ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Toshkent shahri Adliya boshqarmasida intellektual mulk sohasiga oid muammolarni o‘rganish va ko‘maklashish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
 
Joriy yilning 16-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i N.Muxammadiyev hamda markazning tegishli mutaxassislari ishtirokida Toshkentda sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan o‘z ishlanmalariga oid mavjud muammolar bo‘yicha berilgan savollarga javoblar, qo‘shimcha tavsiya va maslahatlar berildi.

Sayyor qabulda, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasining mantiqiy davomida sifatida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazilmoqda.

📹 Tanlovning birinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) tafsilotlari.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

MANZILLI TARG'IBOT TADBIRLARI SAMARA BERMOQDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.

Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri oʻrinbosari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bo‘lim direktori bilan uchrashdi

 
Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov joriy yilning 16-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Oʻtish davri va rivojlangan mamlakatlar boʻlimi direktori Habip Asan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv 2024-yilning 9-17-iyul kunlari BIMTga aʼzo davlatlar Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari M.Ikramov mamlakatimizda so‘nggi yillarda intellektual mulk sohasida olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar hamda istiqbolli rejalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirishi jarayonlarida intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni JST talablari, xususan, Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari to‘g‘risidagi bitim (TRIPS) qoidalari bilan uyg‘unlashtirishishlarida BIMT tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun H.Asanga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

H.Asan Oʻzbekistonda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shilish va sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy saʼy-harakatlarni alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv soʻnggida M.Ikramov va H.Asan Oʻzbekiston va BIMT o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rejalar borasida fikr almashdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uning istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 15-iyul kuni adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirilgan tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri A.Bayetov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlikning bugungi holati, qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlarini ta’minlash, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma chora-tadbirlar doirasida erishilgan aniq natijalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Kosonsoyda “Adliya kuni” o’tkazildi

Aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish va muammolarini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida hududlarda “Adliya kuni” tadbilari o’tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda Kosonsoy tumani adliya bo’limi va daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi istirohat bog’ida sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Mazkur tadbirda “Gulobod”, “Navoiy”, “Sadi Sheroziy” hamda “Jomiy” mahallasi fuqarolari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori Daren Tang bilan uchrashdi


Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Bosh assambleyasi doirasida joriy yilning 16-iyul kuni BIMT bosh direktori D.Tang adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yuqori darajadagi uchrashuvda vazir o‘rinbosari mamlakatimizda intellektual mulk ekotizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilib kelinayotgan muhim islohotlar haqida, xususan, sohadagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilish, bojxona organlarining kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishdagi vakolatlarining kengaytirilganligi, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olishda rezident va norezidentlar uchun patent bojlarining birxillashtirilganligi, farmatsevtika sohasida klinik oldi va klinik tadqiqotlarni himoya qilish va ixtirolar bo‘yicha majburiy litsenziya berishning huquqiy asoslari yaratilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bosh direktor O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida kuzatilayotgan o‘zgarishlar unda katta taassurot qoldirayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Shu bilan birga, bosh direktor BIMT O‘zbekistonda yoshlarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirish, ayol tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash, intellektual mulk himoyasiga oid xalqaro hujjatlar va mavjud platformalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishbo‘yicha hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.

Shuningdek, bosh direktor O‘zbekistonda Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, BIMT ushbu jarayonlarda, jumladan, intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etishdayaqindan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning manfaatlari sudda himoya qilindi


Shartnomaga asosan “EASY TRANSPORT SOLUTION” MCHJ Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga avtotransport vositalari va mashina mexanizmlarini avtomobil yo‘llarini qurish uchun ta’mirlab berish majburiyatini olgan hamda ushbu xizmatlar o‘z vaqtida ko‘rsatilgan. Biroq unitar korxona tomonidan shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada bajarilmasdan, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xizmat haqi to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Farg‘ona shahrida “Adliya kuni” tadbirlari doirasida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq tashkilotlar ishtirok etdi. 

Qabul jarayonlarida viloyat adliya boshqarmasi vakillari tomonidan fuqarolarning  kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oylik ustama to‘lovlarni undirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, fuqarolik hujjatlarini qayta tiklash, o‘z-o‘zini band qilish kabi masalalar yuzasidan 40 dan ortiq murojaatlar tinglandi. 

29 ta murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 7 ta  murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Tadbir davomida 27 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari