ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 7-avgust kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 22 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
▫️Madaminov Oyatilloxon Shaxobiddinovich;
▫️Raxmonov Xusniddin Abdishukurovich;

Jizzax viloyatidan:

▫️Rajabov Rabbim Onarboyevich;
▫️Habibullayeva Zarnigor Habibulla qizi;

Qashqadaryo viloyatidan:
▫️Sheraliyev Ilxom G‘ulomboyevich;

Samarqand viloyatidan:
▫️Jonuzokova Xabiba Amirkulovna;

Surxondaryo viloyatidan:
▫️Abramatov Uktam Toshtemir o‘g‘li;
▫️Allayarova Muattar Chariyarovna;

Toshkent shahridan:
▫️Xaydarova Dilbar To‘xtamurodovna;

Farg‘ona viloyatidan:
▫️Mirzayev Maqsadjon Muxammadali o‘g‘li;

Malaka imtihoni joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Multimedia markaziga yangi rahbar tayinlandi

Sevara Urinbayeva joriy yilning 1-avgust kunidan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining multimedia boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Urinbayeva Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Multimedia boʻlimi faoliyati aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirishga qaratilgan boʻlib, aholini qiynab kelayotgan huquqiy masalalar boʻyicha ishonchli va obyektiv axborot manbasi, eng asosiysi fuqarolar bilan samarali har tomonlama aloqa oʻrnatish mexanizmidir.

Multimedia boʻlimi huquqiy mavzularda audio va videokontentlar tayyorlab kelmoqda. Xususan, boʻlim tomonidan yoʼlga qoʻyilgan “Mahalla huquqshunosi”, “Huquqshunos oshxonasi”, “Isteʼmolchi advokati”, “Suhbatdosh”, “Tergovchi kundaligi” va boshqa bir qator loyihalar oʻz muxlislariga ega. Shuningdek, ijtimoiy roliklar, hayotiy hikoyalarga asoslangan syujetlar ham tayyorlanadi. Video mahsulotlar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib oʻringa ega.

Adliya vazirligi jamoasi S. Urinbayevani yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Norin tumanida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi.


Norin tumani 2-sektor shtabi binosida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi. Unda “Xoʻjaobod”, “Boyovul”, “Nurziyo” va “Rovot” MFYlarning fuqarolari ishtirok etdi. Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan sayyor qabul oʻtkazilib, qabulda 30 nafar fuqaro ishtirok etib, ularni 9 nafarining murojaati adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Shuningdek, tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan 60 ta xonadonga kirilib, ularning huquqiy muammolari oʻrganildi va oʻrganish davomida kadastr masalasiga doir 20 ta, FHDY masalasiga doir 13 ta va boshqa masalalarda 4 ta huquqiy muammolar aniqlandi. 12 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Shu kuni boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan otaliqqa olingan Norin tumanidagi 27-sonli umumtaʼlim maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, huquq sinfi uchun ajratilgan xonalarni jihozlash uchun tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga 191 mln soʻm undirib berildi

“Shohruh biznes taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari Koson tumani adliya boʻlimiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Samarqandda "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi boshlandi.

"Huquqiy targ‘ibot kuni" hamda Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustgacha e'lon qilingan "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi doirasida Samarqand tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi mas'ullari ishtirokida "Yangiariq" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda fuqarolardan, xususan, mahalla xotin-qizlaridan ko‘chmas mulk va meros, familiyani o‘zgartirish, sanatoriyaga yo‘llanma olish va boshqa masalalarga oid 15 ta murojaat qabul qilindi. Adliya mas'ullari 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berishdi, 8 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, mas'ullar qonunchilikdagi yangiliklar, "Mahalla yordami" telegram boti va uning afzalliklari, "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📊Eng koʻp foydali modellar yaratgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining TOP-10 talik reytingi (2020—2024-yy.) bilan tanishing

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Adliya kuni” navbahorda

“Adliya kuni” tadbirining aynan ushbu mahallada tashkil qilinishish aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, fuqarolarning yashash tarzi, muammo va rejalari bilan o‘rtoqlashish maqsadiga qaratildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari