ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Olot tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, qabulda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov, tumandagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulga kelgan 40 nafardan ortiq fuqarolarning turli huquqiy sohalar, jumladan, turar-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kompensatsiya undirish, uy-joy uchun yer ajratish, meros, davlat xizmatlarini koʻrsatish, FHDY sohalari va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, 15 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, 7 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida ikki kunlik seminar o‘z yakuniga yetdi.

Adliya vazirligi tomonidan Dentons Tashkent yuridik firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlariga sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘z faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda “Xatarlarni va shartnomalrni boshqarish tizimi” hamda “Jarayonlarni boshqarish va texnologiya” mavzulari yuzasidan Dentons Nexlaw In-House Solutions firmasi boshqaruvchisi Alan Reganu o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Olot tumanida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Olot tumanidagi “Dilkor” mahallasida boʻlib, mahalla xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari tomonidan “mahalla yettiligi”ning faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati va fuqarolarni oʻzini-oʻzi band qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga sodda va tushunarli tilda tushuntirish yuzasidan kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Jondor va Romitan tuman adliya bo’limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Adliya vaziri o’rinbosari Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida Jondor va Romitan tuman adliya boʻlimlari binosiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida adliya bo’limlari, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlar bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish, huquqiy xizmat koʻrsatishda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalari tinglandi.

Muloqot davomida adliya vaziri o’rinbosari tuman adliya bo’limlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqotda aniqlangan muammolarni bartaraf qilish, shu jumladan, sohani rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, fuqarolarga xushmuomalada bo‘lish, xodimlarni o‘z ustida yanda ishlashi lozimligini taʼkidladi.

@adliyangiliklari
✅ ❗❗❗ • Toshkent davlat yuridik universitetida faqat o‘qigan talabalar diplom oladi!

👉 Batafsil...

✅ ❗❗❗ • В Ташкентском государственном юридическом университете дипломы получают только те студенты, которые учились!

👉 Подробнее...

👍 ❤ 📩 @tsulofficial #munosabat #опровержение
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

Respublikamizda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari soni yana bittaga ko‘paydi

Davlat rahbarining PQ–4965-son Qaroriga asosan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari rolini oshirish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-may kuni Buxoro innovatsiyalar universitetida navbatdagi 33-TIQQMni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.T.Sagdullayev, Buxoro Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.I.Raxmatov va universitet rektori D.I.Ro’ziyevalar boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori va universitet rektori tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

Aytish joizki, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Onlayn muloqot: Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Bugun, 17-may kuni soat 15:00 da "Onlayn muloqot" loyihasi vazirlikning Facebookdagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va Youtubedagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Navoiy viloyatida aholi murojaatlari va MFY binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan qulayliklar oʻrganilmoqda.

Dastlabki manzil Karmana tumanining “Yangi Hayot” mahallasi. Bu yerda aholi uchun infokiosk oʻrnatilib, ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil etildi.

Muloqot avvalida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishilib, mavjud masalalar yuzasidan huquqiy tushuncha berildi. Shundan soʻng, yigʻilganlarga infokioskdan foydalanish tartibi tushuntirilib, shu joyning oʻzida davlat xizmatlari koʻrsatildi. Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda viloyatda 8 ta MFY binosiga infokiosklar oʻrnatilgan.

Aholi bilan muloqotdan soʻng, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, uy-joy taʼminoti, imtiyozli shartlarda kredit olish, soliq toʻlovlari singari masalalarda 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida elektron imzo olish, farzandini maktab va maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish, manzil, soliq hamda kadastr maʼlumotlari olish kabi yoʻnalishlarda 30 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Qabuldan soʻng, fuqarolarning xonadonlarida uyma-uy yurgan holda masalalar manzilli oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Romitan tumanidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona faoliyatini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi PQ-3843-son qaroriga asosan zamonaviy issiqxona, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Buxara Bilol” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarning eksportini amalga oshirish boʻyicha mavjud muammolar tahlil qilindi.

Mazkur uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar olib borildi hamda zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari