ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 15-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengash raisi J.Nuritdinov Kengash tomonidan so‘nggi yillarda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2024-yilda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlari xususida ma’ruza qildi.

Shuningdek, “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyalar tomonidan sud-xatshunoslik ekspertizasi uchun namunalarni taqdim qilinishi yuzasidan” uslubiy tavsiyalar hamda “Quyosh energiyasidan foydalanishda quyosh panellarining holatini aniqlash hamda ularning ahamiyati bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish natijasi” yuzasidan tayyorlangan tahliliy ma’lumot ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, jamiyatimizda quyosh panellaridan bugungi kunda keng foydalanilayotganligi qayd etilib, ushbu yo‘nalishda tadqiqot turini joriy qilish lozimligi ma’qullandi.

Shu bilan birga, “Mobil qurilmalar ekspertizasi” nomli uslubiy tavsiyaning taqdimoti va uni yagona uslubiyotlar reyestriga kiritish hamda joriy yilda ko‘rib chiqiladigan sud-tibbiy ekspertiza faoliyatida foydalanib kelinayotgan uslubiy tavsiyalarning ro‘yxatini tasdiqlash masalalari ham batafsil muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bugun Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish uchun kelgan fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi.

Kun davomida markazlar orqali 6200 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. Shundan 2000 mingdan ziyodi aynan subsidiya bilan bog‘liq. Xususan, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi kun davomida 1 350 ta xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning 570 dan ortig‘i subsidiya bo‘yicha.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Quvasoy shahridagi oyna ishlab chiqarish korxonasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bilan tanishdi.

1975-yilda tashkil etilgan ushbu korxona oyna va banka ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavodlardan biri boʻlib u mamlakatimizning oynaga boʻlgan talabining 60 foizini qoplab beradi. Bu yirik korxonada yiliga 150 million dona butilka va 10 million kvadrat metrdan ortiq oyna ishlab chiqariladi.

Adliya vaziri korxonada oyna ishlab chiqarish jarayonlari va yangilanishlar bilan tanishdi. Korxonada ish olib borayotgan mingdan ortiq ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari haqida fikr almashdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Toshloq tumanida tadbirkorlar va “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi


Adliya vaziri A. Toshqulov Fargʻona viloyati Toshloq tumanida xonadonlarida mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, tadbirkor D.Mamajonova oʻz xonadonida kasanachilik, tikuvchilik, oyoq kiyimi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda. U 15 nafar fuqarolarni ish bilan band qilgan.

Ushbu tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar qoʻshni tumandagi bozorlarga ham chiqarilmoqda. Uchrashuv davomida tadbirkorlik sohasini kengaytirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, A. Toshqulov Toshloq tumanining “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani haqida gapirdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan tuman hokimi mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar qanday ishlar?

— To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar jumlasiga yuridik yoki jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ishlar kiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-son Qonuni.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM