ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim o‘rin tutmoqda.

Furqat tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli ham yana bir karra tasdiqladi.

Qabul jarayonida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning 25 ta turli mazmundagi murojaatlari tinglandi.

Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 8 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Nishon tumanida “Adliya kuni” oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Nishon tuman adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, DXM va FHDY xodimlari tomonidan tumandagi “Paxtazor” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

“Mahalla yettiligiga” qonunchilik hujjatlari mohiyati tushuntirildi va yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish maqsadida metodik yordam koʻrsatildi.

Aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlandi. Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatildi. Shuningdek, mahallada uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 7-avgust kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Paysalga solingan to'lov undirildi


Festival mehmonlariga 29 050 000 so‘mlik mehmonxona xizmatlari ko‘rsatilgan. Biroq ushbu mablag‘ to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiy shahridagi Ekobogʻda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

Bu manzil “Istiqlol” mahallasi hududiga toʻgʻri keladi. Navoiy shahrida bugungi kunda 161 ming aholi istiqomat qilmoqda. Mahallalar soni 36 ta. Shaharda fuqarolarning asosiy masalasi nafaqaga chiqish toʻlovlari, ish haqi, bandlik, subsidiya olish,kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq.

Sayyor qabul davomida ham mazkur yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlar, xususan meros masalalariga oid bir qator masalalar eʼtibor markazida boʻldi. Shu bilan bir qatorda, sayyor tartibda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Kontrafakt muzqaymoqlarning etiketkalari
yo‘q qilindi

Adliya vazirligiga “Group Lactalis” kompaniyasiga (Fransiya) tegishli bo‘lgan “Lactalis” tovar belgisidan “I.P.” MChJ huquq egasining roziligisiz foydalanilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, vazirlik tomonidan belgilangan tartibda “I.P.” MChJda tekshiruv o‘tkazilganda “Lactalis” tоvаr belgisiga o‘xshash bo‘lgan “Lactalis” belgisidan foydalangan holda kontrafakt mаhsulоt (muzqaymoq) ishlab chiqarilganligi va jamiyat omborxonasida kontrafakt mahsulotni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan 1200 kilogramm miqdordagi etiketka mavjudligi aniqlangan.

Ushbu etiketka o‘rovlari vazirlikning taqdimnomasiga asosan yo‘q qilinib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Xovos tumanidagi “Qahramon” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Nazarovning sayyor qabuli oʻtkazildi.

Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari koʻrib chiqildi. Besh nafar fuqarolarning murojaatlari joyida yechim topdi, 10 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolganlari ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. “Adliya kuni” doirasida aholining yashash sharoiti bilan joyiga chiqqan holda tanishish maqsadida mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolari masʼullar tomonidan oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

⚡️Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Samarqanddagi adliya organlarida bo‘ldi

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning Samarqand viloyatiga xizmat safari boshlandi. Dastlab vazir o‘rinbosari Samarqand shahar adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi. Tizim xodimlarining ish sharoitlari, jarayondagi muammolar va xizmatlar sifatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini o‘rgandi. Markazdagi  boshqa qulaylar samarasini ko‘zdan kechirdi.

Tizim mas'ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, tafsiyalarni berdi.

Bugungi kunda Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida “3 qadam” tamoyili joriy etilgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish maqsadida xizmatlar “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratilgan. Shuningdek, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish xizmatlari ham bir necha yildirki xalq xizmatida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan 6 oyida Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga jami 174 892 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib,  64 848 tasini onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlardir.

@adliyangiliklari