#Muhim
❗️ Soliq qoʻmitasi axborot tizimlarida profilaktika oʻtkazilishi sababli 30-avgust kuni soat 22:00 dan 3-sentabr kuni soat 18:00 gacha yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatish va elektron raqamli imzo berish xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kuzatiladi.
@adliyangiliklari
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Vazir o‘rinbosari Prezident qaror va farmonlarining Samarqand viloyatidagi ijrosini oʻrgandi
Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Samarqand viloyati yuridik texnikumi negizida tashkil etilgan Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseyida boʻldi.
Litsey yangi oʻquv yilida ilk bor 156 nafar oʻquvchini qabul qildi. Vazir oʻrinbosari bu yerdagi sharoitlarni, shu jumladan, oʻquv xonalari, yuridik klinika, oʻquvchilar turar joyi, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar koʻlamini koʻzdan kechirdi. Mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Kun davomida vazir oʻrinbosari Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida boʻlib, xizmat koʻrsatish sifati, jarayonni koʻzdan kechirdi. Ushbu markaz eng koʻp xizmat koʻrsatish boʻyicha viloyatda birinchilikda turadi. Mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, fuqarolar xizmatlardan qulay, soddalashtirilgan tartibda foydalanishlari uchun yangicha texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, Sh. Rabiyev Prezident qaror va farmonlarining viloyatdagi ijrosini oʻrgandi. Jumladan, kunning birinchi yarmida vazir oʻrinbosari Samarqand shahrining “Kimyogarlar” qoʻrgʻonida faoliyat yuritayotgan 50 oʻrinli asosan saraton kasalligining oxirgi, ogʻir bosqichini boshdan oʻtkazayotgan bemorlar davolanadigan viloyat hududlararo xospisga bordi. Ushbu maskan masʼullari bilan muloqotda boʻlib, “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori boʻyicha muassasada bemorlar uchun barcha belgilangan sharoitlar, imkoniyatlar yaratilganligini oʻrgandi.
Adliya vaziri oʻrinbosari “Oqdaryo” mahallasida boʻlib, “yettilik” bilan muloqot oʻtkazdi. Mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etish, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ayrim ishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha topshiriqlar, “fuqaro – mahalla – adliya” tamoyili asosidagi ishlarni yanada jonlantirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu
Paynetʼni sudga bermoqchiman — aktrisa Raʼno Shodiyeva
Ogʻir dardni yenggan oʻzbek Gunafshasi 3 yildan soʻng ilk bor intervyu berdi. U yana filmlarda koʻrinish beradimi? Aktrisa uning yuzidan noqonuniy foydalanayotgan tijoratchilarni nima uchun sudga bermoqchi? Turk ijodkorlarining shartnomasiga nega imzo qoʻymagan?
Ushbu savollarga “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida, ijodkor bilan eksklyuziv suhbatda javob olasiz.
Toʻliq video: 👉 https://youtu.be/Pcq6HAaexB4?si=6pu5zG0hD47M1Qni

#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2020-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
2024-yil 1-sentabr — yakshanba kuni respublika bo‘yicha ishlaydigan notariuslar ro‘yxati.
👉Batafsil
2024-yil 2-sentabr — dushanba kuni respublika bo‘yicha ishlaydigan notariuslar ro‘yxati.
👉Batafsil
2024-yil 3-sentabr — seshanba kuni respublika bo‘yicha ishlaydigan notariuslar ro‘yxati.
👉Batafsil
🌐 e-notarius.uz saytiga kiring va o‘zingizga qulay vaqtda, siz istagan notarius qabuliga yoziling.
_________
Список нотариусов, работающих в воскресенье, 1 сентября 2024 г.
👉Подробно
Список нотариусов, работающих в понедельник, 2 сентября 2024 г.
👉Подробно
Список нотариусов, работающих во вторник, 3 сентября 2024 г.
👉Подробно
🌐 Войдите на сайт e-notarius.uz и записывайтесь на прием к нотариусу в удобное для вас время.

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2021-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
"Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.
Umumta'lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo'yicha qayta tayyorlanadi.
Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.
2024/2025-o'quv yilidan umumta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” respublika ko'rik tanlovi o'tkaziladi.
“Huquq sinfi”ga o'quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari orasidan saralab olinadi.
2024/2025-o'quv yilidan boshlab “maktab — litsey — texnikum — universitet” uzluksiz ta'lim tizimi asosida akademik litseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar test sinovlarisiz to'g'ridan-to'g'ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.
@adliyangiliklari
❗️Maktablarda “Huquq sinflari” tashkil qilinadi

#Adliya_tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.
Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.
Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2022-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qoʻllash departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi, 1-darajali adliya maslahatchisi Nozimbek Rustambekov 2-sentabr kuni 50 yoshni qarshiladi. Adliya vazirligi oʻz ishiga sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Nozimbek Mansurbekovichni hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!
Nozimbek Mansurbekovich Adliya vazirligida mehnat faoliyatini 2019-yilda boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida 5 yildan buyon mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali aʼzosiga aylangan. Adliya vazirligiga qadar ham N. Rustambekov qariyb 20 yil huquq sohasida faoliyat yuritgan, shu jumladan, 10 yil prokuratura tizimida.
Adliya vazirligi jamoasi Nozimbek Mansurbekovichni yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sogʻlik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va masʼuliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Hurmat bilan,

Sud ekspertizasi sohasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya Osiyo sud ekspertiza tarmogʻining (AFSN) 16-yalpi yigʻilishida ishtirok etdi.
Tadbirda sud ekspertiza texnologiyalarning va ularning kelajakdagi oʻrni, sud-ekspertiza tadqiqotlarida giyohvand moddalarni tahlil qilish muammolari, DNK va inson huquqlari, Osiyo mamlakatlarida qonunchilik doirasida DNK maʼlumotlar bazalarini kengaytirish masalalari, sud ekspertizasida dalillar qiymatini baholash doirasi hamda AFSN tomonidan oʻtgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlari va mavjud muammolar boʻyicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, AFSN prezidentligiga Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Kimyo departamenti Sifat menejmenti va tadqiqot markazi rahbari Nor Aidora Binti Saedon xonim saylandi. Shuningdek, markazning xodim va ekspertlari AFSNning 9 ta ixtisoslashtirilgan ishchi guruhi va 1 ta qoʻmitasi tarkibiga kiritildi va tasdiqlandi.
Shuningdek, yigʻilish doirasida AFSN boshqaruv kengashi prezidenti, Filippin Milliy politsiyasi sud-ekspertiza guruhi (Philippine National Police Forensic Group) rahbari va boshqa bir qator xorijiy tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda sud ekspertizasi faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida axborot berilib, sud ekspertizasi muassasalari oʻrtasida sohada keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Maʼlumot uchun: AFSN 2008-yildan beri Osiyodagi sud ekspertiza olimlari uchun sohada ilgʻor xorijiy tajriba bilan almashish, sud ekspertiza fanini rivojlantirish, unda zamonaviy yondashuvlar va tadqiqotlarni hamda boshqa shu sohaga oid masalalarni muhokama qilishda xalqaro platforma sifatida xizmat qilib kelmoqda.