ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bilasizmi

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma

 
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi.

Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar – Xorijiy yuridik shaxslar;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bepul.

Ruxsatnoma berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kunida.


🗓
Ruxsatnomaning amal qilish muddati:
Arizaga ko‘ra ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatga beriladi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Ko'kdala tumani davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.

Yaqinda imkoniyat Ko'kdala tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.

Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligi: Majburiy talablar qisqartirilib, lisenziya va ruxsat berish tartibi soddalashtirilmoqda

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza qaysi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi va otalikni belgilash haqidagi ariza bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkinmi?

— Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin.
Bunday holatlarda bola tug‘ilgunga qadar uning tug‘ilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi.

Bolaning tug‘ilganligi boshqa FHDY organida qayd etilgan taqdirda, oldindan berilgan arizani saqlagan FHDY organi so‘rovnoma bo‘yicha uni qayd etish joyiga yuboradi.

Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20 oktabrdagi 550-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Shartnoma majburiyatlari "unitildi"


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ibratli yo‘l loyiha” MCHJ rahbarining murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, “Ibratli yo‘l loyiha” MCHJ bilan Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida 2020-yilda avtotransport vositalari va mashina mexanizmlari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan hamda bajarilgan ishlar uchun haq 200 000 000 so‘m etib belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Navoiy viloyatining yana 4 ta hududidagi davlat xizmatlari markazi orqali xorijga chiqish biometrik pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xizmatdan eksterritorial tarzda barcha O‘zbekiston fuqarolari Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, Nurota tumanlari adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanishlari mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 So‘rovnoma: Siz Adliya vazirligi haqida nimalarni bilasiz?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📢📢 Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladigan "Bepul huquq darslari" kurslariga sizni taklif etamiz!

Ushbu darslar orqali huquqiy savodxonlikni oshirishda yosh va vaqt ahamiyatli emas. Endilikda siz bizning "Bepul huquq darslari"mizda hohlagan vaqt va hohlagan joydan turib onlayn ishtirok etishingiz va huquqiy bilimlaringizni hech qanday to'lovlarsiz oshirishingiz mumkin.

❗️Navbatdagi dars 11-yanvar kuni "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari" mavzusida bo'lib o'tadi.


Dars Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o'qituvchisi Shohjahon Jumayev tomonidan olib boriladi.

⏳Boshlanish vaqti: 16:00

Ulanish uchun havola 👉 https://us06web.zoom.us/j/4533803510?pwd=ZB9N3fu0GCZAzXdRelt2CPbVASVk7G.1

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Statistika 📈 FHDY organlari tomonidan 2023-yilda 968 140 ta tugʻilish holati qayd etilgan. 👶🏻 O'g'il bolalar — 501 177 ta 👧🏻 Qiz bolalar — 466 563 ta Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish: ➖ Samarqand — 114 446 ta; ➖ Farg'ona — 107 602 ta; ➖ Qashqadaryo…
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “tug‘ilishlar statistikasidagi qarama-qarshiliklar” mavzusi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil davomida FHDY organlari tomonidan qayd etilgan tug‘ilishlar soni yuzasidan statistik ma’lumotlar e’lon qilingan.

Mazkur ma’lumotlardagi tug‘ilishlar soni 2022-yilga nisbatan “ko‘paygan” so‘zi texnik xatolik sababli “kamaygan” so‘ziga almashib qolgan. Hozirda ushbu xatolik bartaraf etildi.

Shuningdek, ta’kidlash joizki, Adliya vazirligi va Statistika agentligi tug‘ilishlar bo‘yicha bitta manbadan foydalanadi. Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlari tomonidan bir yil davomida qayd qilingan jami tug‘ilishlar ma’lumotlari yuritilsa, Statistika agentligi faqatgina tirik tug‘ilgan bolalar soni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.

Adliya vazirligi ushbu xatolikni aniqlashda yordam bergani uchun jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda ular bilan hamisha hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g’risida ma’lumot bering?

— Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

O‘z ustav fondini (ustav kapitalini) belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda shakllantira olmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan darajagacha kamaytirishi yoki o‘zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning aktivlariga ushbu korxonalar tugatilgan taqdirda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, agar ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ishtirokchilari o‘rtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tarkibidan chiqqan yoki ushbu korxona tugatilgan taqdirda korxonaning mol-mulkidagi o‘z ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda o‘zlari bilan mehnat shartnomalari tugatilgan xodimlarning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son Qonuni.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida NNTlar tomonidan adliya organlariga topshiriladigan hisobot bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan O'zbekiston nodavlat tashkilotlar tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda #Siz_hisobotlarni_topshirdingizmi xeshtegi ostida o'tkazilayotgan aksiya doirasida NNTlar tomonidan adliya organlariga hisobotlarni topshirish yuzasidan NNTlar vakillarining bilim va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan o'quv-seminari o'tkazildi.

Mazkur seminar onlayn va oflayn tarzda o'tkazilgan bo'lib, unda hududlardan yuzdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi ma'sullari NNTlar tomonidan topshiriladigan hisobot huquqiy asoslari, uni tayyorlash va topshirish tartibi bo'yicha batafsil tushuntirish berildi.  

Shuningdek, seminar davomida NNTlar vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Seminar yakunida mazkur tadbirlarni barcha hududlarda ham o'tkazishga kelishib olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📹 Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligida yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni tashkilashtirildi

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Nogironligi bo‘lgan shaxsning faksimil imzosi nima?

— Nogironligi bo‘lgan shaxsning faksimil imzosi — sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra (ko‘rishning buzilishi, qo‘l-oyoqlar yo‘qligi, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, falajlik) o‘z qo‘li bilan imzo qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘z qo‘li bilan qo‘ygan imzosi o‘rnini bosadigan, maxsus tayyorlangan shtamp (klishe).

Nogironligi bo‘lgan shaxsning faksimil imzosi nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan faqat, agar u o‘zining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolash chog‘ida o‘z qo‘li bilan imzo qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qo‘llanilishi mumkin.

Faksimil imzo nogironligi bo‘lgan shaxs uchun tayyorlanadi va uning tomonidan butun hayoti davomida foydalaniladi. Faksimil imzo yo‘qolgan taqdirda uning dublikati tayyorlanadi.

Hech kim faksimil imzodan foydalanishi munosabati bilan o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda cheklanishi mumkin emas.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_onlayn

⚡️Ayni vaqtda AOKAda Adliya vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Mavzu: Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish

Ishtirok etmoqda: Adliya vazirligi mutasaddilari, tegishli tashkilot vakillari

👉Savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari 📢📢 Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o'qituvchilari tomonidan olib boriladigan "Bepul huquq darslari" kurslariga sizni taklif etamiz! Ushbu darslar orqali huquqiy savodxonlikni oshirishda yosh…
#Adliya_xabari

📣 📣 Bugun bepul huquq darslarining navbatdagisi bo'lib o'tadi.

Mavzu: "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari".

Dars Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o'qituvchisi Shohjahon Jumayev tomonidan olib boriladi.

⏳Boshlanish vaqti: 16:00

Ulanish uchun havola 👉 https://us06web.zoom.us/j/4533803510?pwd=ZB9N3fu0GCZAzXdRelt2CPbVASVk7G.1

Barchangizni taklif etamiz!

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM