#Adliyadan_javob
❓ Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti qoidalari qanday ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi?
— Ushbu Reglament qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12 fevraldagi 87-sonli ” Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xatirchi tumanida yoshlar bilan navbatdagi muloqotlar oʻtkazildi.
Xatirchiliklarning masalasi asosan bandlik va kasb-hunarga oʻqish bilan bogʻliq. Hududdagi alohida nazoratda turuvchi yoshlardan 2 nafari mavsumiy ishga jalb etildi, bir nafariga monomarkazga oʻqish uchun yoʻllanma berildi. Nikoh guvohnomasini yoʻqotgan yosh oila takroriy guvohnoma olish uchun shu kunning oʻzida ariza topshirgan boʻlsa, alimentini oʻz vaqtida ololmayotgan yolgʻiz onaning murojaatini ijobiy hal etish maqsadida dastlabki choralar koʻrildi.

#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan uchrashdi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Namangan shahridagi “Yuksalish” sanoat zonasida boʻlib, “Koʻksaroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan muloqotda ularni yanada jadal faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, har bir chiqarilgan qaror va farmonlar yangidan-yangi gʻoyalar ustida ishlashga turtki boʻlishi taʼkidlandi.
Shuningdek, sanoat zonadagi “Fazman” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari bilan olib borilgan muloqotda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritib, aholi bandligini taʼminlagan ishbilarmonlarga berilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Joylarda tadbirkorlar bilan oʻtkazilayotgan yuzma-yuz muloqotlarni tashkil etishdan koʻzlagan maqsad ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashishdan iborat.

📢📢 Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kursiga tinglovchilarni saralab olish bo‘yicha ochiq tanlov e'lon qilindi
Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Malaka oshirish vaqti: 2024-yil 15-aprel – 25 aprel.
Malaka oshirish kursi bepul!
Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida uznntma2023@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:
1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi ("obyektivka", word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi toʻgʻrisidagi hujjat (buyruq)dan koʻchirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi;
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati.
❗️ Arizalar 2024-yil 26-martga qadar qabul qilinadi.
Saralab olish boʻyicha tanlov Nizomi va qoʻshimcha maʼlumotlar www.ngo.uz va @UZNNTMA1 kanalida
☎️ (55) 503-05-12, (33) 202-15-26

#Adliya_tabrigi
Adliya vaziri A.Toshqulovning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi
Aziz ayollar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo‘lib yuring! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

❓ "IT talents" dasturi doirasida nodavlat ta’lim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishida talabgorga subsidiya ajratish qanday asoslarga ko‘ra rad etiladi?
— Talabgorga subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etiladi:
▫️talabgor bitiruvchisi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olmagan bo‘lsa;
▫️talabgor bitiruvchisi kompaniyaga xizmat ko‘rsatuvchi yoki texnik xodim sifatida ishga joylashgan bo‘lsa;
▫️soliq organining axborot tizimida bitiruvchining oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot aniqlanmaganda;
▫️talabgor bitiruvchisi kompaniyada olti oydan kam faoliyat yuritgan bo‘lsa;
▫️bitiruvchi o‘qishni bitirganidan keyin uch oy muddatda kompaniyaga ishga joylashmagan bo‘lsa;
▫️talabgor bitiruvchisi ishga joylashganidan so‘ng bir yildan ko‘proq muddat o‘tib, subsidiya olish bo‘yicha so‘rovnoma yuborsa;
▫️ta’lim oluvchi va talabgor o‘rtasida shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ta’lim oluvchi kompaniyada ishlab turgan bo‘lsa;
▫️bitiruvchi talabgorda ta’lim olishidan oldin kompaniyada ishlagan bo‘lsa;
▫️kompaniya tomonidan bitiruvchiga oylik ish haqi miqdorlarini belgilashda qalbaki hujjatlardan foydalanishga yoki noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumotlar shakllantirilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
▫️talabgor ilgari subsidiya olgan bitiruvchi uchun takroriy murojaat qilsa;
▫️talabgorning ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya yoki xabardor qilish tartibida faoliyat yuritishi uchun berilgan tasdiqnomasi tugatilgan bo‘lsa;
▫️bir nodavlat ta’lim tashkiloti boshqa nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan bitiruvchi uchun olingan subsidiya yuzasidan murojaat qilsa.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12 fevraldagi 86-sonli ”IT-xizmatlar eksporti yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Ta'ziya
Adliya vazirligi jamoasi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Qo‘chqorovning singlisi Dilfuza Qo‘chqorovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

Adliya vazirligida fevral oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi
Nusratullo Nigʻmatullo oʻgʻli Parpixoʻjayev Adliya vazirligi markaziy apparatining fevral oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida eʼtirof etildi.
Nusratullo Parpixoʻjayev 1990-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universiteti (2012-y.) va Toshkent davlat yuridik universitetini (2022-y.) tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.
Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini u 2012-yilda vazirlik rahbariyati qoshidagi apparatning qabulxona kotibi sifatida boshlagan. 2014—2018-yillarda vazirlik boshqarmalarida turli lavozimlarida ishlagan. 2018–2020-yillarda Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2020–2022-yillarda ushbu boshqarmani boshqargan. 2022-yil 27 apreldan Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyatini davom etmoqda.
Nusratullo Parpixoʻjayev davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha markazlar, ularning filiallari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni rivojlantirishga koʻmaklashish, koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida FHDY organlari, markazlar va ularning filiallari faoliyatini tahlil qilish, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilish kabi yoʻnalishlarda samarali mehnat qilib kelmoqda.
Adliya vazirligi jamoasi Nusratullo Parpixoʻjayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida gʻayrat va shijoat hamroh boʻlishini tilaydi.