ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

📣 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul davom etmoqda!

Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.

Yuridik texnikumda eng zoʻr oʻqigan bitiruvchilar “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha universitetlarga suhbat asosida 2-kursdan oʻqishga kirishlari mumkin.

⏳Shoshiling! Imkoniyatni qoʻldan boy bermang

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2008-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartiblari joriy qilindi.

Manba: PF-111-son, 16.08.2024 y.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Nurota tumanida fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan qulayliklarni koʻzdan kechirdi


Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimovning Navoiy viloyatiga xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Nurota tumani boʻldi. Bu yerdagi “Gʻafur Gʻulom” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy taʼmiri, mehnat munosabatlari, nafaqa tayinlash, aliment undiruvi kabi masalalar murojaatlarning asosiy qismini tashkil etdi.

Bugungi kunda mahallada 3000 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Oilalar soni 686 tani tashkil etib, ulardan 168 tasi kam taʼminlanganlar roʻyxatiga kiritilgan. Boshqa hududlardagi kabi bu yerda ham adliya organlari va “mahalla yettiligi” hamkorligi tizimli yoʻlga qoʻyilgan.

Adliya vaziri oʻrinbosari Nurota tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Dastlab fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan qulayliklar koʻzdan kechirildi. Vazir oʻrinbosari bu yoʻnalishda markazga kelganlarning fikri bilan qiziqib, ular bilan muloqotda boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning oʻtgan davrida tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 15 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Shulardan eng koʻpi elektron imzo olish — 1752 ta, farzandini maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish — 871 tani tashkil etadi.

Xizmat safari doirasida A.Karimov Gʻozgʻon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning elektr energiyasi, konni auksionga chiqarish shartlarini yengillashtirish, muddatni qisqartirish, eksportchi korxonalar tomonidan ichki bozorga chiqarilayotgan mahsulotlarga qoʻshimcha qiymat soligʻi undiruvida imtiyozlar berish singari masalalar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berib oʻtdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Strategik islohotlar agentligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Polshada bo‘lib turibdi.

Xizmat safari davomida Polshaning strategik rejalashtirish sohasidagi ijobiy tajribasini o‘rganish rejalashtirilgan.

Delegatsiya tarkibida Adliya vazirligi vazir kotibiyati mudiri A.Sarabekov ishtirok etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 23-avgust kuni Oʻzbekiston va Ozarbayjon Davlatlararo oliy kengashining birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi tomonidan ham bir qator shartnomalar imzolandi.


Xususan, ikki davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
➖Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida 2024—2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
➖Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnomasi;
➖Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligining Sud-ekspertiza markazi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi maqsadlar bayonnomasi imzolandi.

Imzolangan hujjatlar doirasida ikki davlat oʻrtasida yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, sud-ekspertiza hamda davlat xizmatlarini rivojlantirish sohalarida hamkorlikda tadbirlarda tashkil etish nazarda tutilgan.

Foto: president.uz

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2009-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Korzinka.uz sudlandimi?

Britaniya do‘konlariga havas qilib ochilgan Korzinka.uz, uning bugun nechta do‘koni bor? Ishchilar maoshi qancha? Rostdan ham undagi mahsulotlar «Eng arzon narx»mi? Zafar Hoshimov raqobatdan qo‘rqadimi? Korzinka mahsulotlari qay darajada sifatli. «Qaroqchi»ning bu galgi sonida ayni shu savollarga javoblar yangradi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/NmfHF-7BF9Q?si=268o3aK1a2NeglxX

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qonunchilikning tartibga solish yuki kamaytiriladi hamda tartibga solish ta'sirini baholash qamrovi kengaytiriladi.

Manba: PF-111-son, 16.08.2024-y.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim

Ortiqcha
egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish asoslari qanday?

Batafsil javob 👉videoda

@adliyangiliklari
#Adliyada_hashar

Adliya organlari xodimlari xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi

Hashar mamlakatimizning qadimgi tarixga ega va eng olijanob milliy an'analaridan biridir.

Butun mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida e’lon qilingan umumxalq xayriya hasharida adliya organlari xodimlari ham faol qatnashib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jamoaviy birdamlik, o‘zaro hamjihatlik, ahilllik asosida tashkil etilgan xayrli tadbirda binolar hududi, xizmat xonalari ham tozalandi.

O‘tkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari