Forwarded from ZAMON.UZ | LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
Bolalar oldidagi majburiyatlarini bajarmagan ota-onalar jarimaga tortiladi
Shuningdek, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ham bundan mustasno emas.
Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
YouTube | Instagram | Facebook

#Adliya_xabari
Bugun, 13-fevral kuni “Buyuk ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarini o‘rganish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Samarqand viloyat yuridik texnikumi va Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi oʻquvchilari ishtirok etgan mazkur tadbirda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshligʻi J.Nuritdinov va Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S. Nuriyev tomonidan mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar toʻgʻrisida, yuridik oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga va adliya organlariga ishga kirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
@adliyangiliklari

#Adliya_aksiya
30 yil davomida bir oila bo'lib yashagan fuqarolar, 60 yoshlarida nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasiga ega bo‘ldi
👉Batafsil

88 yoshli Uldon momoga nafaqa to'lanadigan bo'ldi
Dehqonobod tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan "Dehqonobod" mahallasida xatlov olib borilganda, 1935-yilda tug'ilgan fuqaro Uldon momo Qurbonsayitova 3-oydan buyon nafaqa olmayotganligi haqida murojaat qildi.
Ma'lum bo'lishicha, guvohnomasida muammo bo'lganligi bois fuqaroning nafaqasi to'xtatilgan.
Mas'ullar tomonidan Uldon momoning murojaati o'rganilib, tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi qayta tiklanib, rasmiylashtirildi.
FHDY xodimlari tomonidan sayyor tartibda guvohnomasi fuqaroning uyiga yetkazib berildi. Endi fuqaro uzilib qolgan nafaqasini yana ola boshlaydi.

#Adliya_hudud
Yoshlar adliya boshqarmasida
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida O‘rta Chirchiq, Piskent tumani va Nurafshon shahar mahallalaridagi uyushmagan yoshlar va maktab o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar viloyat adliya boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, situatsion markaz, majlislar zali, kutubxona va boshqarma boshlig‘ining ish xonasiga kichik tur o‘tkazildi. Boshqarma xodimlarining ish jarayonlari, adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida yoshlarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, yoshlar Nurafshon shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

ADLIYA YANGILIKLARI
#Huquqiy_axborot_minbari “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o‘tkaziladi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar…
#Huquqiy_axborot_minbari
⚡️ “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat boshlandi
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etildi.
🎙Suhbat spikerlari: Toshkent davlat yuridik universiteti hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari.
📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.
Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.
📹 Onlayn-translyatsiya: https://www.youtube.com/embed/zx_i41avwbY

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
“Ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat
#Adliya_xabari
35 yillik muammo yechim topdi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yuzlab fuqarolarning huquqiy muammolari hal bo‘lmoqda. Hatto, bir emas, 20-30 yillik masalalar adliya organlari aralashuvi bilan qonuniy yechimini topmoqda.
Masalan, pastdarg‘omlik Baxron Norov va Gulchehra Xo‘jamova bundan 35 yil ilgari beeʼtiborlik sabab qonuniy nikohdan o‘tishmagan. Uch farzandning ota-onasi bo‘lgan oila vakillarining 35 yillik muammosi xatlov jarayonlarida aniqlanib, ularning nikohi Pastdarg‘om tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan qayd qilindi hamda guvohnoma topshirildi.
Sizda ham bu borada muammo bo‘lsa tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yoki “1148” ishonch telefoni va viloyat adliya boshqarmalarida tashkil etilgan maxsus shtablar orqali maʼlum qiling.

73 yoshli Vyacheslav Lukashevga tugʻilganlik haqida guvohnoma eksterritorial tartibda rasmiylashtirib berildi
Margʻilon shahrida yashovchi Vyacheslav Lukashev tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qoʻyganligi sababli meros hujjatlarini rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgandi.
Vyacheslav Lukashevga ham xatlov jarayonlarida takroriy ravishda tugʻilganlik haqida guvohnoma Toshkent shahar Mirobod tuman FHDY boʻlimidan eksterritorial tartibda olinib oʻz xonadonida tantanali topshirildi.
Shuningdek, Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Bahodir Usmonovning hujjatlari ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Aksiya doirasida adliya boʻlimiga qilgan murojaati qanoatlantirilib sayyor tartibda unga takroriy tugʻilganlik guvohnomasi tantanali topshirildi.
Ma'lumot uchun: Aksiya doirasida Fargʻonada 1 ming 300 nafardan ortiq fuqaroga nikoh, tugʻilish guvohnomalari, kadastr hujjatlari, fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportlari va ID kartalar rasmiylashtirib berilgan.

#Ziyo_ulash
Naymanliklar uchun ma'rifiy sovg‘a
Avval xabar berganimizdek, adliya tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab 4-sektor hududidagi eng chekka mahallalarda yoshlar, aholi uchun kichik kutubxonalar foydalanishga topshirilmoqda.
#Ziyo_ulash xeshtegi ostida amalga oshirilayotgan ushbu ma'rifiy loyihadan Samarqand viloyati ham chetda qolayotgani yo‘q. Adliya boshqarmasi boshchiligida viloyatning Toyloq tumani "Nayman" mahalla fuqarolar yig‘inida kutubxona aholi ixtiyoriga topshirildi.
Kutubxonada turli janrdagi kitoblar, jurnallar mavjud. Xususan, jahon va o‘zbek adabiyoti namoyondalari — Tohir Malik, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy, Xosiyat Bobomurodova, O‘lmas Umarbekov, Napaleon Xill, Artur Xeyli, Teodor Drayzer va boshqalarning asarlari shular jumlasidan.
Ta'kidlash o‘rinliki, bugungi kunda mazkur mahallada 3 ming 720 nafar aholi istiqomat qiladi va ularning 1 ming 100 nafarini yoshlar tashkil etadi. Endilikda mahalla ahli va yoshlari ushbu kichik kutubxonadan o‘zlariga qulay vaqtlarda foydalanishlari mumkin. To‘g‘ri, bu katta yangilik yoki ulkan ish emasdir, ammo ziyo ulashishdek xayrli ishda muhim qadamdir. Uni siz ham davom ettirishingiz, to‘ldirshingiz mumkin.
Adliya #Ziyo_ulash xeshtegi ostida sizni ham ma'rifiy loyihada faol bo‘lishga chorlaydi.