ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Mamlakat platformasi”ning qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Xitoylik investor Mirishkorda yirik loyihasini davlat ro’yxatidan o’tkazdi

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov xitoylik investor Yong Jong bilan uchrashdi. Dastlab, tomonlar loyiha ustida muzokara o’tkazib, mehmonlarga yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Xorijiy investor 2024—2026-yillar davomida 20 ming ga yer maydonlarida tut plantatsiyasini tashkil etib, pilla yetishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha o’z loyihasini amalga oshirishini ma’lum qildi.

Shundan so’ng, Xitoy investori Mirishkorda umumiy qiymati 116 mln dollar bo’lgan “Sunfeel” xorijiy korxonasini davlat ro’yxatidan o’tkazdi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

💠Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi: Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi.

📝Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:

🔹 DXMga kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma yuboriladi.

🔹Onlayn tarzda murojaat etilganda:
– pasporti yoki ID-kartaning nusxasi va asosiy sahifasi bilan “selfie” usulida olingan fotosurat.

📌ERIning paroli mobil telefon raqamga “SMS” xabar shaklida yuboriladi.

🔹Yig‘im miqdori:
– yuridik shaxslar va tadbirkorlik subyektlaridan – BHMning 10 foizi;
– jismoniy shaxslardan – BHMning 7 foizi;

✅ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda ro‘yxatga olingan va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foizi miqdorida chegirma mavjud

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati – real vaqt rejimida.

🔹ERIning amal qilish muddati – 2 yil.

❗️Ma'lumot uchun: Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

⚡️Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolar o'z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma'muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to'lamaydi


👉Manba

@adliyangiliklari
​​#Adliya_tashabbus

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Ushbu Farmon bilan 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksion savdolarini joriy etish belgilanmoqda.

Bunda:
▫️ ijara muddati – 30 yil, boshlangʻich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
▫️ auksion gʻoliblariga yer narxini 3 yilga, “daftarlar”da turgan fuqarolar va mehnat migrantlariga esa – 5 yilga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;
▫️ auksiondan tushgan mablagʻlar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin, tegishli tuman mahalliy byudjetiga oʻtkaziladi.

Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar ushbu Farmonning 1-ilovasida qayd etilgan 15 626 gektar, shuningdek ochiq elektron tanlovga chiqarilib, gʻolib aniqlanmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini 2024-yil 1-martdan boshlab avtomatik ravishda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlash topshirilmoqda.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi


@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Sarhisob: 2023-yilda Samarqandda 1,5 millionga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Bu haqida viloyat matbuot uyida davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarining 2023-yilgi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qurbonov ma'lum qildi.

2023-yil davomida davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyat aholisiga 1 423 292 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shundan 37 foizi, ya'ni 525 398 tasini onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash va idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalariga ish (xizmat)ga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Oliy Majlis Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunda intellektual mulk, reklama va davlat bojiga oid qonunlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan. Qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari