#Adliya_xabari
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 8-fevraldagi 2-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 8-fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan
▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius V.Saatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 10-fevraldan 15 kun muddatga to‘xtatildi.
@adliyangiliklari

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) haqida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz
Batafsil videoda…
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Batafsil videoda…
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Xalqimiz azal-azaldan ilmga chanqoq, kitobga oshno bo‘lgan. Shu bois kitob mutolaasi, kitobxonlikni rivojlantirish masalalari mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasiga start berilib, olis va chekka mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda.
Bugun, 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ushbu ma’rifiy tashabbus davom etdi.
Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston tumanidagi “Ahmad Yassaviy” mahallasida kutubxona tashkil qilinib, 300 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
Shuningdek, elektron kutubxona ham sovg‘a qilindi. Unda barcha kitoblarning elektron va audio shakllari jamlangan.

📢📢 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarius(vakant) lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi
Tanlov quyidagi vakant lavozimlar uchun o'tkaziladi:⤵️
➖Navoiy viloyati Tomdi tuman davlat notarial idorasi notariusi 1 nafar;
➖Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tuman davlat notarial idorasi notariusi 1 nafar.
❗️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxati va mazkur talablar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishlari mumkin: https://telegra.ph/Hujjatlar-02-14
📩Hujjatlar Adliya vazirligining mas'ul xodimi r.abdigabbarov@adliya.uz elektron pochta manziliga yuborish orqali 2024-yilning 1-mart sanasiga qadar qabul qilinadi!
☎️Savol va murojaatlar uchun: (71) 207-04-51, 1384

"Shayhali" shaharchasida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi
Bugun, 14-fevral kuni Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan #Ziyo_ulash aksiyasi doirasida Qarshi shahrining “Shayhali” shaharchasida kutubxona ochildi.
Qarshi shahar adliya, FHDY, Yuridik xizmat ko'rsatish marlazi hamda davlat xizmatlari markazi jamoasi nomidan #Ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.

"Ziyo ulash" aksiyasi Navbahorda
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Navoiy viloyatining Navbahor tumanida davom etdi. Kutubxona tumanning "Qorovultepa" mahallasida tashkil qilindi.
Kutubxonaning ochilish tadbirida faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.
#Ziyo_ulash chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar, shuningdek, adabiyotlarning elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

#Huquqni_bilish_foydali
⁉️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanishidan xabardormisiz?
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili muayyan toifaga kiradigan tuman va shaharlardan ajratiladi.
Arzon uy-joylar dasturlar doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylar hisoblanadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila subsidiya olish huquqiga ega.
Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila sifatida qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha,
▫️Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar e’tirof etiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoraviy uy-joy fondi bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolarga xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun beriladi.

Adliya vaziri andijonlik yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 14-fevralida adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida yuristprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, adliya vaziri tomonidan #Ziyo_ulash aksiya doirasida talabalarga Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob to‘plamlari sovg'a qilindi.