “Adolat” MHAMning “Inson va qonun” va “Huquq va burch” jurnaliga bir yillik elektron obunasi vaucheri topshirildi.
2-oʻrinni Jasur Mamatov egalladi. Unga “Adolat” MHAM tomonidan “10 ta muhim kitob” sovgʻa qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Adliya organlari tomonidan kontrafakt dori vositasini ishlab chiqarish toʻxtatildi

Adliya organlariga “ADAMED PHARMA S.A.” kompaniyasiga tegishli “BISEPTOL/БИСЕПТОЛ” tovar belgisining kontrafakti ishlab chiqarilayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushdi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida Namangan hududida faoliyat olib borayotgan “P.S” MChJ tomonidan “ADAMED PHARMA S.A.” kompaniyasiga tegishli “BISEPTOL/БИСЕПТОЛ” tovar belgisi bilan fonetik jihatdan isteʼmolchilarni adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan БЕСЕТОЛ nomli kontrafakt dori vositasini ishlab chiqarib, savdoga taklif etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan “P.S” MChJga nisbatan oʻzganing tovar belgisiga oʻxshash belgidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravar (37 mln 500 ming soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanildi va kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilishi toʻxtatildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, oʻzgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❓Huquqiy muammongiz bormi? Uni qanday hal etishni bilmayapsizmi? Bunda adliya organlari sizga yordam beradi.

Endilikda siz “Online mahalla” elektron platformasi orqali o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy masalalarga yechim topish bilan birgalikda buzilgan huquqlaringizni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3581, 2024 yil 10-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizomda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi belgilandi.

Markaziy bank banklarda likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelgan hollarda toʻlovlar uzluksizligi va bank tizimi barqarorligini taʼminlashda soʻnggi chora sifatida toʻlovga qobiliyatli va barqaror boʻlgan bankka maqbul aktivlar garovi asosida kredit taqdim etishi mumkin.

Kredit Markaziy bank tomonidan belgilangan limit doirasida ikki haftagacha boʻlgan muddatga likvidlilikni tiklash rejasi va pul oqimlari prognoziga asosan kunlik taqdim etib borish orqali ajratiladi. Mazkur ikki haftalik kredit bankning soʻrovnomasiga asosan toʻliq, qisman va (yoki) qoʻshimcha kredit taqdim etish orqali uch oygacha boʻlgan muddatga uzaytirib borilishi mumkin.

Bank kredit olish uchun likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi holatini batafsil asoslantirgan holda soʻrovnomani Markaziy bankka yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Markaziy bank bankning kredit olish boʻyicha soʻrovnomasini u kelib tushgan kundan boshlab 3 bank ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda kreditni ajratish yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Markaziy bank tomonidan bankka kreditni ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank bilan bank oʻrtasida qonunchilikda belgilangan tartibda kredit hamda garov shartnomalari rasmiylashtiriladi.

Kredit bank aktivlari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlishi shart.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Narkotiklar: Millat genofondiga tahdid!

Giyohvandlik insoniyatning nafaqat jismoniy balki ruhiy salomatligiga ham tahdid bo’lib qolmoqda. Bu vabo daxshati hoshiya bilmaydi, u jamiyat, millat, davlat chegaralarini kesib o’tib butun boshli insoniyat genofondiga jiddiy xavf solib kelmoqda.


🔥 “UNDOV” podkastning bu galgi sonida aynan mana shu mavzuda O’zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ul xodimi Shuhratjon G’ulomov yurtimizdagi mavjud vaziyat hamda muammoni bartaraf etish borasidagi fikrlarini bo’lishdi. Quyidagi linkni bosing va ushbu xavfga nisbatan immunitetingizni shakllantiring!

📹 Havola: https://youtu.be/3PcdX-y-dpA

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Adliya vazirligi tomonidan Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasi (roʻyxat raqami 3582, 2024-yil 10-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu metodikada Statistika agentligi tomonidan bir yillik statistika dasturining qiymatini hisoblash, statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash, bir yillik statistika dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilandi.

Statistika dasturining qiymati davlat statistika organlari hamda Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini saqlab turish xarajatlari summasini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.

Statistika dasturining qiymati Statistika agentligi tomonidan hisoblab chiqariladi hamda Statistika dasturida belgilanadi.

Statistika dasturi foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari asosida Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda har yili yakuniga qadar Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Statistika dasturida belgilangan va amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq toʻlash statistika ishlarini bajarishga shartnoma
va Statistika agentligi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligining “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi.

Mavzu — “Konstitutsiyada mehnat huquqi masalasi”.

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 Onlayn translyatsiya: https://www.youtube.com/watch?v=fGZ9JC31dwU

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek, ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha qoʻllanma.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

💡Energiya samaradorligi va tejamkorligi uchun muhim tavsiyalar

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlatyuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

⚠️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▪️avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▪️roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng profilingizdagi “Doʻstlarni taklif qilish” boʻlimida alohida maxsus kod va referalhavola taqdim etiladi.
▪️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▪️kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▪️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▪️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

🏆Gʻoliblarni aniqlash

26-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolibaniqlanadi.

Sovrinlar
▫️2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
▫️tanlov joriy yilning 25-dekabrigacha davom etadi.

Taqdirlash marosimi
▫️Gʻoliblar 30-dekabrgacha taqdirlanadi.

ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqtda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishdaqatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchiyoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Zarbdor”da navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi aholi muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi. Endilikda esa, mazkur muammolarni tegishliligi boʻyicha bartaraf etishga kirishildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Toshkent shahrining Olmazor tumani FHDY bo‘limi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz. 

Shu sababli FHDY bo‘limlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga  murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

💡 Elektr energiyasini tejash — undan oqilona foydalanish demakdir!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM