ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining
Samarqand hamda Jizzax viloyati bo‘limlari faoliyati o‘rganildi.

Hududiy bo‘limlar faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusidagi faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari va fuqarolar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

2023-yilda 23 ta saqlov birligidagi 1010 varaqda tarixiy davr hujjatlari maxfiylikdan chiqarildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma'lum qildi.

@adliyangiliklari
#Huquqiy_madaniyat

📢📢 Adliya vazirligi tashabbusi bilan fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish huquqiy aksiyasi o'tkazilmoqda!

Aksiya doirasida:

🔹aholini qiynab kelayotgan dolzarb kundalik muammolarni aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirish berish;
🔹xotin-qizlar va yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan xabardor qilish;
🔹mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va huquqiy yangiliklarni taqdim etib borish
kabi amaliy ishlar olib boriladi.

⏳Mazkur aksiya fevral oyi oxirigacha davom etadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunda_nima_deyilgan

Davlat xizmatchilarining bo‘sh vaqti ham nazorat qilinadimi?

Loyiha "Darakchi" nashri tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davom etmoqda. Aksiya doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar aholisining ham huquqiy muammolari o‘rganilib, hal etilib kelinmoqda.

Xususan, yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahar FHDY bo‘limi tomonidan olib borilgan xatlov jarayonlarida fuqaro Ulyana Kim oilaviy muammolar sabab 2017 va 2020-yillarda tug‘ilgan farzandlariga o‘z vaqtida tug‘ilganlik guvohnomasi olmagani aniqlangan.

Muammo qonuniy ko‘rib chiqilib, bolalarning tug‘ilganligi qayd qilindi va guvohnomalar topshirildi.

Ma'lumot uchun, aksiya doirasida Samarqand viloyatida 500 dan ortiq mahallalarda xatlov o‘tkazilib, natijada 937 ta fuqaro hujjatga emasligi aniqlangan. Ularning 477 tasiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berilgan.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan #Ziyo_ulash aksiyasi hududlarda davom etmoqda.

Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovg‘a qilindi.

Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Aksiyamizga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata ham qo‘shildi.

#Ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta komp'yuter va 1100 dan ortiq mebel' jihozlari sovg‘a qilindi.

Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni #Ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda muhim bir qadam
— 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi
 
O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga to‘liq integratsiyasini ta’minlash
va savdo munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun bilan JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimi talablariga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojining miqdori birxillashtirilgan holda BHMning 1 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Shuningdek, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida:

– hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz undan foydalanishga ruxsat berish mumkin bo‘lgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli to‘lanishini belgilab berish;

– o‘zga shaxsga tegishli sanoat mulki obyektidan (patentdan) jamoat manfaatlari uchun majburiy litsenziya asosida foydalanish huquqini olish va bunday foydalanganlik uchun patent egasiga mutanosib miqdorda tovon pulini to‘lanishiga oid alohida normalarni kiritish;

– patentlangan usuldan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nizolarda isbotlash majburiyatini aniqlashtirish;

– insofsiz raqobat oqibatida ro‘yxatga olingan tovar belgilarini bekor qilish bo‘yicha da’vo muddatini bekor qilish;

– mahalliy va xorijiy talabnoma topshiruvchilarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir xil imkoniyat yaratish, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uchun birxillashtirish, shuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik shaxslar kesimida belgilash;

– ixtiro va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan patent bojining 90 foizi, ta’lim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foizi, yuridik shaxs bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foizi miqdorida imtiyozlar berish;

– original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish;

– sanoat mulki obyektlaridan tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar
va boshqa favqulodda holatlarda foydalanilgan holatlarda ham huquq egasiga belgilangan miqdorda tovon puli to‘lanishni ko‘zda tutuvchi qoidalar kiritildi.
 
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mobil-ID tizimi orqali fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazishda g‘olib deb topilgan mas'ul xodimlar nominatsiyalar bo'yicha rag'batlantrildi.

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat (shahar) adliya boshqarmasi boshlig‘i
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i — O‘ral Ostanov

▫️ Tuman DXM direktori
Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi direktori — Bahtiyor Sattorov

▫️DXM xodimi

1-o‘rin: Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi xodimi — Sukhrob Jalolov
2-o'rin: Olmazor tuman davlat xizmatlari markazi xodimi — Bahriddin Abdulamitov
3-o'rin: Yakkabog‘ tumani davlat xizmatlari markazi xodimi — Akbar Maxmadaliyev

❗️Ma'lumot uchun: Mobil-ID timizidan bugunga qadar 1 297 524 ta fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy koʻmagida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Tanlovda 20 ta nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar ishtirok etib, Baholash komissiyasining baholash natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:

“Yilning eng faol bepul yuridik yordam ko‘rsatgan nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti;
2-o‘rin – Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi;
3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot-maslahat markazi.

“Yilning eng faol yuridik klinikasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi;
2-o‘rin – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik klinikasi;
3-o‘rin – Namangan viloyat yuridik texnikumi yuridik klinikasi.

Adliya vazirligi tanlovda faol ishtirok etgan barcha nodavlat-notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalarga o‘z minnatdorligini bildiradi va tanlov g‘oliblarini tabriklaydi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan taqdirlanadi. Tanlov g‘oliblari taqdirlash o‘tkaziladigan joy va vaqt haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Murojaat uchun: (71) 207-04-51 ichki 1156

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

15-fevral kuni Adliya vazirligida “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari bilan bir qatorda soha bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va Oʻzkomnazorat inspeksiyasi, OAV vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida joriy yilgi chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlariga, iste’molchilarga kontrafakt tovarni aslidan farqlashga o‘rgatish va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Vazirlik ushbu oylikni o‘tkazish orqali tadbirkorlarni halol raqobatga kirishishni ta’minlash, o‘z brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesini himoyalash, savdo rastalarida kontrafakt mahsulot aylanmasini cheklash hamda aholi orasida sifatli, ishonchli mahsulotlarni xarid qilishni targ‘ib qiladi.

Bundan tashqari, oylik davomida kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kodli stikerlarni respublikaning barcha hududlaridagi bozorlar, yirik savdo majmualari, chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirish hamda vakolatli organlar xodimlari uchun xorijiy huquq egalari yoki ularni vakolatli vakillarini jalb etgan holda kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning maxsus usullari bo‘yicha master-klasslar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari