#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Namangan viloyati yuridik texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Texnikumda yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, o'quv va “Idrok” intellektual xonalari, IT klub, yuridik klinika, sud zali, talabalar turar joyi, faollar zali, yozgi va qishki sport maydonlari, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar o'rganildi.
Yuridik klinika faoliyatiga alohida to'xtalib, kelgusida mazkur bo'limni yanada rivojlantirish maqsadida moddiy qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi.
Texnikum negizida tashkil etilayotgan akademik litsey faoliyati yuzasidan ham fikr-mulohazalar tinglandi. Xodimlar bilan suhbatlashish chog’ida mavjud muammo va kamchilik bartaraf etish lozimligi aytib o’tildi.
@adliyangiliklari

#Adliya_aralashgach
Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik fakti belgilandi
Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “O‘rikzor” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Shning O‘zbekiston hududida doimiy yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
👉Batafsil

#Adliya_brifing
Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notaruslar bilan muloqot o’tkazdi
Namangan viloyati yuridik texnikumi binosida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy kechgan muloqot davomida, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning sohani rivojlantishga doir taklif va mulohazalari tinglandi, ular duch kelayotgan muammolarga yechimlar berildi. Bunday davra suhbatlaridan maqsad notariat sohasini rivojlantirish, ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir.

#Adliya_hudud
PREZIDENT HUJJATLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27–28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan 22-sonli topshiriqlar bayoniga muvofiq Quva tumanida atirgulchilikni rivojlantirish hamda xorijda ishlab yurgan vatandoshlarimizning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tumandagi hosildorligi 30 sentnerdan past bo‘lgan, 210 gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirib, ularda eksportbop atirgul, meva-sabzavot ko‘chatchiligi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat hokimligining taklifi maʼqullangan edi.
Yerlarni xorijda ishlab yurgan vatandoshlarimizga 10 sotixdan belgilangan tartibda berishni tashkil etish orqali kamida 2 ming nafar fuqarolarning bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaini yaratish choralarini ko‘rish ko‘rsatilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, viloyat hokimining 2023-yil 13-oktyabrdagi 332-11-0-Q/23-sonli qarori bilan Quva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 51 nafar fermer xo‘jaliklarining 56 ta konturlarida joylashgan jami 213 gektar, shundan 210 gektar ekin yer maydonlari davlat zaxirasiga olinganligi, mazkur maydonlar tuman hokimligining taklifiga asosan "Farvilyerloyiha" bo‘linmasi tomonidan 15 sotixdan bo‘lgan hajmlarda lotlarga bo‘linib, jami 1 400 ta lotlarda 210 gektar maydonlar 2024 yilning 12 yanvar kuni ochiq tanlovga chiqarilgan.
"Farvilyerloyiha" hududiy bo‘linmasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 5-may holatiga ushbu yer maydoni 1 ming 197 ta lotga bo‘lingani, 902 ta lotdagi yer maydoni sotilganligi, 301 ta lotdagi 56 gektar yer maydoni sotilmay turganligi aniqlandi. Topshiriq ijrosi yuzasidan Adliya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqqan holda hokim yordamchilari bilan yuzma-yuz muloqot olib borildi.Auksionga chiqarilgan yer maydonlari to‘g‘risida hududdagi ishsiz, ayniqsa, migratsiyadan qaytgan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazgan holda auksion savdolariga qatnashishlarini taʼminlanib, ularni bandligini taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir o’rinbosari yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari bilan uchrashdi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi binosida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov tomonidan yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari va yuridik xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlar rahbari va kadrlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining faoliyati ko'rib chiqilib, sohani rivojlantishga doir taklif mulohazalari tinglandi, ular duch kelayotgan muammolarga yechimlar berildi.
Bunday davra suhbatlaridan maqsad davlat idora va tashkilotlariga sifatli yuridik yordam ko'rsatishni takomillashtirish, sohasini rivojlantirish va tizimdagi muammolarni hamjihatlikda hal etishdan iborat.

“Tvinning” dasturi doirasida xalqaro ekspertlar o‘z ishini boshladi
Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va tartibga solish ta'sirini baholash sohalarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 28-may kuni Adliya vazirligida mazkur maqsadlarni o‘z ichiga olgan “Tvinning” dasturini O‘zbekistonda amalga oshirishning dastlabki bosqichlari vazirlik mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “Tvinning” moliyaviy va texnik yordam loyihasi bo‘lib, u Yevropa Ittifoqining benefisiar mamlakatlarida Yevropa Ittifoqining eng yaxshi amaliyotiga asoslangan ma'muriy tuzilmalarning institusional salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur 1989-yildan buyon amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda Germaniya xalqaro-huquqiy hamkorlik fondining EU Twinning loyihalari rahbari Anya Sheller-Shletter boshchiligidagi Germaniya va Latviya davlatlarining qonunchilik bo‘yicha xalqaro ekspertlari ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv 4 kunlik muhokamalarning dastlabki bosqichi bo‘lib unda “Tvinning” dasturi doirasida qilinadigan ishlar va kutilayotgan natijalar bo‘yicha xalqaro ekspertlar taqdimotlari, takliflari va fikr-mulohazalari o‘rganiladi hamda loyihaning ish rejasi ishlab chiqiladi.