ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Hukumatga kiritishda qonunchilik talablarini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish jarayonida amaldagi qonunchilik, xususan Vazirlar Mahkamasining reglamenti talablari tushuntirildi.

Taʼkidlash joizki, 2023-yilda Adliya vazirligiga jami 2 379 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan. Shundan, 400 ta (17 foiz) loyiha amaldagi qonunchilik va reglament talablariga rioya qilinmagan holda kiritilganligi bois, ishlab chiquvchiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan qaytarilgan.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida har oy bir kun davomida "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi.

Adliya vazirligi jamoasi ham ushbu loyihada faol ishtirok etmoqda.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️ Pora bermang!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Yoqilg‘i-energetika resurslaridan to‘g‘ri foydalanamiz

Samarqand viloyatidagi adliya organlari tomonidan mazkur shior ostida Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan “Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan manzilli targ‘ibot ishlari davom etmoqda.


🔻Xususan, Kattaqo'rg'on shahar 3 va 17-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida, shuningdek, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limida tizim xodimlari hamda fuqarolar o‘rtasida qaror asosida 1-maydan yoqilg‘i-energetika sohasida joriy etilayotgan o‘zgarishlar tushuntirilib berilmoqda.


Ushbu jarayonda yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024-yil 1-maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari, agar energiya resurslarini tejab ishlatilsa ortiqcha sarf xarajat oldi olinishi mumkinligi, oldindan to‘lab qo‘yilsa, 2 oy mobaynida eski narxda qabul qilinishi haqida ma'lumotlar berildi.

1 maydan boshlab energoresurslar iste’moli uchun ijtimoiy norma quyidagicha:

elektr energiyasiga — oyiga 200 kVt/soatgacha;
gaz (martdan-oktyabrgacha) — 100 kub metrgacha;
gaz (noyabrdan-fevralgacha, ya’ni isitish mavsumida) — 500 kub metrgacha.

@adliyangiliklari
#Muhim

Tabiiy gaz hamda elektr energiyasi uchun kompensatsiya kimlarga beriladi?

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Важно

Вы отправляете своего ребёнка в путешествие с бабушкой, дедушкой или другим лицом? Для этого вам необходимо дать нотариально заверенное согласие тем, кто вывозит вашего ребёнка за границу.

Теперь для этого необязательно идти к нотариусу. Вы можете оформить согласие онлайн.

Подробнее об этом 👉 в нашем очередном видео.

@adliyangiliklari
Forwarded from Oliy Majlis Senati
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qo‘mita majlisida intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan Qonun muhokama qilindi
___________
На заседании Комитета обсужден Закон, направленный на дальнейшее совершенствование системы правовой защиты объектов интеллектуальной собственности

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM