ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Energiya tejamkorligi va muqobil energiya resurslari

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=Wbwe9MSuAf4

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Adliya vaziri Akbar Toshqulov: Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun (OʻRQ-959-son, 10.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi

Unga koʻra, intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan tovon toʻlash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

Patent egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin.

Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi.

Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

⚠️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan homiladorlik va tugʻruq taʼtili uchun toʻlanishi lozim boʻlgan qoldiq summa — 5 161 000 soʻm miqdoridagi mablagʻ toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov “Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusidagi 4-xalqaro konferensiya doirasida Xalqaro notariuslar ittifoqi prezidenti Lionel Galliyez hamda Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari Orozbek Sidikov bilan uchrashdi.

Tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish energiya tizimining barqarorligini taʼminlaydi

Adliya vazirligida elektr energiyasi sarfini optimallashtirish orqali resurslarni iqtisod qilish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda onlayn ravishda hududiy adliya organlari vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga energiyadan oqilona foydalanishni taʼminlash, bu borada energiya tejamkor qurilmalarni oʻrnatishni qoʻllab-quvvatlash lozimligi tushuntirildi. Mavzuga oid taqdimotlar namoyish etildi.

Jumladan, tushlik vaqtida foydalanilmay ishlab turgan, lekin elektr tarmoqdan uzilmagan kompyuter jihozlarini 1 soatga oʻchirish orqali qancha elektr energiyasi va mablagʻlar tejab qolinishi, shuningdek, ushbu mablagʻlarni quyosh kollektorlarni sotib olish uchun yoʻnaltiriladigan boʻlsa, yanada koʻproq energiya resurslarini tejash mumkinligi haqida hisob-kitoblar keltirildi.

Masalan, oʻrtacha standart kompyuter bir soatda yuklamaga qarab taxminan 50—200 Vt elektr energiyasi sarflaydi. Shunday qilib, bir xodim tushlik tanaffusi paytida kompyuterni elektr tarmogʻidan oʻchirib qoʻysa, bir oy davomida 1,1 dan 4,2 kVt*soatgacha energiyani tejashi mumkin. Adliya organlari tizimi miqyosida bu sezilarli tejamkorlikka olib keladi.

Energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish tarmoqlarda yuklamalar ortib ketishining oldini olishga va barcha isteʼmolchilarni energiya bilan barqaror taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bir fuqaroga bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi

Manba: O‘RQ-953-son, 29.08.2024-y.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Samarqand notariat sohasidagi jahon yetakchilari uchrashuviga mezbonlik qildi

10 va 11-sentabr kunlari Samarqand yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida boʻldi.

Bu yerda huquq sohasidagi ikkita muhim voqea boʻlib oʻtdi: Xalqaro notariuslar ittifoqi Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusidagi 4-xalqaro konferensiya.

Tadbirlarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻulistondan yuzdan ortiq xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston notariat tizimi yutuqlarini xalqaro miqyosda namoyish etish uchun muhim maydon boʻldi. Notariatni modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini yaxshilash va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan islohotlar natijalari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish imkonini berdi.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qishloq shifokorlarining 136 mln soʻmlik ustama pullari undirib berildi


Qarshi tumani "Poshton" va "Hilol" OSHPda umumiy amaliyot shifokorlari tuman adliya boʻlimiga ustama pullari toʻlab berilmayotganligidan shikoyat qilib murojaat qilishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Chimboy va Taxtakoʻpir tumanlarida aholi va tadbirkorlar bilan muloqotlar oʻtkazdi hamda adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Chimboy tumanidagi hunarmand A.Turekeyevning qoʻl mehnati asosida yaratilgan qoraqalpoqlarning milliy qora uylarini qurish ustaxonasida boʻlib, tadbirkorning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammosini tingladi va masʼullarga oʻrganish yuzasidan shu yerning oʻzida tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oʻrganilib, xodimlarning ish faoliyatidagi muammo va takliflari muhokama qilindi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Chimboy tumani misolida tahlil qilinib, masʼullarga kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir oʻrinbosari xizmat safari davomida Taxtakoʻpir tumanining “Bel tou” OFY “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, “online mahalla” platformasida aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni hal etish yuzasidan oʻzining tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

"Xon atlas" festivali doirasida adliya xodimalari milliy liboslarda

Milliy liboslarda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur festival doirasida Adliya vazirligi va organlari xodimalari ishga rasmiy va odatiy kiyimda emas, balki milliy adras va atlas matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obyektiv

Tanish-bilish o‘tmaydi! Jarayon “O‘zbekkosmos” nazoratida

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan bino-inshootlarga mulk va ijara huquqini berish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Bu borada, “O‘zbekkosmos” agentligiga qanday vazifalar yuklatilyapti, muddatlar haqida nimalarni bilish kerak? Mulk yoki ijara huquqini e'tirof etishning avtomatlashgan tizimi, bir martalik to‘lovlar. «Obyektiv»ning tahliliy-huquqiy nigohi yangi qonunning bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qaratildi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/4UIV6kGwM0E?si=IAEKRhPZ7YFIJHtd

@adliyangiliklari