ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Muhim

❗️ Pora so‘rashsa nima qilish kerak?

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️Pora olish va pora berish ham jinoyat hisoblanadi. Ular uchun jiddiy javobgarlik bor.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qarshi tumani “Koʻchkak” mahallasida istiqomat qiluvchi Islom ota Berdimurodov bu yil 102 yoshga qadam qoʻydi. Hayratlanarlisi shundaki, 8 nafar farzandni halol mehnat bilan voyaga etkazgan va ayni paytda 30 dan ortiq nabiraning sevimli bobosi – haligacha tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olmagan. Toʻgʻrisi, bugungi “hujjat gapiradigan” davrda ushbu holatni tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fakt.

— Biz yashagan zamonlar oddiy davrlar edi, — deydi Islom ota Berdimurodov . — Oddiy dehqon boʻlganman,umrimning yarmi paxta dalasida oʻtgan. Mana, bugungi zamonga kelib hamma joylarda hujjat soʻrashyapti.

Otaxonning oʻgʻillari FHDY boʻlimiga murojaat qilgandan soʻng Qarshi tuman FHDY boʻlimi tomonidan kerakli hujjatlar tayyorlanib, Islom ota Berdimurodovga 102 yil kechikib kelgan hujjat tantanali ravishda rasmiylashtirib berildi hamda sayyor tartibda fuqaroning yashash xonadoniga yetkazildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Oltiariq tumanining markazdan 20 km olisda boʻlgan “Navqiron” mahalla fuqarolari yigʻinida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida aholi uchun sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Fuqarolarning uzogʻini yaqin qilish va ularning muammoli masalalarini ijobiy hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda adliya organlari bilan birgalikda oʻnga yaqin tashkilotlar ishtirok etdi.

Shu bilan birga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati tarqatma materiallar asosida keng aholi qatlamiga yetkazildi.

Sayyor qabul jarayonida 60 dan ortiq fuqarolarning masalalari tinglandi. 5 ta masala adliya ish yurituviga olindi. 31 ta fuqaroga huquqiy tushunchalar berilib 30 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

Ehtiyojmand oilalarga tabiiy gaz va elektr uchun qanday to‘lovlar beriladi?

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN HAR BIR UYGA

Tabiiy gaz va elektr energiyasi sarfida tejamkor boʻlganlar mablagʻlarini iqtisod qilishlari mumkin. Bu boʻyicha qabul qilingan hukumat qarori targʻiboti Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham amalga oshirilmoqda.

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida Nurota tumanidagi “Mirishkor” va “Mirzo Ulugʻbek” mahallalarida aholi uchun hukumatning “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati xonadonma-xonadon targʻibot materiallari tarqatilgan holda huquqiy tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, taʼlim muassasalarida yoshlar oʻrtasida amaliy oʻquvlar oʻtkazildi. “Street law” jamoasi yoshlari ishtirokida aholi gavjum maskanlar, “Chashma majmuasi” hamda savdo rastalarida huquqiy targʻibotlar amalga oshirildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️ Korrupsiya koronavirus kabi yuqadigan kasallik

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Bugungi kunda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlida Adliya vazirligining ham oʻrni beqiyos. Ayniqsa, hududiy adliya boshqarmalari hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari aholi va tadbirkorlik subyektlarini buzilgan huquqlarini tiklash, ularga huquqiy koʻmak berish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Birgina Chust tumani misolida tahlil etadigan boʻlsak, ortda qolgan 3 oy davomida tuman adliya boʻlimi tomonidan 12 ta tashkilotlarda 6 ta oʻrganishlar oʻtkazilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Farzandingiz ijtimoiy tarmoqlarda qanday kontentga ko‘proq qiziqayotganini nazorat qilasizmi?

Ko‘ngilsiz voqealarni oldini olish maqsadida bolalar tomosha qilayotgan videomateriallar mazmun-mohiyatiga e'tiborli bo‘ling!

📲 Uyali aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq o‘rgating!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi davom etmoqda.

Ko‘rsatuv "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Davlat tashkilotlarida mehnat qonunchiligi va xodimlar huquqlari

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi mas'ullari va TDYU o‘qituvchilari javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/embed/ISJSKDJ22wM

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot_minbari

“Energoresurslardan foydalanganlik uchun kompensatsiya olish” mavzusida ekspertlar bilan suhbat oʻtkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan “Energoresurslardan foydalanganlik uchun kompensatsiya olish” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 24-aprel kuni soat 15.00 da Huquqiy axborot Тelegram kanalida boshlanadi.

Suhbat spikerlari: Energetika vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari