ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namangan viloyati Davlatobod tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.


Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Namangan viloyati FHDY va tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, tuman davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilish, shu jumladan, sohani rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Yosh huquqshunoslar forumi tafsilotlari

“Raqamlashtirish davrida huquq sohadagi zamonaviy chaqiriqlar” mavzusida o‘tkazilgan Yosh huquqshunoslar forumi haqida batafsil videorolikda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida qilingan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar alohida muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor
#aholiga_qulaylik

🚘 Haydovchilar diqqatiga!

✔️ Ayni kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida eski na'munadagi haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolar oqimi sezilarli darajada ko‘paygan.

🧑🏻‍💻 Toshkent shahrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlarida har kuni ertalab soat 8:00 dan kechqurun oxirgi mijozgacha xizmat ko‘rsatish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

📍 Eslatib o‘tamiz, ertaga shanba kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha poytaxtdagi barcha Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarni qabul qiladi.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari #Aholiga_yordam

Davlat xizmatlari markazlariga kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va nogironligi bo’lgan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy xizmat darchalari orqali navbatsiz qabullar yo’lga qo’yilgan.

Eslatib o’tamiz, davlat xizmatlari markazlariga kirish joylarida nogironlik aravachalari hamda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan erkin foydalanish uchun “Surdo-online” planshetlari ham qo’yilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 23-dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan ''Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni tushuntiradigan eng yaxshi material” tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari