ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
❔ Gender tenglik qanday ta'minlanadi?

❔ Gender tengsizlik shakllari nimalarda aks etadi?

❔ Gender tengsizlik uchun qonunda qanday javobgarliklar belgilangan?

Barcha savollarga infografikada javob topasiz

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Samarqand viloyatidagi yirik bozorlar, savdo majmualarida xatlov ishlari ketmoqda. Unda rasmiy hujjatlarida muammosi bo‘lgan tadbirkorlarga amaliy yordam berilmoqda.

Xususan, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Siyob dehqon bozori”da o‘tkazilgan o‘rganishlarda 9 ta yangi tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazildi va 3 ta tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Masalan, N.Rashidova qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish bilan shug‘allanib keladi. Ammo davlat ro‘yxatidan o‘tkanligini to‘g‘risidagi guvohnomasini yangilashga ulgirmagan. Markaz xodimlarining bozor hududiga kelib sayyor tarzda xizmat ko‘rsatgani qo‘l kelib, u va bozordagi boshqa ana shunday muammoga duch kelgan tadbirkorlar masalasiga yechim topishdi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish

2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to'lovi quyidagicha miqdorda qoplanishi belgilangan:

🔹10 foizi Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang'ich badal sifatida);

🔹90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: yangi sanitariya-gigiyena talablari belgilanmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi Oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0068-24-son SanQvaN) Adliya vazirligi tomonidan hisobga olindi.

Mazkur hujjat mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qurilayotgan, qayta qurilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalarining joylashuvi, jihozlanishi va ularning sanitariya-gigiyenik holati, shuningdek xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga oid talablarni belgilaydi.

Ushbu hujjat bilan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oziq-ovqat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirshlar kiritish mumkin emasligi, savdo korxonasi qurilishi uchun yer tanlash Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan bo‘lishi kabilar) bekor qilingan.

Yangi tahrirdagi hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilangan:

• savdo korxonalarini suv bilan ta’minlash uchun markazlashtirilgan maishiy va ichimlik suv ta’minotiga ulangan bo‘lishi, bunda markazlashtirilgan suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan taqdirda, mustaqil suv ta’minoti tizimi qurilgan bo‘lishi;
• oziq-ovqat va ularning tarkibiy qismlari, shuningdek nooziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalarni (tozalash vositalari, moylash materiallari, yoqilg‘ilar) saqlash uchun alohida sharoit (quruq va tabiy yoki sun’iy ventilyatsiyasi mavjud xona) yaratilgan xonalar bo‘lishi;
• qadoqlash uchun ishlatiladigan bir marotabalik idishlar inson salomatligi uchun xavfsiz materiallardan (plastik, kartonli, qog‘oz) tayyorlangan va toza, quruq bo‘lishi.

Shu bilan birga, xavf-xatarni oldini olish maqsadida ishchi xodimlarda ochiq yaralar, tirnalgan, kesilgan yoki boshqa teri jarohati bo‘lganda, jarohatni plastir bilan berkitish lozimligi.

Shuningdek, xodimlar quyidagi hollarda qo‘llarni suyuq sovun bilan yuvishi va dezinfeksiya qilishi lozimligi:

• ish boshlashdan oldin;
• ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
• bir jarayondan ikkinchisiga o‘tishda;
• ifloslangan narsalarga qo‘l orqali tegilgandan keyin;
• hojatdan oldin va keyin ikki marta;
• toza maxsus kiyim (poyabzal bilan birgalikda) kiyishdan va ish boshlashdan oldin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


@adliyangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 19-mart kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni hamda davlat notarial idoralari notariuslari lavozimiga tanlov o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni hamda tanlov jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinadi va internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

FERMER XO‘JALIGINING HUQUQLARI TIKLANDI

Payariq tumanida joylashgan “Nassar M Bussines” fermer xo‘jaligi uzumchilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanibgina qolmay, ularni qayta ishlab, tayyor mahsulot tarzida bozorga olib chiqadi.

Tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan navbatdagi murojaat mazkur fermer xo‘jaligining bir necha oylardan buyon sarson bo‘layotgani bilan bog‘liq.

Batafsil 👉xo‘jalik ish yurituvchisi Komil Ergashev intervyusida.

O‘qish 👉bu yerda

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov olib borgan seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari va ijro intizomiga mas'ul xodimlari jonli tarzda 200 ga yaqin va video-konferens-aloqa tarzda 800 dan ortiq xodimlar ishtirok etishdi.

Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad avvalo shunday tizimli muammolarni aniqlash, ularni bevosita ijrochilar bilan muhokama qilish hamda bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdir.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Adliya ko’magi bilan bitta oilaning 6 nafar farzandlari tug’ilganlik haqida guvohnoma olish huquqiga ega bo’ldi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❓Notarius qabuliga yozilish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil 👉videoda

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Aksiya doirasida Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan xatlov ishlari amalga oshirilib, tumanning "Fayz" mahallasida yashovchi oilaning nikoh guvohnomasi mavjud emasligi aniqlandi.

Xususan, fuqarolar T.Kazakov va X.Yusupovalar 30 yildan beri birga yashab kelayotgan bo‘lib, turmush davomida 2 nafar farzandli bo‘lganlar. Biroq, ularning qonuniy nikohlari qayd etilmagan.

Qo‘shtepa tuman FHDY bo‘limi tomonidan ularning nikohlari qonuniy rasmiylashtirilib, sayyor tartibda nikoh guvohnomasi topshirildi.

Aksiya davom etmoqda.

@adliyangiliklari