ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

68-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev bugun hududlarni oʼrganish davomida Choʼngʼara qishlogʼidagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan tanishdi.

Eksklav hudud — Choʼngʼara qishlogʼiga Qirgʼiziston Respublikasi Botken viloyati orqali 20 km yoʼl bosib oʼtiladi. Qishloqni quruqlikdagi orol deyish mumkin. Chunki Choʼngʼaraning toʼrt tarafi qo‘shni Qirgʼiziston sarhadlari bilan tutashib ketgan.

261 gektar maydonga ega Choʼngʼara mahalla fuqarolari yigʼinida bir yarim minga yaqin qirgʼiz va oʼzbek millatiga mansub Oʼzbekiston fuqarolari istiqomat qiladi. Ularga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish va ularning muammolariga oʼz vaqtida yechim topish eng zarur birlamchi vazifalardan sanaladi.

Choʼngʼaradagi maktabgacha taʼlim muassasasi, 44-umumtaʼlim maktabi hamda qishloq vrachlik punktining qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʼzdan kechirildi.

Shu bilan birga, hududdagi ijtimoiy muammolar eshitilib, ularni hal qilishga choralar koʻrish yuzasidan kelishib olindi.

@adliyangiliklari
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ • “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari hududlarga jo‘nab ketdi

✅ • Участники проекта «Поезд пропаганды» выехали в регионы

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz

«Beozor jinoyat» dek ko‘ringan plagiat uchun ham javobgarlik borligi haqida BILARMIDINGIZ? Bu qonunda belgilangan.

Ushbu video tushuntirish orqali to'liq ma'lumotga ega bo'ling👆

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Soʻx tumanida adliya vaziri oʼrinbosari sayyor qabul oʼtkazdi


Avvalo, Soʻx tumani haqida ikki ogʻiz soʻz. Tuman toʻrt tarafdan qo‘shni Qirgʻizistonning Botken viloyati hududi bilan oʻralgan. Soʻx — aholisi va maydoni jihatidan yirik eksklav hudud hisoblanadi. Hududda 80 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Tumanning 1-sektori hududida adliya vaziri oʼrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirokida aholi muammolarini oʼrganish va ularga amaliy koʼmak berish maqsadida sayyor qabul oʼtkazildi. Qabulda tuman masʼullari bilan birgalikda, adliya boshqarmasi vakillari, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha hamda nizolarni hal qilish yuzasidan masalalar tinglandi. Koʻplab fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib qoʻshimcha oʻrganishlar talab etiladigan murojaatlar alohida ish yurituvga olindi.

Vazir oʼrinbosari X.Meliyev bevosita aholi bilan muloqot qildi. Respublikada davlat xizmatlarining aksariyati Adliya vazirligi va uning quyi tizimlarida oson va qulay hal etilayotganini qayd etdi.

Shu bilan birga, Soʻx tumani aholisining geografik joylashuvi jihatidan tarqoqligi bois aholini onlayn xizmatlardan foydalanishga oʻrgatish yuzasidan Soʻx tumanini pilot hududga aylantirish boʻyicha loyiha yoʼlga qoʼyilishini taʼkidladi.

Qabul yakunida bir guruh ehtiyojmand fuqarolarga Adliya vazirligi tomonidan kundalik ehtiyojda zarur boʻlgan maishiy vositalar taqdim etildi. Fuqarolarning murojaatlarini manzilli oʼrganilishi yuzasidan viloyat va tuman boʼlimlariga kerakli vazifa va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Nikoh O'zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.

Davlat oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.

76-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qashqadaryo viloyat hokimligida Adliya vazirligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi.

👉Batafsi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil va ustuvor vazifalar orqali takomillashadi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonidagi muammolar, davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi idoralar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar oʻtkazildi.

Seminarda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi barcha vakolatli idoralarning viloyat, tuman va shahar tuzilmalaridan 200 dan ortiq rahbar va masʻul xodimlari bevosita va ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Fargʻona viloyatida jami 974 763 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Biroq shu vaqt mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 4 772 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 4 452 tasi muddat buzilishi, 164 tasi asossiz rad etish hamda 156 tasi boshqa turdagi qonun buzilishini tashkil etadi. Bu esa Davlat xizmatlari markazlari bilan integratsiya qilingan 30 dan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarda tizimli muammolar boriligini anglatadi.

Shundan kelib chiqib, adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev ana shu tashkilot vakillarining tizimli muammolari, takliflari va mulohazalarini tingladi. Kamchiliklar, qonunbuzilishi holatlari chuqur tahlil qilindi. Savol-javoblar tarzida bartaraf etish yoʻllari oʻzaro muhokama qilindi.

Taʼkidlandiki, salbiy holatlar aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda ularning sarson boʻlishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi oqibatida sohada korrupsion holatlari yuzaga kelishiga va markazlarda navbatlarning ortishiga sabab boʻladi.

Uchrashuvda davlat xizmatlarini koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabablari boʻyicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga, shu kabi qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari