ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Namangan viloyati nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Dastlab Muzraf Ikramov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi Farmoni ijrosi, shu jumladan, mazkur Farmon doirasida tashkil etilgan “NNTlar uylari” hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

So‘ngra viloyatning faol NNTlar rahbarlari bilan uchrashib, NNTlarni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi, joyida hal etish choralari ko‘rildi hamda NNTlar taklif va mulohazalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv doirasida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari maqsadli yo‘naltirilayotganligi holati bilan tanishish, ajratilayotgan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari barcha sohani qamrab olayotganligi yoki qamrab olmayotganligi holatini o‘rganildi.

Muloqot chog‘ida NNTlar bilan mahalliy mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari o‘rnatilganligi yuzasidan ma’lumot olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Yangi farmon bilan adliya tizimida nimalar o‘zgarmoqda?

Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va uni qabul qilishning zaruratiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov, viloyat yuridik texnikumi direktori Oybek Shirinov mavzu doirasida ma'lumot berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Karmanaliklar murojaati o'rganildi

Karmana tumanining "Alisher Navoiy" mahallasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli o'tkazildi. Shuningdek, "mahalla yettiligi" bilan uchrashuvda hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.

Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyati xususida huquqiy tushuncha berilib, shundan so'ng, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini MTMga ro'yxatga qo'yish, elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oltiariq tumanida
sayyor qabul o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Oltiariq tumanining "Toshobod" MFYda fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 200 nafardan ortiq jismoniy  shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etdilar. Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, mehnat munosabatlari, moddiy yordam olish, meros ishlari, tug‘ilganlik guvohnomasi olish kabi masalalar yuzasidan 27 ta murojaatlari tinglandi.  

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 14 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 13 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Shu bilan birga qabul davomida shaxslarga sanatoriyiaga navbatga qo‘yish, pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, farzandni MTTga navbatga qo‘yish kabi 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
❤1
#Adliya_xabari

Onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyati oshmoqda


Davlat rahbarining 2024-yil 25—26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida mahallalardan turib davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini oshirish vazifasi belgilab berilgan edi. Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida interaktiv kioskalar ishlab chiqildi hamda bosqichma-bosqich mahallalarda oʻrnatilmoqda.

Shu bilan birga, kioskalar orqali foydalanish mumkin boʻlgan xizmatlar soni ham oshirilib, ushbu xizmatlar 45 tani tashkil etdi. Endilikda fuqarolar, ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ham mazkur kioskalar orqali ariza yuborishlari mumkin. Ahamiyatli jihati, xizmat bepul, navbatlar mavjud emas hamda 24/7 rejimida foydalanish mumkin.

@adliyangiliklari